MAS’UL MUHARRIR:
Abdurasul Raximov
– Buxoro viloyati Romitan tumani 1-ixtisoslashtirilgan
davlat umumta’lim maktabi musiqa madaniyati fani
o‘qituvchisi
TAQRIZCHILAR:
Ma’rifat Umurova
–
Buxoro davlat universiteti
Pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi
Shuhrat Sayfullayev
– Buxoro viloyati Romitan tumani 23-ixtisoslashtirilgan
davlat umumta’lim maktabi musiqa madaniyati fani
o‘qituvchisi
Ushbu metodik tavsiya Romitan tuman 1-ixtisoslashtirilgan davlat
umumta’lim maktabi Pedagogik kengashining 2024-yil 20–fevraldagi
navbatdan tashqari 6–sonli yigʻilishida muhokama qilingan va tavsiya etilgan.
MUSIQA DARSLARIDA MUSIQA SAVODI FAOLIYATINI SAMARALI TASHKIL ETISH USLUBLARI
Sharipov B.B.
4
KIRISH
“Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma`naviy
salohiyatga ega bo`lib, dunyo miqyosida o`z tengdoshlariga hech qaysi sohada
bo`sh kelmaydigan insonlar bo`lib kamol topishi, baxtli bo`lishi uchun
davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va
imkoniyatlarini safarbar etamiz”
Sh.Mirziyoyev
Vatanimiz kelajagi hisoblanmish yosh avlodni har tomonlama yetuk shaxs
sifatida tarbiyalash har birimizning vazifamizdir. Biz bolaga tarbiya berishda
avvalo ajdodlarimiz an’analariga tayanamiz. Musiqa san’ati insonning
yoshligidan unga bevosita kuchli ta’sir o‘tkazib, uning umumiy madaniy rivojida
katta o‘rin tutadi. Demak, ajdodlarimizga munosib avlodni tarbiyalashda
musiqaning ham munosib o‘rni borligi ayni haqiqat. Bolani estetik tarbiyalashdek
sharafli ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bizga, ya’ni, kadrlar zimmasiga katta
mas’uliyat yuklaydi.
Umumta’lim maktabida o‘qitiladigan barcha fanlar qatorida musiqa
madaniyati fani ham o‘z oldiga bir qancha maqsad va vazifalarni qo‘yadi.
Respublika ta’lim markazi tomonidan ishlab chiqilgan musiqa madaniyati
fanining o‘quv dasturida qayd etilganidek, umumta’lim maktablarida musiqa
madaniyati fanini o‘qitishning maqsadi
-
o‘quvchilarning ma’naviy, badiiy,
axloqiy madaniyatini shakllantirish, milliy g‘urur, Vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash, ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didini o‘stirish, o‘zbek hamda jahon
kompozitorlari asarlarini tinglab tushunish va undan zavqlanishga o‘rgatishdan
iboratdir.
Umumta’lim maktablarida musiqa madaniyati fanini o‘qitishning vazifasi
-
musiqa madaniyati o‘quv fani bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni
amaliyotda qo‘llash orqali ularda kuzatuvchanlikni, musiqiy xotirani, obrazli
tasavvur qilishni, ijodkorlikni, tashabbuskorlikni, badiiy va musiqiy didni
rivojlantirish va fikr doirasini kengaytirishdan iboratdir.
1
Mazkur “Musiqa darslarida musiqa savodi faoliyatini samarali tashkil etish
uslublari” nomli metodik tavsiya musiqa darslarining musiqa savodi faoliyatida
o‘yin texnologiyasi, interfaol metodlar yordamida o‘quvchilarning musiqiy-
nazariy savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.
1
Umumiy o‘rta ta’limning Musiqa madaniyati fanidan o‘quvchilarda kompetensiyalarni
shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturi. Respublika ta’lim markazi, Toshkent-2017.
MUSIQA DARSLARIDA MUSIQA SAVODI FAOLIYATINI SAMARALI TASHKIL ETISH USLUBLARI
Sharipov B.B.
5
|