MUSIQA DARSLARIDA MUSIQA SAVODI FAOLIYATINI SAMARALI TASHKIL ETISH USLUBLARI
Sharipov B.B.
12
“TOVUSH SIFATI QANDAY?”
“TUTASHTIRISH” METODI
Oʻyinning maqsadi:
Tembr mavzusini oʻquvchilarga tushuntirishda
“Tutashtirish” metodi yordamida “Tovush sifati qanday?” oʻyinidan foydalanish
mumkin. Bu metod cholgʻu asbobi va uning tembrini aniqlashda yordam beradi.
Oʻyinning borishi:
Oʻqituvchi tomonidan 1-jadvalda yuqoridan pastga
qarab cholgʻularning rasmlari, 2-jadvalda esa xususiyati aralash holda taqdim
etiladi. Oʻquvchilar esa cholgʻu asbobi va uning sifatini toʻgʻri tutashtirishlari
kerak boʻladi.
YOQIMLI
YOʻGʻON
YORQIN