MUSIQA DARSLARIDA MUSIQA SAVODI FAOLIYATINI SAMARALI TASHKIL ETISH USLUBLARI
Sharipov B.B.
14
MUSIQA ALIFBOSIING
KELIB CHIQISH TARIXI
Eng dastlabki qadimiy yunon harfiy notatsiyasi eramizdan
oldingi III asrdan yangi eraning X asrigacha mavjud boʻlgan.
Oʻrta asr davrida esa Gʻarbiy Yevropada
qadimiy yunon harfiy
notatsiyasi bilan birga lotincha harfiy notatsiya ham qoʻllanilgan.
Ikki oktava hajmidagi diatonik tovushqator A, B, C, D, E, F, G, a, b, c,
d, e, f, g, a harflari bilan belgilangan,
bunda
a
harfi hozirgi
lya
tovushining boʻgʻin nomiga,
c
harfi esa
do
tovushining boʻgʻin nomiga
muvofiq kelgan.
XI asrda qoʻshiqchilik
amaliyotiga
Italiyalik
musiqa
nazariyotchisi
Gvido
d'Aretsso tomonidan tovushlarning yangi
boʻgʻin nomlari kiritilgan: ut, re, mi, fa, sol,
lya. Bu nomlar
cherkov xonandalarining
qadimiy gimn matnidan olingan. Qoʻshiq
matnidagi har bir misraning kuyi avvalgisidan
bir pogʻona baland tovushdan boshlangan, har
bir yangi misraning boshlangʻich boʻgʻini
unga mos tovushga berkitilgan va shu tovush
nomiga aylangan.
Talaffuz uchun noqulay boʻlgan “ut” boʻgʻini (Italiyalik
nazariyotchi Dj.Doni tomonidan 1540-yillar arafasida) «do» boʻgʻini
bilan almashtirilgan.
Oʻrta asr musiqa nazariyasi
olti tovushli tovushqatorga, ya'ni
geksaxordga asoslangani uchun tovushlarning oltita boʻgʻin nomi bilan
cheklangan. Keyinchalik olti tovushli tovushqatorga qoʻshilgan
yettinchi tovush uchun (X.Vilrant tomonidan 1574-yilda) gimn
matnidagi oxirgi ikki soʻzning birinchi harflari olinib,
si
boʻgʻin nomi
kiritilgan.
XII asrdan keyin harfiy notatsiya nevmalar
va kvadrat notatsiya
tomonidan siqib chiqarilgan, ammo
u XIV-XVIII asrlar davomida
organ va lyutnya tabulaturasida keng qoʻllanilgan.
Tovushlarning harfiy notatsiya tizimi bizning davrimizgacha
yetib kelgan. Hozirda u musiqashunoslikda va oʻquv amaliyotida keng
qoʻllanilmoqda.
MUSIQA DARSLARIDA MUSIQA SAVODI FAOLIYATINI SAMARALI TASHKIL ETISH USLUBLARI
Sharipov B.B.
15