Musiqa darslarida musiqa savodi faoliyatini samarali tashkil etish uslublari




Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/22
Sana09.09.2024
Hajmi3,26 Mb.
#270739
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Sharipov B.B. Metodik tavsiya 2024

frigiy
ladi dеyiladi. 
 
 
 
 
 
 
 
“XALQ LADLARI DAVRASI”

OʻYINI
 
Oʻyinning maqsadi:
Xalq musiqasi ladlari mavzusini oʻquvchilarga 
tushuntirishda “Xalq ladlari davrasi” oʻyinidan foydalanish mumkin. Bu oʻyin 
xalq musiqasi ladlarining major va minor koʻrinishlari hamda tuzilishini 
oʻrganishda yordam beradi. 
 
Oʻyinning borishi:
Sinf markazida xalq ladlarining bosh harflaridan 
foydalanib, davra tuziladi. 8 nafar oʻquvchi kuy ohangi ostida davra boʻylab 
harakatlanishadi. Kuy ohangi tugadiki hamma oʻzining toʻxtab qolgan harfi bilan 
boshlanuvchi xalq ladini aytadi va tuzulishini tezda tushuntirib beradi. Misol 
uchun: “D” harfi bilan boshlanuvchi lad – doriy. VI pogʻonasi koʻtarilgan minor 
ladi” deb javob beriladi. Oʻyin shunday davom etadi. 


MUSIQA DARSLARIDA MUSIQA SAVODI FAOLIYATINI SAMARALI TASHKIL ETISH USLUBLARI
Sharipov B.B.
24
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
NOTALARNING UYCHASI 
(Musiqa qayerda yashaydi?) 
Shoiraxon Ro‘ziyeva 
Oʻyining borishi:
Musiqa o‘qituvchisi yoki pedagog bolalarga ertak aytib 
beradi. 
Bolajonlar, bilasizmi, bugun sizlarga ertak aytib bermoqchiman. Yaxshilab 
quloq tutinglar. Oʻrmonda yettita notalar yashar ekanlar. Ular juda ham qalin 
doʻst boʻlishib, musiqaning eng yaqin hamrohlari ekan. Chunki, har qanday 
musiqa ular yordamida yozilar ekan. Shunday qilib, ular oʻrmonda yashab 
zerikibdilar va oʻzlariga oʻrmon chetidan uy qurishga qaror qilibdilar. Ular besh 
qavatli uy quribdilar (zinapoya shaklida qurilgan besh qavatli uyda joylashgan 
notalarning tasvirini koʻrsatiladi). Eng katta notaning ismi “Do” ekan. “Do”: - 
Men hammangizdan kattaman, yuqori qavatga chiqishga qiynalaman, oʻrmonni 
ham tashlab ketgim kelmaydi. Shuning uchun oʻrmon bilan uyning orasida 
yashayman, debdida va mana bu yerga (koʻrsatiladi) joylashib olibdi va uyining 
yuqori qismiga mehmonlar kelsa uni uyini osonroq topishi uchun “don” va 
“doira” rasmlarini ilib qoʻyibdi. Ikkinchi notaning ismi “Re” boʻlib, “Re” “Do” 
ga yaqinroq boʻlishi uchun uyning hovlisiga joylashibdi-da uyining eshigi 
tepasiga uning ismiga mos keladigan “rediska” rasmini ilib qoʻyibdi 
(koʻrsatiladi). Keyingi nota “Mi” uyning birinchi qavatidan joy olibdi va u ham 
biror mehmon kelsa adashib qolmasligi uchun eshigining tepasiga yaxshilik 


MUSIQA DARSLARIDA MUSIQA SAVODI FAOLIYATINI SAMARALI TASHKIL ETISH USLUBLARI
Sharipov B.B.
25
keltirsin deb ot taqasini “mix” bilan qoqib qoʻyibdi. “Fa” esa birinchi va ikkinchi 
qavatning orasiga joylashibdi-da fartugini zudlik bilan taqib yangi uyni 
nishonlash uchun palovxontoʻra qila ketibdi. “Sol” ikkinchi qavatga chiqib olib 
xursandligidan solist boʻlib qoʻshiq kuylab barcha notalarni xushnud etibdi. 
“Lya” ikkinchi va uchinchi qavat orasiga joylashibdida “Fa” notasiga 
palovxontoʻrani solish uchun uyidagi laganni zudlik bilan olib chiqib beribdi.
Eng kichik notaning ismi “Si” ekan. “Si” barcha notalarni juda ham yaxshi koʻrar 
ekan. - Men sizlardan kichikman uchinchi qavatga chiqib olaman. Balanddan 
sizlarni doim koʻrib turaman, debdi va uchinchi qavatga chiqib olibdida u yerda 
sichqonni koʻrib qolib uni quvlay ketibdi. Shunday qilib, besh qavatli katta uy 
ham paydo boʻlibdi. Ular katta darvoza qurishibdi. Koʻchalarining nomini uni 
bosh boʻlsin deb “Skripka kaliti” deb nomlashibdida va uning rasmini oʻrtasidan 
ikkinchi qavat uyning chizigʻiga toʻgʻrilab ilib qoʻyishibdi. Endichi bolajonlar 
notalarning hammasini oʻz ismini aytib kuylaymiz, boʻlmasa ular xafa boʻlib 
qoladilar. Qaranglar ular biram chiroyli boʻlib marvaridga oʻxshab terilganini 
koʻring. (Yuqoriga va pastga bir necha marta kuylaydilar). Endi sizlar bilan 
notalarni va ushbu rasm kartochkalarini mana shu besh qavatli chiziqqa joylab 
chiqamiz (boʻsh beshta parallel chiziqdan iborat katta kartochkalarga chizishadi). 
Bolajonlar rangli rasmlarga eʼtibor bering ular har bir notaning nomiga mos 
rasmlardan iborat ekan. Notalarimiz bizning bolajonlarimiz qiynalmasin deb 
oʻzlariga mos ushbu rasmlarni ilib qoʻyishibdi. Mana sizlar musiqani qayerda 
joylashganligini ham bilib oldingiz. 

Download 3,26 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Musiqa darslarida musiqa savodi faoliyatini samarali tashkil etish uslublari

Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish