|
Mustaqil ish №1
|
bet | 2/2 | Sana | 08.07.2024 | Hajmi | 200,28 Kb. | | #266939 |
Bog'liq E va S maRUZAqoldiq tok deb ataladi. U juda kichik bo‘lganligi sababli, chiqish kuchlanishi UCHIQ manba kuchlanishi EM qiymatiga yaqin bo‘ladi.
𝐸𝐶𝐻𝐼𝑄 = 𝐸𝑀 − 𝐼𝐾0𝑅𝐾 ≈ 𝐸𝑀;
ya’ni manba zanjiridan yuklama uzilishiga mos keladi (kalit uzilgan).
Agar UKIR musbat qutbga va yetarlicha katta qiymatga ega bo‘lsa, u holda tranzistor aktiv yoki to‘yinish rejimiga o‘tadi, ya’ni ochiladi (kalit ulangan).
Yuklama zanjirida;
; tok oqib o‘tadi, kalit chiqishidagi kuchlanish esa UCHIQ = UKE = UQOl ga teng bo‘lib, qoldiq kuchlanish deb ataladi. To‘yinish rejimidagi qoldiq kuchlanish UEB va UKB lar ayirmasiga teng va doim aktiv rejimdagi qoldiq kuchlanish qiymatidan kichik bo‘ladi. Shu sababli, kalit sifatida tranzistorning aktiv rejimda ishlashi ma’qul emas, chunki unda qo’shimcha PK = IK UKE quvvat sochiladi va sxema FIK pasayadi. Kremniyli tranzistorlar uchun to‘yinish rejimida VQOL= 0,25 V ga teng, ya’ni nolga yaqin.
Ko‘rilayotgan kalit invertor ekanligi yaqqol ko‘rinib turibdi, ya’ni kirish signalining manfiy qiymatlardan musbat qiymatlarga ortishi, chiqish kuchlanishi UKE ni EM dan qoldiq kuchlanishgacha kamayishiga olib keladi.
Umuman aytganda, bu kalit — invertor to‘g‘ri mantiqdagi musbat signallar bilan ishlashga mo’ljallangan. Shuning uchun bu yerda UKIR< 0 shart bajarilmaydi.
Lekin kremniyli p-n o‘tish musbat kuchlanishda ham, agar UKIR < 0,6 V bo‘lsa, deyarli berk qoladi. Bu vaqtda tranzistorning uchala elektrod toklari odatda mikroamper ulushlaridan ortmaydi.
a) b)
1.2. – rasm. Tranzistorning statik xarakteristikalarida kalit ishchi nuqtalarining joylashishi.
Kalitning asosiy statik parametrlari bo‘lib, qoldiq tok va qoldiq kuchlanish hisoblanadi. BTning kalit rejimi katta diapazondagi tok va kuchlanish impulslarining o‘zgarishi bilan ta’minlanadi (katta signal rejimi). Shu sababli. kalitning statik parametrlari grafo-analitik usulni qo‘llash yordamida aniqlanadi.
Buning uchun kalitda qo‘llanilayotgan tranzistorning chiqish (1.2, a-rasm) va kirish (1.2, b-rasm) xarakteristikalari kerak boladi. Chiqish xarakteristikalar oilasida B nuqta (bu yerda UKE=EM ) va A nuqta (bu yerda IK = EK/RK) larni tutashtirib, AB yuklama chizig‘ini o‘tkazamiz. Unda D nuqta to‘yinish chegarasini, C nuqta esa UKB = 0 bo‘lganda boshlanadigan berk rejim chegarasini beradi.
Aytilganlardan kelib chiqqan holda, kalit rejimda ishlash uchun tranzistorli kaskad ishchi nuqtasi yoki D nuqtadan chaproqda, yoki C nuqtadan o‘ngroqda joylashishi kerak. Bu nuqtalar oralig‘ida kaskad tranzistorning to‘yinish rejimidan berk rejimga o‘tish holatida yoki aksincha bo‘ladi. Tranzistor bu holatda qanchalik kam vaqt tursa, kalitning tezkorligi shuncha yuqori bo‘ladi. O‘tish holatlari noasosiy zaryad tashuvchilar bazadan chiqarib yuborish vaqti va baryer sig‘imning qayta zaryadlanish jarayonlari bilan aniqlanadi.
Statik rejimda RB qarshilikning berilgan qiymatlarida baza tokining UKIR kuchlanishiga bog‘liqligini kirish xarakteristikasi (1.2, a-rasm) yordamida aniqlash mumkin. Buning uchun EF yuklama chizig‘ini o‘tkazish kerak. E nuqta UBE = UKIR, F nuqta esa UKIR/RB qiymati bilan aniqlanadi. Kirish xarakteristikasi bilan yuklama chizig‘i kesishgan K nuqta baza toki va UBE kuchlanishining ishchi qiymatlarini aniqlaydi. UKIR ning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi EF to‘g‘ri chiziqning parallel siljishiga va mos ravishda, K nuqtaning siljishiga olib keladi (shtrix chiziqlar).
D nuqta bilan aniqlanadigan to‘yinish rejimiga o‘tish uchun kirish toki IB ni bazaning to‘yinish toki deb ataluvchi IBTO‘Y qiymatgacha oshirish kerak. Bu vaqtda unga mos keluvchi kollektor toki kollektorning to‘yinish toki IKTO‘Y, kuchlanish esa to‘yinish kuchlanishi UKE,TO‘Y yoki qoldiq kuchlanish
UKE TO‘Y = UQOL = EM — IK,TO‘Y RK deb ataladi. Ma’lumki,
Tarnzistorli kalit sxemasi ikkita turg‘un statik holatga ega bo‘lishi shart, bularda tranzistor to‘yinish rejimida (ochiq holatda) yoki berk rejimda (yopiq holatda) bo‘ladi. Kremniyli tranzistor kalit sxemalarida tranzistorning yopiq holatiga aktiv rejimning boshlang‘ich sohasi mos keladi. Bir turg‘un holatdan boshqasiga o‘tishda tranzistor aktiv yoki invers rejimlarda ishlaydi.
1– rasm. BT da yasalgan elektron kalit uzatish xarakteristikasini o‘lchash prinsipial sxemasi
1.1– rasm. BT da yasalgan elektron kalit sxemasiни мултисимда йиg‘илган варианти.
𝐼𝑏 = (𝑈𝑘𝑖𝑟); 𝐼𝑘 = (𝑈𝑘𝑖𝑟) bog‘liq grafiklarini hosil qiling.
1– jadval.
𝑈𝑘𝑖𝑟,𝑉
|
0
|
0,2
|
0,4
|
0,6
|
0,8
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
𝑈𝑐ℎ𝑖𝑞,𝑉
|
4,998
|
4,998
|
4,998
|
4,657
|
0,734
|
0,076
|
0,039
|
0,049
|
0,034
|
0,021
|
𝐼𝑏, 𝑚𝐴
|
-1,144
|
-1,144
|
-0,56
|
1,332
|
0,013
|
0,031
|
0,121
|
0,212
|
0,302
|
0,393
|
𝐼𝑘, 𝑚𝐴
|
-0,88
|
-0,888
|
-0,88
|
-0,096
|
-1,352
|
-1,358
|
-1,378
|
-1,381
|
-1,382
|
-1,383
|
Xulosa
Men ushbu mustaqil ishni o'zimga belgilangan variantga mos keluvchi parameterlardan foydalanib bajardim.Ushbu mustakil ishda berilgan labaratoriya mashg'ilotini virtual sxemasini NI Multsim 14.0 dasturi yordamida yig'ib chiqdim va o'lchab topilishi kerak bo'lgan parametrlarni o'lchab topdim . Mustaqil ishni bajarish davomida davomida 2N2923 tranzistoridan foydalandim. Olingan natijalar asosida xisob kitob kilib kiymatlarni topdim . Ushbu olingan qiymatlardan foydalanib parametrlarni bir-biriga bog'liqlik grafiklarini Microsoft Excel yordamida chizdim.
|
| |