Mustaqil ish №3




Download 168.32 Kb.
bet3/9
Sana30.05.2022
Hajmi168.32 Kb.
#22339
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Eshpulatov D
sssd, diplom 9 ga, faxriy yorliq 11 ta, Make friends with microbes, linux server, umar 1, imtixon yakuniy, САРИК ИСИТМАНИНГ КЕЛИБ ЧИКИШ САБАБЛАРИ
Kuchaytirgich kaskadlarda uzatish xarakteristikasining A va B nuqtalari orasidagi uzluksiz kvazichiziqli ishchi sohasi ishlatiladi. Kirish va chiqish signallari ko’rsatilgan soha chegarasida ixtiyoriy qiymatlarni qabul qilishi mumkin. Kirish signalining ma’lum bir qiymatida, masalanU KIR1 deformatsiya hisobiga chiqish signali uch xil qiymatga ega bo’lishi mumkin: U/CHIQ1,U //CHIQ1 yoki U ///CHIQ1. Demak, kuchaytirgich kaskadi, ya’ni analog sxemalar ham, parametrlar tarqoqligiga, ularning temperatura ta’sirida o’zgarishiga va vaqt hisobiga eskirishi natijasida shovqinlarga va xalaqitlarga sezgir. Shovqinlar deb elektron asboblarda tok va kuchlanishning tasodifiy o’zgarishlari tushuniladi. Shovqinlar barcha REAlarga xos va ularni butunlay yo’qotib bo’lmaydi. Shovqinlar tebranishlarning amplituda va chastota fluktuatsiyalariga sabab bo’ladi (tasodifiy o’zgarishlar), axborot uzatishda xatoliklarga olib keladi va elektron asbobning sezgirligini belgilaydi. Tashqi xalaqitlar (kuchlanish manbai pulsatsiyalari va elektromagnit maydon) ham shunday natijaga olib keladi.
Tranzistorli elektron kalitlarda kirish va chiqish signallari (kuchlanish) faqat ikkita qiymatga ega bo’ladi: yoki U KIR2 va U CHIQ2, yoki U KIR3 va U CHIQ3. Uzatish xarakteristikasining A va B nuqtalar orasidagi turli ko’rinishlarida chiqish signallari amalda o’zgarmas qoladi. Demak, kalitlar va ular asosidagi raqamli sxemalar parametrlar tarqoqligiga, ularning temperatura ta’sirida o’zgarishiga va eskirishiga, shuningdek shovqin va xalaqitlarga sezgir emas. Shovqin yoki xalaqitlar 1.1 – rasmda U KIR2 va U KIR3 nuqtalar atrofida sinusoidal orttirmalar ko’rinishida ko’rsatilgan.


a) b) c)


d) e) f)




g) h) i)



    1. – rasm. Analog o’zgartgichlarning belgilanishi: a) operatsion kuchaytirgich;

b) bir kirishli kuchaytirgich; c) komparator; d) cheklagich;
e) ikki tomonlama cheklagich; f) ko’paytirgich; g) polosali filtr;
h) yuqori chastotalar filtri; i) past chastotalar filtri.
Shuning uchun zamonaviy elektronika – integral mikroelektronika bo’lib, unda raqamli integral elektron tizimlarga hal qiluvchi o’rin berilgan.
Shunday bo’lishiga qaramasdan raqamli elektron tizimlar analog tizimlar o’rnini butunlay egallay olmaydi, chunki tabiatda kechadigan jarayonlar (birlamchi axborot) uzluksiz qonuniyat bo’yicha sodir bo’ladi va insonning axborot qabul qiluvchi, reseptor apparati analog o’zgartgich kabi ishlaydi. Demak, signallarni o’zgartirishning boshlang’ich va oxirgi bosqichlari analog bo’lmasligining iloji yo’q. Ushbu axborotga ishlov berishni raqamli ko’rinishda olib borish ma’qulroq. Natijada, axborotga ishlov berishda raqamli usullardan foydalanuvchi har qanday tizim analog va raqamli signallarni o’zaro o’zgartuvchi tizimlarga ega bo’lishi shart. Ular analog – raqamli (ARO’) va raqamli – analog o’zgartgichlar (RAO’) deb ataladi. Nihoyat, shunday masalalar bor-ki, ularda qurilmaning tezkorligi va uni amalga oshirishning soddaligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, signallarni o’zgartirishda yuqori aniqlik ham talab etilmaydi. Bunday hollarda analog qurilmalarsiz masalani hal etib bo’lmaydi.

Download 168.32 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 168.32 Kb.