|
Mustaqil ish 5
|
bet | 3/6 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 59,58 Kb. | | #261095 |
Bog'liq mustaqil ish-5 S.T.
Bluetooth-ning ba'zi kamchiliklari bor. Birinchisi, bu smartfonlar kabi mobil simsiz qurilmalar uchun batareya quvvatini yo'qotishi mumkin, ammo texnologiya (va batareya texnologiyasi) yaxshilanganligi sababli, bu muammo avvalgidan kamroq ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, diapazon juda cheklangan, odatda atigi 10 metrgacha cho'ziladi va barcha simsiz texnologiyalarda bo'lgani kabi, devorlar, pollar yoki shiftlar kabi to'siqlar bu masofani yanada qisqartirishi mumkin.
Ulanish jarayoni ham qiyin bo'lishi mumkin, ko'pincha tegishli qurilmalarga, ishlab chiqaruvchilarga va ulanishga urinishda umidsizlikka olib kelishi mumkin bo'lgan boshqa omillarga bog'liq.
Bluetooth. Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rinish bo‘lmaganida simsiz telefonlar, kompyuterlar va turli periferiyalarning aloqasini ta’minlashga imkon beradigan qisqa masofalarga ma’lumotlarni uzatish radiotexnologiyasi hisoblanadi . Kompyuterda yoki mobil telefonda mavjud bo‘lgan shtatdagi interfeysning ishlatilishi ko‘p hollarda juda qulay bo‘ladi.
Bluetooth tizimi
Mavjud qurilmalar uchun standart Bluetooth-bog‘lanish profillarini ishlatadigan uncha qimmat bo‘lmagan o‘rnatiladigan radiomodullar taklif etilmoqda. Masalan, simsiz garnituralarda HeadSet profili ishlatiladi, qurilmalar orasida fayllarni almashlash uchun FTP profili ishlab chiqilgan mobil telefonlarda
Dial-up Networking Profile profili qo‘llaniladi. Ma’lumotlarni to‘plash va boshqarish tizimlarida ko‘pincha SPP ketma-ket porti profili ishlatiladi.
Bluetooth protokoli nuqta-nuqta va nuqta-ko‘p nuqta topologiyalarini qo‘llaydi. Ikki yoki undan ortiq o‘sha bir kanalni ishlatadigan qurilmalar pikotarmoqni (piconet) tashkil etadi. Bunda qurilmalardan biri asosiy (Master) sifatda, qoganlari esa bo‘ysunuvchi (Slave) qurilmalar sifatida ishlaydi. Bluetooth qabullagich-uzatkichlari 2.45 GGs chastotada ishlaydi va FHSS (Frequency Hopping Spread Spectrum – chastotani sakrashsimon qayta sozlanishi) spektrni kengaytirish usulini ishlatadi. Uzatkichning quvvatiga bog‘liq ravishda Bluetooth® qurilmalar uchta sinflarga bo‘linadi:
1-sinf – 100 mVtgacha (ochiq fazoda masofa 100 metrgacha);
2-sinf – 2,5 mVtgacha (ochiq fazoda masofa 15 metrgacha); - 3-sinf – 1 mVtgacha (ochiq fazoda masofa 5 metrgacha).
Uzatiladigan ma’lumotlar tezligi ishlatiladigan spetsifikatsiya versiyasi va Bluetooth profiliga bog‘liq bo‘ladi. Ketma-ket port profili ishlatilganida ma’lumotlarni uzatish tezligi 704 kbit/c nazariy chegaraga ega bo‘ladi.
|
| |