Mustaqil ish 5




Download 59,58 Kb.
bet4/6
Sana07.06.2024
Hajmi59,58 Kb.
#261095
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mustaqil ish-5 S.T.

SPP profili (Serial Port Profile) oldin simli ketma-ket interfeys bilan bog‘langan ikkita qurilmalar orasida “ochiq” simsiz kanalni juda oddiy tashkil etishga imkon beradi. O‘rnatiladigan Bluetooth-modul simli asinxron ketma-ket kanal bo‘yicha keladigan ma’lumotlar oqimini SPP (Serial Port Profile) profiliga muvofiq simsiz oqimga o‘zgartiradi. Olisdagi tomonda Bluetooth qabullagichuzatkichi sifatida personal kompyuterning shtatdagi Bluetooth-adapterini yoki ikkinchi o‘rnatiladigan modulini ishlatish mumkin. Bunday Bluetooth bog‘lanishda qurilmalardan biri etakchi (master), boshqasi esa yetaklanuvchi (slave) hisoblanadi. Kompyuter tomonida master joylashadi. Shuning uchun o‘rnatiladigan tizimlar uchun ko‘pincha yordamchi sifatda konfiguratsiyalangan Bluetooth modullar ishlatiladi.
Ketma-ket port profili Bluetooth qurilmalari bilan quyidagi
operatsiyalarning bajarilishini ko‘zda tutadi.

  • Bluetooth-qurilmalarni topish;

  • ikkita Bluetooth-qurilmalarning bog‘lanishini o‘rnatish;

  • “ochiq” kanal rejimida ma’lumotlarni uzatish.

Yordamchi Bluetooth modul ta’minot yoqilganida topish uchun mumkin holatda bo‘ladi. Etakchi Bluetooth modul ta’minot yoqilganida yordamchi qurilmalarni qidirishni boshlaydi va bo‘sh yordamchi qurilma topilganida unga ulanishga urinadi. Yordamchi qurilma PIN-kodni so‘raydi, etakchi qurilma javob beradi. Agar PIN kodlar mos tushsa, u holda qurilmalar o‘z manzillari bilan almashadi, juftlikni tashkil etadi va ma’lumotlarni almashlashni bajarishi mumkin. Shunday qilib, bog‘lanishni o‘rnatilishi avtomatik bo‘lib o‘tadi. Yordamchi va etakchi qurilmalar olisdagi modul so‘rovlarga javob bermaganida vaziyatni turlicha qayta ishlaydi. Yordamchi qurilma bu holda bog‘lanish yo‘qotilgan hisoblaydi va yana topish uchun mumkin bo‘ladi. Yetakchi Bluetooth modul oldin o‘rnatilgan bog‘lanishga qoladigan bo‘lib qoladi. U oldingi hamkorini unutishi uchun unga tashqi chiqishga bekor qilishi impulsini berish kerak.
Bluetooth texnologiyasi Bluetooth Special Interest Group (SIG) tijorat uyushmasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va rivojlantiriladi. U Bluetooth spetsifikatsiyalarini e’lon qiladi, qurilmalarning sertifikatlashtirilishini tashkil etadi, Bluetooth savdo belgisini himoya qiladi va texnologiyani targ‘ib qiladi.
Quyidagi spetsifikatsiyalar mavjud:

  • 2.0 + EDR (Enhanced Data Rate) versiya spetsifikatsiyasi bugungi kunda eng keng tarqalgan va ishlatiladigan spetsifikatsiya hisoblanadi. Bu spetsifikatsiya oldingi versiyalarga qaraganda uzatiladigan ma’lumotlar tezligini oshirishga va energiya iste’molini qisqartirishga imkon berdi, ikkita qurilmalar orasida aloqani o‘rnatilishi protsedurasini soddalashtirdi;

  • Bluetooth 2.1 spetsifikatsiyasida qurilmalarning xarakteristikalarini kengaytirilgan so‘rovi texnologiyasi (uyg‘unlashtirishda ro‘yxatni qo‘shimcha filtrlash uchun), shuningdek bitta akkumulyator zaryadlanishidan qurilmalarning ishlash davomiyliklarini 3-10 martta oshirishga imkon beradigan energiyani tejash Sniff Subrating texnologiyasi qo‘shilgan. Bundan tashqari, yangilangan spetsifikatsiya ikkita qurilmalar orasida bog‘lanishni o‘rnatilishini sezilarli soddalashtiradi va tezlashtiradi, bog‘lanish uzilmasdan shifrlash kalitlarini yangilanishini amalga oshirishga imkon beradi, shuningdek ko‘rsatilgan bog‘lanishlarni Near Field Communication texnologiyasidan foydalanish tufayli himoyalanganroq qiladi;

  • 3.0 High Speed (HS) versiyadagi Bluetooth spetsifikatsiyasi Bluetooth SIG kompaniyalar guruhi tomonidan 2009 yilning aprelida tasdiqlangan. Yangi spetsifikatsiya hozirda ma’lum Wi-Fi texnologiya orqali ishlatiladigan IEEE 802.15.11 standartni ma’lumotlarni simsiz uzatish fizik darajasi sifatida ishlatilishiga ko‘rsatma beradi. Bu tanish va ishlatishda oddiy bo‘lgan interfeys Bluetooth klassik interfeysini yuqoriroq ma’lumotlarni uzatish tezliklarida ishlatilishiga imkon beradi. 3.0 (HS) spetsifikatsiyaning ikkinchi o‘ziga xos xususiyati energiya iste’molini qat’iy nazorat qilishni kiritilishi hisoblanadi, bu olib yuriladigan apparaturalar uchun juda muhim hisoblanadi.

Bluetooth texnologiyasi rivojlanishda davom etmoqda. Bataraeyalardan bir necha yillar ishlay oladigan ultra past energiya iste’molili Bluetooth qurilmalarini ishlab chiqishga imkon beradigan "Bluetooth Low Energy" spetsifikatsiyaning tasdiqlanishi kutilmoqda. Sanab o‘tiganlardan tashqari, Bluetooth SIG ishchi guruhi ko‘plab boshqa standart profillarni aniqladi: - Generic Access Profile
(umumiy foydalanishdagi profil) – qurilmalar orasidagi aloqani ta’minlash, boshqa mumkin profillarni aniqlash, shuningdek xavfsizlikka javob beradigan asosiy Bluetooth profili hisoblanadi;

  • Service Discover Application Profile (xizmatlarni topish ilovalari profili) – qanday Bluetooth® xizmatlari bu qurilma bilan ishlashda mumkin bo‘lishini aniqlash imkoniyatini beradi;

  • Serial Port Profile (ketma-ket port profili) – Bluetooth qurilmalarga PK ketma-ket portini emulyasiyalashga imkon beradi va yuqoriroq darajadagi ko‘plab profillar orqali ishlatiladi;

  • Dial-up Networking Profile (sisiz telefoniya profili) – Bluetooth®li sotali telefonlarga mo‘ljallangan va telefonni simsiz "go‘shak" sifatida ishlatilishiga imkon beradi. Bluetooth ulanish nuqtasi orqali uyda, ofisda, jamoat joylarida va boshqalarda telefon tarmog‘i bilan bog‘lanishini ta’minlaydi;

  • Fax Profile (faks profili) – ko‘p tomondan oldingi profilga o‘xshaydi, faksni qo‘llaydigan dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan qurilma bilan Bluetooth® orqali bog‘lanishda faks-modemni emulyasiyalashga imkon beradi;

  • Generic Object Exchange Profile (obyektlar bilan umumiy almashlash profili) – ilovalarga IRdan foydalanmasdan ma’lumotlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri almashlashga imkon beradi;

  • File Transfer Profile (faylni uzatish profili) – qurilmaga ftp da amalga oshirilishidagiga o‘xshash boshqa qurilmada saqlanadigan ma’lumotlarga ulanishni olishga imkon beradi; - Headset Profile (garnitura profili) – dinamik va mikrofon bilan jihozlangan garnitura bilan qurilmalarning simsiz bog‘lanishini ta’minlaydi.

  • LAN Access Profile (lokal tarmoqqa ulanish profili) – IP tarmoqlarni qurish uchun mo‘ljallangan va uncha katta bo‘lmagan Intranet tarmoqlarini qurishga imkon beradi, shuningdek lokal tarmoq yoki Internet tarmog‘i bo‘lsin, kabelli tarmoqlar bilan aloqa uchun ulanish nuqtalari sifatida ishlatiladi;

  • Advanced Audio Distribution Profile (A2DP) – radiokanal bo‘yicha audio stereo oqim qanday uzatilishini tavsiflaydi;

  • Audio / Video Control Transport Protocol (AVRCP) – hi-fi sinfdagi televizion va ovoz apparaturalarini simsiz o‘zaro ta’sirlashish standart interfeysini, shuningdek bu apparaturalarni simsiz boshqarilishini aniqlaydi.

Xulosada ta’kidlash kerakki, Bluetooth texnologiyasiga juda katta qiziqish nomoyon bo‘lmoqda. Sanoat va xalq ho‘jaligining ko‘p sonli bir vaqtda o‘lchanadigan parametrlarini to‘plash va qayta ishlash talab qilinadigan sohalari, masalan, neft mahsulotlarini qayta ishlash, metallurgiya zavodlari, turar-joy kommunal ho‘jaliklari va boshqa soha uchun eng istiqbolli hisoblanadi.
HomeRF. 2001 yilning martida paydo bo‘lgan va HomeRF 2.0 standarti hisoblanadigan litsenzion bo‘lmagan 2.4 GGs ISM diapazonni ishlatadigan texnologiya hisoblanadi [24]. Bu texnologiyani 100 dan ortiq kompaniyalar, shu jumladan HomeRF (http://www.homerf.org/) konsorsiumi qo‘llab-quvvatlaydi.
Bu kompaniyalardan ko‘plari Bluetooth SIG ma’sus ishchi guruhiga ham kiradi.
HomeRF spetsifikatsiyasi qo‘shma simsiz ulanish (Shared Wireless Access Protocol — SWAP) protokoliga asoslangan, u uy chegaralarida ovoz va ma’lumotlarni uzatish uchun simsiz tarmoqlarni qo‘llaydigan umumiy interfeysni aniqlaydi. SWAP protokoli foydalanuvchilarga ham axborot, ham ovozli oqimlarni qo‘llaydigan tarmoq tugal echimlarini taqdim etish bilan turli ishlab chiqaruvchilardan foydalanuvchilar elektron qurilmalarining o‘zaro ta’sirlashishini, shuningdek umumiy foydalanishdagi kommutatsiyalanadigan telefon tarmog‘i va Internet tarmog‘i bilan o‘zaro ta’sirlashishni ta’minlaydi. HomeRF texnologiyasida chastotani sakrashsimon qayta sozlashli spektrni kengaytirish usuli (FHSS) ham ishlatiladi. Ovozni uzatishda uzatish muhitiga ulanish usuli sifatida kanallar vaqt bo‘yicha ajratiladigan ko‘p tomonlama ulanish
usuli, ma’lumotlarni uzatilishida esa tashuvchi nazorat qilinadigan va konfliktlarni oldi olinadigan ko‘p tomonlama ulanish usuli (Carrier Sense Multiple Access with Collision Avoidance — CSMA/CA) ishlatiladi. Maksimal uzatish tezligi 20 Mbit/sekundgacha.Jadvalda HomeRF 2.0 texnologiyaning asosiy texnik parametrlari keltirilgan.


Download 59,58 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 59,58 Kb.