• Mavzu:Sertifikatlovchi organlarga qo‘yiladigan talablar va sertifikatlashtirish sxemalarini o’rganish Reja
  • Foydalanilgan adabiyotlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 18-martda 1458-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
  • Umumiy qoidalar
  • Mustaqil ish bajardi




    Download 159.84 Kb.
    bet1/4
    Sana04.06.2023
    Hajmi159.84 Kb.
    #69559
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Sulaymonov Akbar
    3069-сон 26.09.2018. Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida, Men ham NEMIS TILI ni o\'qiy olaman, 21.Fotodiodlar, Ilyosbek maqola, тета-китоб, Muxammadrasulov X 791-795 JUSR

    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti


    AKT sohasida kasbiy ta’lim fakulteti
    651_20 guruh talabalari
    Sulaymonov Akbarning
    Metrologiya va standartlashtirish
    fanidan bajargan
    MUSTAQIL ISH



    Bajardi: Sulaymonov Akbar


    Tekshirdi: Rahmonova Gulnora


    Mavzu:Sertifikatlovchi organlarga qo‘yiladigan talablar va sertifikatlashtirish sxemalarini o’rganish
    Reja

    1. Sertifikatlovchi organlarga qoyiladigan talablar

    2. Sertifikatlashtirishni o‘tkazish tartibi

    3. Axborot taminoti

    4. Xulosa

    5. Foydalanilgan adabiyotlar


    O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 18-martda 1458-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorining 6-bandiga asosan buyuraman:
    1. Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    2. Ushbu buyruq kuchga kirgan sanadan e’tiboran O‘zDSt 5.7:2003 “O‘zSMT. Mahsulotlarni sertifikatlash tartibi” o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
    3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin.
    Umumiy qoidalar

    1. Mahsulotlarni, shu jumladan dasturiy va boshqa ilmiy-texnikaviy mahsulotlarni sertifikatlash mazkur Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.

    2. Mahsulotlarni sertifikatlashni tashkil qilish va o‘tkazish ishlari belgilangan tartibda akkreditsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari (keyinchalik matn bo‘ylab SO) tomonidan amalga oshiriladi. Bojxona rasmiylashtiruvida O‘zbekiston Respublikasi bojxona organi muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddatini, shuningdek, muvofiqlik sertifikatida ko‘rsatilgan tovarning nomini haqiqatda olib kelingan tovarning nomi bilan tekshiradi.

    3. Sertifikatlashning alohida chizmalari mahsulotlarni sertifikatlash bo‘yicha tegishli qoidalarida va mahsulotlarga talablarni o‘z ichiga olgan boshqa normativ hujjatlarda belgilanadi. Bunda tekshirishlar hajmiga qarab sertifikatlashtirish chizmasining murakkabligi, mahsulotning xavfsizlik darajasiga bog‘liq holda aniqlanadi. O‘z SMTda qo‘llaniladigan, sertifikatlashning tavsiya etiladigan chizmalari ushbu Qoidalarning 1-ilovasida* keltirilgan.

    1. Har bir muayyan holatda SO arizachining taklifini, yetkazib beriladigan mahsulot hajmi va muddatini, sinash usullarini, ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlarini va uning barqarorligining buzilish xavfi mavjudligiini, shuningdek mazkur mahsulotning iste’molchilar uchun potensial xavfini hisobga olgan holda sertifikatlash chizmasini tanlaydi.

    Xalqaro tizimlar yoki bitimlar doirasida sertifikatlashtirish ushbu hujjatlarda nazarda tutilgan chizmalar bo‘yicha bajariladi.
    4. Sertifikatlashtirishda, mahsulot muvofiqligini tasdiqlanishi lozim bo‘lgan xususiyatlar (ko‘rsatkichlar) ro‘yxati, tekshirish va sinash usullari keltirilgan, sertifikatlashtiriladigan mahsulotga me’yoriy hujjatlar (keyinchalik matn bo‘ylab MH)da belgilangan talablarga mos ekanligi tasdiqlanadi.
    MHda sertifikatlashtirish sinovlari to‘g‘risida bo‘lim keltirilmagan yoki davlatlararo standartlarni qo‘llanishi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda SO me’yoriy hujjatda yoki xalqaro standartlarda ko‘rsatilgan tavsiflar majmuidan birinchi navbatda xavfsizlik bo‘yicha talablarni belgilovchi ko‘rsatkichlarni tanlaydi.
    5. Sertifikatlashtirishda, muayyan mahsulot uchun MHdan tashqari, mahsulotning majburiy talablarini belgilovchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga va boshqa rasmiy nashr etilgan MH larga ham amal qilish lozim.
    6. Mahsulot sinovlarini o‘tkazishda, takrorlashga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, akkreditatlangan sinov laboratoriyalari (keyinchalik matn bo‘ylab — ASL) boshqa ASL da o‘tkazilgan sinov natijalarini o‘zaro tan olishlari lozim.
    7. Sertifikatlashtirish ishlariga haq to‘lash, arizachi tomonidan muvofiqlikni baholash ishlari natijalaridan qat’i nazar, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda, sertifikatlashtirish ishlari to‘lov oldindan amalga oshirilgandan so‘ng bajariladi.


    Download 159.84 Kb.
      1   2   3   4




    Download 159.84 Kb.