Mustaqil ish bilvosita davlat va bandlik uchun soliqlar fanidan




Download 4.15 Mb.
bet1/2
Sana14.03.2024
Hajmi4.15 Mb.
#172525
  1   2
Bog'liq
BOJXONA TO’LOVLARI
Tashkil etish yõllari, tashkilotning asosiy maqsadini shakllantirish, pul mablaglari, Import operatsiyalari va ularning buxgalteriya hisobi, Innovatsion iqtisodiyotda inson omilini faollashtirish, O‘RTA ASRLAR VA YANGI DAVRDA G‘ARB FALSAFASI RIVOJLANISHINING UMUMIY BELGILARI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

MUSTAQIL ISH

BILVOSITA DAVLAT VA BANDLIK UCHUN SOLIQLAR FANIDAN

MAVZUSI: BOJXONA TO’LOVLARI

BAJARDI: SOBIROV ILHOMBEK

GURUH: MSS-81


Reja:
1. Bojxona haqida umumiy tushunchalar;
2. Bojxona bojining stavkalari;
3. Bojxona to’lovlari va uning turlari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Bojxona haqida umumiy tushuncha
Bojxona — 1) boj undiradigan joy; 2) chegara orqali oʻtadigan jami yuklarni, jumladan, bagaj va pochta joʻnatmalarini nazorat qiladigan davlat muassasasi;
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartib qoidalarning buzilishini oldini olish, ularga nisbatan choralar koʻrish, surishtiruv va tezkor qidiruv ishlari olib borish, kontrabandaga qarshi kurashish ham Bojxona vakolatiga kiradi
Bojxonalar, odatda, dengiz va daryo portlarida, xalqaro aeroportlarda, temir yoʻl stansiyalari, chegara punktlarida joylashadi. Bojxona muassasalari tashqi savdoda mamlakat manfaati taʼminlanishini nazorat qiladi, qimmatbaho boyliklarning mamlakat hududidan olib chiqib ketilishining oldini oladi
Bojxona bu - oʻtkazilayotgan yuklarni tekshirish, tartibga solish va rasmiylashtirish, ulardan boj va yigʻimlar undirish bilan shugʻullanadi
Qadimgi Xitoyda ipak qurtini tashqariga olib chiqmaslikni Bojxona qatʼiy nazorat qilgan. Buyuk Britaniyada 1006 yildan boshlab orolga keltiriladigan har qanday yukdan "qirol haqi" undirilgan. Boltiq dengizini Jahon okeani bilan tutashtiradigan boʻgʻozdan oʻtganligi uchun olinadigan "zund boji" asrlar davomida Daniya qirolligi xazinasini boyitib kelgan. Oʻzbekistonda birinchi PattaHisor Bojxonasi 19-asr ning oxirlarida Rossiya imperiyasi Oʻrta Osiyoni bosib olgandan keyin tashkil etilgan. Bu Bojxona Afgʻoniston orqali oʻtadigan yuklarni nazorat qilgan. Sobiq Ittifoq vujudga kelgach, bu post Termiz Bojxonasiga aylantirildi.
Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini qulga kiritgach, 1991 yil 24 oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi tuzildi. 1997 yil 8 iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Respublika Bojxona xizmatiga huquqni himoya qilish organi maqomi berildi. 1997 yil 29 avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasining "Boj tarifi toʻgʻrisida", "Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida"gi Qonunlari, 1997 yil 26 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilindi
Boj tarifining asosiy elementi bojxona boji hisoblanib, u davlat tomonidan tovar uning bojxona chegarasi orqali olib o’tilishida undiriladigan va bunday olib o’tishning ajralmas sharti hisoblangan majburiy badaldan iboratdir.Bunday to’lovning hajmi bojxona bojining stavkasi deb ataladi

Download 4.15 Mb.
  1   2




Download 4.15 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mustaqil ish bilvosita davlat va bandlik uchun soliqlar fanidan

Download 4.15 Mb.