• Bojxona to’lovlarining turlari
  • Soliqqa tortish tamoyillari




    Download 4.15 Mb.
    bet2/2
    Sana14.03.2024
    Hajmi4.15 Mb.
    #172525
    1   2
    Bog'liq
    BOJXONA TO’LOVLARI
    Tashkil etish yõllari, tashkilotning asosiy maqsadini shakllantirish, pul mablaglari, Import operatsiyalari va ularning buxgalteriya hisobi, Innovatsion iqtisodiyotda inson omilini faollashtirish, O‘RTA ASRLAR VA YANGI DAVRDA G‘ARB FALSAFASI RIVOJLANISHINING UMUMIY BELGILARI, Iqtisodiy atamalar tarixi, Oila talim maxalla tizimi, 17-mavzu Yakuniy moliyaviy natijalar hisobi
    Soliqqa tortish tamoyillari
    1) Boj undiriladigan tovarning bojxona qiymatiga foizlarda hisoblab yoziladigan advalor bojlar ko’pchilik mamlakatlarda ishlatiladi. Ularni qo’llash dunyoda yuksak texnologik, katta darajada ishlov berilgan mahsulot narxlari oshganda bojxona yig’imlarining ko’payishiga imkon yaratadi.
    Shu sababli bojxona qiymatini belgilash uslubiyati tovarlarni ichki bozorga kiritishni tartibga solishda katta ahamiyat va ta`sir kasb etdi, advalor shaklda qayd etilgan bojning mutlaq pul ifodasi unga nisbatan hisoblab chiqariladi
    2) Xos bojlar belgilangan miqdorda boj undiriladigan tovarning hajmi, og’irligi yoki birligidan hisoblab yoziladi, u rivojlanayotgan mamlakatlarda eng ko’p qo’llaniladi. Advalor bojdan prinsipial farq xalqaro bozorlarda narxlarning o’sishi chog’ida o’zgarishning xususiyatida ko’rinadi-xos bojlar xalqaro konyunkturaga bevosita bog’liq emas.
    3. Aralash (kombinasiyalashgan) bojlar yuqorida tavsiflangan ikki tur – advalor va xos bojlarni birlashtiradi. Ayni vaqtda tovarning bojxona qiymatidan va fizik o’lchov birligidan foiz ko’rinishida hisoblab yozilgan boj undiriladi.
    Bojxona to’lovlarining turlari
    Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasi orqali olib o’tishda quyidagi bojxona to’lovlari to’lanadi
    -bojxona boji;
    -qo’shilgan qiymat solig’I;
    -aksiz solig’I;
    -lisenziya berganlik uchun yig’im;
    -bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha mutaxassis degan malaka attestasiyasini berganlik uchun yig’im;
    -bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yig’imi;
    -tovarlarni saqlaganlik uchun bojxona yig’imi;
    -tovarlarni bojxona kuzatuviga olganlik uchun bojxona yig’imi;
    -dastlabki qororni qabul qilganlik uchun haq.
    Bojxona chegarasi orqali olib o’tiladigan tovarlarga qonun hujjatlariga muvofiq boj, qo’shilgan qiymat solig’i va aksiz solig’i to’lanadi.
    Tovarlar qaytarib olib chiqilgan taqdirda ilgari to’langan boj, qo’shilgan qiymat solig’i va aksiz solig’i summalarini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qaytarilishi lozim.
    Alohida bojlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat boshqaruvi organlari tashabbusi bilan o’tkaziladigan tekshiruv natijalariga binoan qo’llaniladi.
    Alohida bojlarning stavkalari respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan har bir holat bo’yicha maxsus belgilanadi va ularning miqdori tekshiruv natijasida aniqlangan bahoni demping tarzda arzonlashtirishga, subsidiyalar va aniqlangan zarar miqdoriga mutanosib bo’lishi kerak.
    Bojxona qiymati o’tkaziladigan bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida bojxona organiga deklarant tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda ma`lum qilinadi (deklarasiyaga kiritiladi). Bojxona qiymatini to’g’ri aniqlash va hujjatlar bilan tasdiqlangan ma`lumotlarga asoslanishi lozim.
    -bojxona organiga taqdim etilgan, bojxona qiymatini belgilashda foydalanilgan ma`lumotlarning to’g’riligini isbotlash
    -e`lon qilingan bojxona qiymatiga aniqlik kiritish zaruriyati vujudga kelganida, bojxona organining ruxsati bilan o’zi deklarasiya bergan tovardan garov qo’yib yoki vakili bankning kafolati ostida yoxud bojxona organi chiqargan tovarning bojxona bahosiga muvofiq bojxona to’lovlarini to’lab foydalanish
    Deklarant quyidagi huquqlarga ega
    -bojxona qiymatini aniqlash xususida bojxona organi chiqargan qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish.
    Deklarant quyidagilarni amalga oshirishi shart:.
    -bojxona organiga bojxona qiymatini e`lon qilish
    -bojxona organining talabiga binoan bojxona qiymatini belgilashga doir ma`lumotlarni taqdim etish Deklarant tomonidan e`lon qilingan tovarning bojxona qiymatiga aniqlik kiritilishi yoki bojxona organiga qo’shimcha axborot berilishi munosabati bilan yuzaga kelgan harakatlarni deklarant to’laydi
    Tovar uchun bojni hisoblab chiqarish, to’lash va undirish uning bojxona qiymati asosida respublikaning kodeksga muvofiq amalga oshiriladi. Boj respublika davlat byudjetiga o’tkaziladi.
    -aynan bir xil tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab baholash;
    -o’xshash tovar yuzasidan bitim qiymatiga qarab baholash;
    -qiymatlarni chegirib tashlash asosida;
    -qiymatlarni qo’shish asosida;
    -rezerv usul;
    Agar asosiy usuldan foydalanib bo’lmasa, bojxona bahosini chiqarishning quyidagi usullarini birin-ketin qo’llaniladi:
    Qiymatlarni chegirib tashlash va qiymatlarni qo’shish asosidagi usullar istalgan ketma-ketlikda qo’llanilishi mumkin.
    Tovar birligining bahosidan quyidagi xarajatlar chegirib tashlanadi;
    -vositachilik haqi to’lashga qilingan xarajatlar, foydaga qo’yiladigan odatdagi ustamalar va olib kelingan bir xil klassdagi va turdagi tovarlarni respublikada sotish bilan bog’liq umumiy xarajatlar;
    Xulosa.
    Bojxona bojlari va to’lovlari haqida shunday xulosa qilish mumkinki, uning afzalligi, hamda kamchiligi ham mavzuddir.
    Afzalligi shundaki harbir chet davlatdan olib kiriladigan tovarlar va transport vositalarini qonun doirasida rasmiylashtirilishidir. Sertifikatlangan tovarlar uchun bojxona bojlari kamroq to’lanadi.
    Kamchiliklari esa undagi to’lov turlari ko’pligi, ya’ni tovarni saqlash, tovar guvohnomasi, tovar xavfsizligi va boshqa turdagi bojxona bojlari to’lash. Bu holatda ba’zi shaxslar esa noqonuniy tarzda tovar olib kirish yo’llarini tanlaydi.
    Mening xulosam shundaki biroz bo’lsa ham bojxona to’lovlarini kamaytirish choralari qo’lanilishi.
    Foydalanilgan adabiyotlar.
    1.“Bojxona va soliq xabarlari. Moliyaviy-iqtisodiy ro’znoma”.
    T. 2003-2005 y.
    2. Dodobaev Yu.T. “Bojxona ishi” 1-3 jild, Kuvasoy. 2000 y.
    3. Komilov U.T. "Osnovi tamojennogo dela" T. Sharq 1998 y.
    4. Ershov A.D. “Mejdunarodnoe tamojennoe otnoshenie.
    Uchebnoe posobie” IVESEP. 2000 y.
    Download 4.15 Mb.
    1   2




    Download 4.15 Mb.