• Mavzu: Aftomatlashtirilgan axborot tizimlarini taminot zanjirlari va algistika bilan integratsiyalash Reja
  • Mustaqil ish mavzu: Aftomatlashtirilgan axborot tizimlarini taminot zanjirlari va algistika bilan integratsiyalashri




    Download 244,03 Kb.
    Sana14.05.2024
    Hajmi244,03 Kb.
    #233326
    Bog'liq
    Mustaqil ish mavzu Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
    VAZIRLIGI
    TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI SIRTQI BO’LIMI
    IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI FANIDAN



    MUSTAQIL ISH

    MAVZU: Aftomatlashtirilgan axborot tizimlarini taminot zanjirlari va algistika bilan integratsiyalashri




    GURUH: KMMT-62/23


    BAJARDI: Mardonov M.
    TEKSHIRDI:___________

    TOSHKENT 2021


    Mavzu: Aftomatlashtirilgan axborot tizimlarini taminot zanjirlari va algistika bilan integratsiyalash


    Reja:
    1.Axborot tizimlari
    2. Axborot texnologiyalari
    3. Axborot tizimlarining turlari
    Axborot tizimi tushunchasini kiritishdan oldin tizim (sistema) deganda nimani tushunishimizni aniqlab olaylik. Tizim (sistema) deganda, yagona maqsad yulida bir vaktning uzida xam yaxlit, xam o’zaro bog’langan tarzda faoliyat kursatuvchi elementlar (ob'ektlar) majmuasi tushuniladi. Demak, xar qanday tizim biror-bir anik maqsad yulida xizmat qiladi. Masalan, sizga ma'lum bo’lgan shaxar telefon tarmoklari tizimi, insondagi yurag’ kon-tomir tizimi, asab tizimi va boshqalar sun'iy yaratilgan va tabiiy tizimlarga misol bo’la oladi. Ularning xar biri tizimga qo’yiladigan barcha shartlarga javob beradi, ya'ni, xar biri uziga xos yagona maqsad yulida faoliyat ko’rsatadi va tizimni tashkil etuvchi elementlardan iborat.

    Quyidagi jadvalda elementlari va asosiy maqsadi kursatilgan xolda tizimlarga yana bir nechta misollar keltirilgan.




    Informatikada «tizim» tushunchasi ko’prok texnik vositalar, asosan, kompyuterlar va murag’kab ob'ektlarni boshqarishga nisbatan ishlatiladi. «Tizim» tushunchasiga «axborot» so’zining qo’shilishi uning belgilangan funktsiyasini va yaratilish maqsadini anik aks ettiradi.
    Ax borot tizimi — belgilangan maqsadga erishish yulida axborotni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo’llaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning o’zaro bog’langan majmuasidir.

    Axborot tizimlari jamiyat paydo bo’lgan paytdan boshlab mavjud bo’lgan, chunki rivojlanishining turli bosqichida jamiyat uz boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari — moddiy va nomoddiy ne'matlarni ishlab chiqarish bilan bog’liq jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun xayotiy muhim axamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari tezkor takomillashadi. Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish xam murag’kablashadiki, o’z navbatida, u axborot tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirishni rag’batlantiradi. Shu sababli, avvalo, boshqaruv tizimi nima ekanligini bilib olaylik.


    Kibernetik yondashuvga muvofik boshqaruv tizimi boshqaruv ob'ekti (masalan, korxonalar, tashkilotlar va xokazo) va boshqaruv sub'ekti, boshqaruv apparati yig’indisini uzida namoyon etadi. Boshkaruv apparati deganda maqsadlarni shakllantiruvchi, rejalarni ishlab chiquvchi, qabul kilingan qarorlarga talablarni moslashtiruvchi, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qiluvchi xodimlar tushuniladi. Boshkaruv ob'ekti vazifasiga esa boshqaruv apparati ishlab chiqqan rejalarni bajarish kiradi, ya'ni boshqaruv tizimining uzi aynan mana shu ishlarni amalga oshirish uchun tuzilgandir.


    Boshkaruv tizimining ikkala komponenti to’g’ri (T) va aks (A) aloqalar bilan bog’langan. TuKri aloqa boshqaruv apparatidan boshqaruv ob'ektiga yunaltiriladigan axborot okimida ifodalanadi. Aks aloqa teskari yunalishda yuboriluvchi qabul kilingan qarorlarning bajarilishi haqidagi xisobot axboroti okimida uz aksini topadi.
    Axborot okimlari (T va A), qayta ishlash vositalari, ma'lumotlarni uzatish va saqlash, shuningdek, ma'lumotlarni qayta ishlash bo’yicha operatsiyalarni bajaruvchi boshqaruv apparati xodimlarining o’zaro aloqasi ob'ektning axborot tizimini tashkil etadi.
    Axborot tizimlari nafakat axborotni qayta ishlash va saqlash, yozuv-chizuv ishlarini avtomatlashtirish, balki qarorlarni qabul qilish (sun'iy intellekt usullari, ekspert tizimlari va xokazolar), zamonaviy telekommunikatsiya vositalari (elektron pochta, telekonferentsiyalar), yalpi va lokal xisoblash tarmoklari va boshqaruvning yangi uslublaridan foydalanish xisobiga boshqaruv ob'ekti faoliyati samaradorligini oshiradi va shu maqsadda keng qo’llaniladi.
    Axborot tizimlarining avtomatlashtirilgan va avtomatik turlari ma'lum.
    Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimida boshqarish yoki ma'lumotlarni qayta ishlash funktsiyalarining bir qismi avtomatik ravishda, qolgani esa inson tomonidan bajariladi.
    Avtomatik axborotlar tizimida boshqarish va ma'lumotlarni qayta ishlashning barcha funktsiyalari texnik vositalarda, inson ishtirokisiz amalga oshiriladi (masalan, texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish).
    Qullanish soxasiga qarab axborot tizimlarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin:

    • ilmiy tadkikotlarni avtomatlashtirish va boshqarish;


    • loyixalashtirishni avtomatlashtirish;


    • tashkiliy jarayonlarni boshqarish;


    • texnologik jarayonlarni boshqarish.


    Ilmiy tadkikotlarni avtomatlashtirish va boshqarishda axborot tizimlari ilmiy xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish, statistik axborotni taxlil etish, tajribalarni boshqarish uchun muljallangan.


    Loyixalashtirishni avtomatlashtirishda axborot tizimlari yangi texnika (texnologiya) ishlab chiqaruvchilar va muxandis loyixachilar mexnatini avtomatlashtirish uchun muljallangan.
    Tashkiliy boshqaruvda axborot tizimlari — shaxslar funk­tsiyalarini avtomatlashtirish uchun muljallangan. Bu sinf­ga xam sanoat (korxonalar), xam nosanoat ob'ektlari (bank, birja, suKurta kompaniyalari, mexmonxonalar va xokazolar) va ayrim ofislar (ofis tizimlari)ni boshqarishning axborot tizimlari kiradi.
    Texnologik jarayonlarni boshqarishda axborot tizimi turli texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun muljallangan (moslashuvchan ishlab chiqarish jarayonlari, metallurgiya, energetika va xokazolar).
    Dastlabki axborot tizimlari 50-yillarda paydo buldi. Bu yillarda ular maosh xisob-kitoblarini qayta ishlash uchun muljallangan bo’lib, elektromexanik buxgalterlik xisoblash mashinalarida amalga oshirilgan. Bu kog’oz xujjatlarni tayyorlashda mexnat va vaktni bir kadar kiskartirishga olib kelgan.
    60-yillarda axborot tizimlariga munosabat butunlay uzgardi. Bu tizimlardan olingan axborot davriy xisobot uchun ko’pgina parametrlar bo’yicha kullana boshlandi. Buning uchun tashkilotlarga ko’pgina funktsiyalarga ega bo’lgan EHM lar talab etila boshlandi.
    70—80-yillarda axborot tizimlari qarorlarni kullab-kuvvatlovchi va tezlashtiruvchi jarayonga ega bo’lgan nazorat boshqaruvi vositalari sifatida keng foydalanila boshlandi.
    80-yillar oxiridan boshlab, axborot tizimlaridan foydalanish kontseptsiyasi yanada uzgarib bormokda. Ular axborotning strategik manbai bo’lib qolmoqda va istalgan soxada tashkil etishning barcha darajalarida foydalanilmokda. Bu davrning axborot tizimlari axborotni o’z vaktida berib, tashkilot faoliyatida muvaffakiyatga erishishga yordam bermokda.
    Axborot tizimlarini boshqaruv jarayoni ko‘rinishi bo‘yicha sinflanishi
    Boshqaruv jarayoni ko‘rinishiga ko‘ra texnik (texnologik) jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimlari (TJABT) va tashkiliy (yoki ma’muriy) boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari (TBAT) o‘zaro farqlanadi. Dastlabkisi texnologik jarayonlarni keng ma’noda boshqarish-ga (raketa, stanok va hokazolarni boshqa-rish), ikkinchisi – ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatga ega ob’ektlarni boshqarish uchun mo‘ljallangan. Ularning asosiy farqi boshqarish ob’ektining mazmunida. Birinchi holda – bu turli xil mashina, asbob-uskuna, qurilmalar bo‘lsa, ikkinchisida – eng avvalo odamlar, jamoa sanaladi.
    Boshqa bir farqi – axborot uzatish shaklida. Birinchi tizimlarda axborot uzatishning asosiy shakllari bo‘lib turli xil signallar (elektrik, optik, mexanik va hokazo) xizmat qiladi. Ikkinchi xil tizimlarda asosiy axborot uzatish shakli – hujjatdir.
    So‘nggi paytlarda TJABT va TBATning yagona integratsiyalash-gan boshqarish tizimiga qo‘shilish tendensiyasi kuzatiladi. Bunday qo‘shi-lishda tizimda aylanuvchi axborotlarni signallar va maxsus turdagi hujjatlar shaklida mashina tashuvchilarga uzatiladi. Bu bilan TJABT va TBAT o‘rtasidagi farqlar ma’lum darajada yo‘qoladi.

    Axborot tizimlarini boshqaruv jarayoni ko‘rinishi bo‘yicha sinflanishi


    Boshqaruv jarayoni ko‘rinishiga ko‘ra texnik (texnologik) jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimlari (TJABT) va tashkiliy (yoki ma’muriy) boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari (TBAT) o‘zaro farqlanadi. Dastlabkisi texnologik jarayonlarni keng ma’noda boshqarish-ga (raketa, stanok va hokazolarni boshqa-rish), ikkinchisi – ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatga ega ob’ektlarni boshqarish uchun mo‘ljallangan. Ularning asosiy farqi boshqarish ob’ektining mazmunida. Birinchi holda – bu turli xil mashina, asbob-uskuna, qurilmalar bo‘lsa, ikkinchisida – eng avvalo odamlar, jamoa sanaladi.
    Boshqa bir farqi – axborot uzatish shaklida. Birinchi tizimlarda axborot uzatishning asosiy shakllari bo‘lib turli xil signallar (elektrik, optik, mexanik va hokazo) xizmat qiladi. Ikkinchi xil tizimlarda asosiy axborot uzatish shakli – hujjatdir.
    So‘nggi paytlarda TJABT va TBATning yagona integratsiyalash-gan boshqarish tizimiga qo‘shilish tendensiyasi kuzatiladi. Bunday qo‘shi-lishda tizimda aylanuvchi axborotlarni signallar va maxsus turdagi hujjatlar shaklida mashina tashuvchilarga uzatiladi. Bu bilan TJABT va TBAT o‘rtasidagi farqlar ma’lum darajada yo‘qoladi.

    Axborot tizimlarini qo‘llanish sohasi bo‘yicha sinflanishi


    Qo‘llanish sohasi bo‘yicha axborot tizimlari moddiy ishlab chiqarish, ijtimoiy va boshqaruv sohasiga ajraladi. Ishlab chiqarish sohasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha axborot tizimlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: mashinasozlik majmui, yoqilg‘i – energetika majmui, transport majmui, metallurgiya majmui, kimyo-o‘rmon majmui, transport majmui, metallurgiya majmui.
    Ijtimoiy sohada axborot tizimlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ajratiladi: sog‘liqni saqlash, nafaqa va ijtimoiy ta’minot, ta’lim, madaniyat va aholi dam olishi, ijtimoiy va sotsial hayot, xizmatlar va faxrli maishiy hayoti, savdo va umumiy ovqatlanish, kommunal xizmat, atrof-muhit muhofazasi.
    Boshqaruv sohasida axborot tizimlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ajratiladi: deputatlar korpusi va ijroiya hokimiyati, davlat boshqaruvi va statistika, tashqi iqtisodiy faoliyat, moliya organlari, bank tizimlari, huquqni muxrfaza etish organlari va hokazolarga xizmat ko‘rsatish.
    Faoliyat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha axborot tizimlari quyidagi yo‘na-lishlarga ajratiladi: sanoat, transport, aloqa, qishloq xo‘jaligi va xokazo.
    Qo‘llanish doirasi bo‘yicha asosiy klassifikatsiyaviy (tasnifiy) belgi axborot tizimlari va texnologiyalarini qo‘llash sohasi bilan aniqlanadi.
    Mamlakat milliy iqtisodi ijtimoiy mahsulotni yaratish, iste’mol qilish yoki taqsimlashda ishtirok etuvchi iqtisodiy-tashkiliy ob’ektlarni (korxonalar, birlashmalar, konsernlar, va hokazolar) o‘zida aks ettiradiki, ular ham o‘z navbatida ishlab chiqarish va iqtisodiy-tashkiliy axborot tizimlariga bo‘linadi.
    Ishlab chiqarish tizimlarida mahsulot yaratish, loyihani ish-lab chiqish, ilmiy qoidalarni tayyorlash amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish jarayonlarining me’yorida ishlashini boshqarish tizimi ta’minlaydi, unda ishlab chiqarish sohasida bevosita ishtirok etmaydigan mutaxassislar band. Ular faoliyatining sohasi – ishlab chiqarish jarayonlarini tashkillashtirish va boshqarish, ular talab etadigan zahiralarni ta’minlashdan iborat.
    Ishlab chiqarish tizimlari sinfini mahsulotning turli hayo-tiy sikli bosqichlariga muvofiq holda kichik sinflarga bo‘lish mumkin: ilmiy tadqiqot – loyihalash – ishlab chiqarish – sinovdan o‘tkazish.
    Ishlab chiqarish jarayonlari uchun axborot texnologiyalarini qo‘llash tegishlicha mehnat vositalari, texnologik va ishlab chiqarish jarayonlari, ilmiy tadqiqotlar, loyiha ishlari va ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning kompleks avtomatlashtirish tizimlariga olib keladi.
    Texnologik jarayonlarni kompleks avtomatlashtirishda axbo-rot texnologiyalarini qo‘llash texnologik jarayonlarni avtomatlash-tirilgan boshqarish tizimi (TJ ABT), moslashgan ishlab chiqarish tizimlari (MIT ABT), transport-omborxona tizimlari (TOT ABT)-ning yaratilishiga olib keladi. Bunday tizimlarni yaratishdan maq-sad-milliy iqtisod tarmoqlarini yuqori ishonchli mehnat vositala-rini tadbiq etish hisobiga texnik qayta jihozlashni ta’minlash, ularni avtomatlashgan uchastka va texnologik jarayonlarga kompleks-lash, ishlab chiqarishga moslashuvchanlik, iqtisodiylik bag‘ishlashdir.
    Axborot texnologiyalarini ilmiy – tadqiqot loyihalarida, konstruktorlik ishlarida, texnologik tayyorlashda qo‘llash ushbu so-halarning avtomatlashgan tizimlari yaratilishiga olib keladi.
    Kompleks ITAT va LAT ilmiy-tadqiqot institutlari va loyiha tashki-lotlarida fundamental tadqiqotlarni olib borish va texnika, texnologiya-larning yangi avlodlarini yaratishda foydalani-ladi. Bunday tizimlar tarkibiga sun’iy intellekt komponentlari (ekspert tizimlar, bilimlar bazasi, multimedia vositalari) va ishchi stansiyalari lokal tizimlari va tadqiqotchi hamda konstruk-torlarning avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari (AIU) kiradi.
    Axborot texnologiyalarini ilmiy-tadqiqotlar, loyiha-konstruktorlik ishlari va ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashdan asosiy maqsad «tadqiqot loyihalash – konstruktorlash – ishlab chiqarishga tayyorlash» hayotiy siklining barcha bosqichlarida mahsulot ishlanmalari va texnologiyasini o‘tkazish sifati, foydalanish harakteristikasi, texnologiyasi, yangi mahsulot ilmiyligi jihatini oshirish, nomenklaturani kengaytirish, tajribaviy ishlab chiqarishni qisqartirishdan iborat.
    Boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy tizimlarida ob’ekt sifatida iqtisodiyotni boshqarishning barcha bosqichlarida amalga oshirila-digan ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy funksional jarayonlar xizmat qiladi. Axborot tizimlari bosh-qarish xizmatlari xodimlarining ax-borot xizmat ko‘rsatish tizimlari bo‘lib, axborotni to‘plash, saqlash, uzatish va qayta ishlash bo‘yicha texnologik vazifalarni bajaradi. U konkret iqtisodiy ob’ekt uchun qabul kilingan metodlar va tuzilmaviy boshqaruv faoliyati tomonidan belgilangan reglamentda shakllanadi va ishlaydi, uning oldida turgan maqsad va vazifalarni bajaradi.

    Download 244,03 Kb.




    Download 244,03 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ish mavzu: Aftomatlashtirilgan axborot tizimlarini taminot zanjirlari va algistika bilan integratsiyalashri

    Download 244,03 Kb.