• Renkin siklining R 9- diagrammada tasvirlanishi 3-rasmda, TS-diagrammada tasvirlanishi 4-rasmda ko`rsatilgan.
  • E`tiboringiz uchun rahmat.
  • Mustaqil ish Mavzu: Bug`-kuch qurilma sikllari. Karno va Renkin sikllari. Energiya sarfi tiklanishi




    Download 0.52 Mb.
    Sana08.06.2023
    Hajmi0.52 Mb.
    #70879
    Bog'liq
    Bug`-kuch qurilma sikllari. Karno va Renkin sikllari. Energiya sarfi tiklanishi .
    Документ-2021-11-02-215201, toaz.info-cambridge-primary-mathematics-learnerx27s-book-5-pr 32cc4ec0047f5fb81c4f02c5a985d5c0, dildora, 4 – sinf Matematika test. YN, Muftalar, 42-topics-for-ielts-speaking-part-1-suggested-answers-2016

    Mustaqil ish Mavzu:Bug`-kuch qurilma sikllari. Karno va Renkin sikllari. Energiya sarfi tiklanishi .

    Guruh: 40-19

    Tekshirdi:Nigmadjanov.S

    Tayyorladi: Qurbonboyeva.Sh

    Reja: 1. Bug`- kuch qurilma sikllari. 2. Karno sikllari. 3. Renkin sikllari. 4. Energiya sarfi tiklanishi.

    Bug`- kuch qurilma sikllari. Zamonaviy issiqlik energetikasida asosan bug` - kuch qurilmalaridan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda bizning davlatda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 80% ga yaqin bug`-kuch qurilmalaridan olinmoqda. Yoqilg`ining yonishida hosil bo`ladigan issiqlikni mexanikaviy ishga aylantiradigan qurilmalar yig`indisi bug`-kuch qurilmalari deyiladi. Bug`-kuch qurilmalarida eng ko`p ishlatiladigan ishchi jism juda ko`p va arzon bo`lgan suvdir. Ishchi jism sifatida bug` ishlatiladigan bug`-kuch qurilmalari ularni gazsimon ishchi jism ishlatiladigan issiqlik-kuch qurilmalaridan juda farq qildiradigan bir qator xususiyatlarga va avfzalliklarga ega.

    Karno sikllari. Sikl davomida o`zining agregat holatini o`zgartiradigan ishchi jismdan foydalanish Karno siklni amalga oshirishga imkon beradi. Karno sikli nam bug`da amalga oshiriladigan bug`-kuch qurilmasining sxemasi 1-rasmda ko`rsatilgan.

    Bug` qozoni 1-ga suvning quruqlik darajasi x kichik bo`lgan nam bug` keladi. Qozon o`txonasida yoqilg`I yonishi hisobiga nam bug`ga issiqlik beriladi va bug`ning quruqlik darajasi X birga yaqin bo`lgan qiymatgacha ortadi. Bug` bug` qizdirgich 2-ga o`tadi va bu yerda belgilangan temperaturagacha qiziydi. Ishga tayyor bug` turbinia 3-ga yuboriladi va turbinada kengayganida ancha katta kinetik energiyaga ega bo`lib qoladi. Turbina ish g`ildiraklarining kuraklarida bu energiya ish g`ildiraklari aylanishining kinetik energiyasiga, so`ngra esa turbina aylantiradigan elektrik generator 4-yordamida elektr energiyaga aylanadi. Bug` turbindan chiqib kondensator 5-issiqlik almashtirgichga kiradi., kondensatorda sovituvchi suv yordamida bug`dan issiqlik olinadi, bug` kondensiyatlanadi. Kondesatorda bug`dan issiqlik olish protsessi o`zgarmas bosimda amalga oshiriladi. So`ngra kondensat nasos 6 bilan ta`minlovchi bak 7-ga tushadi. Ta`minlash nasosi 8 ta`minlovchi suvning bosimini berilgan qiymatgacha oshirib, qizdirgich 9 orqali yana qozonga uzatib beradi.

    To`yingan bug` uchun Karno sikli 2-rasmda tavirlangan. Nam bug`da amalga oshiriladigan Karno siklining f.i.k. quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:

    Karno sikli bo`yicha ishlaydigan bug`-kuch qurilmalarining bir qator kamchiliklari mavjud bo`lib, ular qo`llanilmaydi. Bu kamchiliklardan biri 2-3 kondensiyatsiyalanish protsessi to`liq amalga oshmasligi sababli, bosimi kichik va solishtirma hajmi katta bo`lgan nam bug`ni siqish uchun mo`ljallangan kompressor juda qo`pol va tslindring hajmi katta bo`lib , uni yuritish uchun juda ko`p energiya sarf bo`ladi. Bundan tashqari Karno siklini ikki fazli holatda amalga oshishi sababli, bug`nig boshlang`ich temperaturasi suvning kiritik temperaturasida (374, 12˚S ) yuqori bo`la olmaydi va sikl termik f.i.k past bo`ladi.

    Renkin sikli. Bug`-kuch qurilmasining ideal sikli Renkin siklidir. Bu siklda bosim R2 dan bosim R1 gacha zichligi kam bo`lgan bug` emas , balki suv siqiladi. Suvni kondensatordan qozomga yuborish va bir yo`la uning bosimini ko`tarish uchun kompressorlar emas , balki tuzilishi jihatdan ixcham va sodda bo`lgan , yuritilishiga juda kam energiya sarflanadigan nasoslar ishlatiladi.

    Renkin siklining R 9- diagrammada tasvirlanishi 3-rasmda, TS-diagrammada tasvirlanishi 4-rasmda ko`rsatilgan.

    5-rasmda Renkin sikli is- diagrammada (holatlar Ts va R 9-diagrammalar -dagidek belgilangan). Bu diagrammada ordinatadagi 1 va 2 nuqtalar orasidagi masofa turbina bajargan ishga, 3 va 2 nuqtalar orasidagi masofa nasosda sarflanadigan ishga, 1 va 3 nuqtalar orasidagi masofa siklda beriladigan issiqlik q1 ga mos keladi.

    Energiya sarfi tiklanishi. O`zbekiston energetikasi rivoji uchun tabiiy iqlim sharoitlardan oqilona foydalanish maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, xususan, quyosh energiyasi, shamol kuchi, yer osti suvlari harorati va kichik gidroelektrostyalardan foydalanish masalalari borasida keng tadqiqot ishlari olib borildi (G. A. Grinevich, R.A. Zohidov). Energetika jarayonlarini avtomatlashtirish va telemexanizatsiyalah hamda energetika tizimlarida o`lchash aniqligi, puxtaligi va samaradorligi oshirish kabi ilmiy natijalarga erishishda muhim tadqiqotlar amalga oshirildi (akad. J. Abdullayev). Issiqlik energiyasi va issiqlik texnikasi sohasida yoqilg`idan foydalanishning yangi texnologiyasi va issiqlik energiyasidan samarali foydalanish kabi muhim tadqiqot ishlariga ahamiyat kuchaytrildi.

    O`zbekistonning energetikasi resurslarini hisobga olsak, mamlakat energetikasi xalq xo`jaligining baza sohasi hisoblanadi. O`zbekiston energetika tizimi xalq xo`jaligi va aholining yoqilg`i (ko`mir, gaz, neft), elektr energetikasi bo`lgan ehtiyojini to`liq qondiradi va ekspor ham qiladi. O`zbekistonda 20 issiqlik elektr stansiyalari, 27 gidroelektr stansiya (GES) ishlab turibdi. Bularning umumiy o`rnatilgan quvvati 11,5 mln. kVsoat (yiliga 55 milrd. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniga ega), transformatorlarning umumiy quvvati 44850 MVA, elektr tarmoqlarining umumiy uzunligi 232 ming km, shu jumladan, yuqori quvvatli (500 kV li)lari 1660 km ni tashkil qiladi (2005).

    E`tiboringiz uchun rahmat.


    Download 0.52 Mb.




    Download 0.52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ish Mavzu: Bug`-kuch qurilma sikllari. Karno va Renkin sikllari. Energiya sarfi tiklanishi

    Download 0.52 Mb.