|
Mustaqil ish Mavzu: Elektromagnit maydon asoslari
|
Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 321,94 Kb. | | #242315 |
Bog'liq G\'lumjonov Fayzulloh Mustaqil ish
Bajardi:G’ulomjonov Fayzulloh
Tekshirdi:Xudoyberganov Jo’rabek
Reja; - Elektromagnit maydon haqida qisqacha nazariya
- Elektromagnit maydon uchun maksvell nazariyasining asoslari
- O’zgarmas magnit maydoni
- Xulosa
- Foydalanilgan adabiyotlar
Elektromagnit maydon o’zi nima? - Elektromagnit maydon – maishiy elektr texnikalari, radio, uyali telefon, GPS navigator qurilmalari, yuqori elektr kuchlanish tarmoqlari, transformatorlar, uyali aloqa stansiyalari, simsiz Internet tarmog‘i va boshqa manbalar asosida yuzaga keladi. Shuningdek, sun’iy yo‘ldosh orqali signal qabul qiluvchi antennalar ham elektromagnit maydon hosil qiluvchi manbalar ro‘yxati tarkibiga kiritiladi. Amalga oshirilgan tadqiqotlarda bu sistema elektromagnit maydoni organizmda immun sistemasi funksiyasi buzilishiga olib kelishi, xotira buzilishi, ko‘payish organlari funksiyasi buzilishga olib kelishi mumkinligi tasdiqlangan.
Magnit maydoni - Maxsus shartsharoitlarda Elektromagnit maydon elektr maydon yoki magnit maydon koʻrinishida mavjud boʻlishi mumkin. Moddiy jismlar tarkib topgan atomlar teng miqdordagi musbat va manfiy elektr zaryadlarga ega. Atomdagi bu zaryadlarning Elektromagnit maydon orqali oʻzaro taʼsir qilishi har qanday holatdagi jism (gaz, suyuqlik, qattiq jism, plazma)ning xususiyatlarini belgilaydi. Elektromagnit oʻzaro taʼsir tabiatda mavjud uch xil fizik oʻzaro taʼsirlarning biri hisoblanadi.
James Clerk Maxwell
Maksvell Jeyms Klerk (1831.13.6, Edinburg – 1879.5.11, Kembrij) – ingliz fizigi, klassik elektrodinamika, statistik fizika asoschilaridan biri, gazlar kinetik nazariyasipp yaratganlardan biri, radiotexnikaning vujudga kelishi uchun poydevor qoʻygan shaxs
Elektromagnit maydon uchun Maksvell tenglamalari - Elektromagnit maydon uchun Maksvell differensial tenglamalar sistemasi elektromagnit maydonning barcha muhim xossalarini ifodalovchi tenglamalarni mujassamlantiradi. Ularning mukammalligini G .Gers quyidagicha ifodalagan: «Ba’zan ular bizdanda aqlliroqdek tuyuladi».
- Maksvell tenglamalari paydo bo’lganidan deyarli bir yarim asr o’tib, fizika fani beqiyos yutuqlarga erishganiga qaramay, Maksvell tenglamalariga o‘zgartirish kiritilmagani — fandagi ajablanarli holdir. Demak, Maksvell tenglamalari o ‘sha davrda mukammallikka erishib, elektromagnit maydonlarning xossalarini to ‘liq tavsiflagan
Tabiatda shundaу tabiiу mеtall birikmalari mavjudki, ular ba’zi bir jismlarni o‘ziga tоrtish xususiyatiga ega. Jismlarning bunday xossasi ular atrofida maydon mavjudligini bildiradi. Bunday maydonni magnit maydon deb atash qabul qilingan. O‘z atrofida magnit maydonni uzоq vaqt уo‘qоtmaуdigan jismlarni dоimiу magnit yoki оddiуgina magnit dеb ataymiz. To‘g‘ri shakldagi magnitni mayda temir bo‘lakchalariga yaqinlashtiraylik. Bunda temir bo‘lakchalari magnitning faqat ikki uchiga yopishganligiga guvoh bo‘lamiz. Doimiy magnitning magnit ta’siri eng kuchli bo‘lgan joyini magnit qutbi deyiladi. Har qandaу magnitda ikkita: shimоliу (N) va janubiу (S) qutblari mavjud bo‘ladi.
Mаgnit mаydоn induksiyasining birligi qilib ХBSdа Sеrbiya fizigi Nikоlа Tеslаning shаrаfigа Tеslа (T) dеb аtаsh qаbul qilingаn.
Magnit maydon modda emas, balki alohida zarralardan mujassamlangan moddadan tamomila farqli ravishda, materiyaning fazoda uzluksiz mavjud bo’lgan turidir.
Xulosa - Men ushbu tayyorlagan mustaqil ishim jarayonida Elektromagnit maydon haqida qisqacha taassurotga ega bo’ldim.Elektromagnit maydon – maishiy elektr texnikalari, radio, uyali telefon, GPS navigator qurilmalari, yuqori elektr kuchlanish tarmoqlari, transformatorlar, uyali aloqa stansiyalari, simsiz Internet tarmog‘i va boshqa manbalar asosida yuzaga kelishini bilib oldim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati - https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Elektromagnit_maydon
- https://arxiv.uz/uz/documents/referatlar/fizika/elektromagnit-maydon
- https://cyberleninka.ru/article/n/magnit-maydoni-kuch-chiziqlarini-namoyish-etish
- https://biblioserov.ucoz.ru/news/dzhejms_klerk_maksvell_biografija_i_vklad_v_nauku/2021-06-11-1593
E’tiboringiz uchun rahmat
|
| |