• Tekshirdi:Yusupova Zamira Toshkent 2024 Reja .
  • Mustaqil ish mavzu: Oila tarbiyasi. Oilaviy nizolar: sabablari va ularni bartaraf etish yollari Bajardi: Umarov Behruz Tekshirdi: Yusupova Zamira Toshkent 2024 Reja




    Download 98,43 Kb.
    bet1/2
    Sana15.05.2024
    Hajmi98,43 Kb.
    #235852
      1   2
    Bog'liq
    Umarov Behruz Psixalogiya


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI
    VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI



    MUSTAQIL ISH


    Mavzu: Oila tarbiyasi. Oilaviy nizolar: sabablari va ularni bartaraf etish yollari


    Bajardi: Umarov Behruz
    Tekshirdi:Yusupova Zamira


    Toshkent 2024
    Reja .
    Kirish .
    1. Oila tarbiyasi.
    2. Oilaviy nizolar .
    3.Oilaviy nizolarni bartaraf etish .
    Xulosa .
    Foydalanilgan adabiyotlar .

    Kirish


    Oilaviy nizo va janjallar, ajralish muammosi hozirgi paytda jamiyatning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Oilalar ajralishlarining mavjudligi bizning respublikamizda ham keng jamoatchilik diqqatini o‘ziga qaratib, bu muammoning yechimini topish uchun kerakli choralarni ko‘rishga da’vat etmoqda. Oilaviy nizolarning eng xarakterlilaridan biri bu er va xotin o‘rtasidagi nizolardir. Shu munosabat bilan shu kabi muommoli holatlarni oldini olish va ijtimoiy hayotimizdagi salbiy holatlarni baratraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son farmoni ishlab chiqilishi jamiyatdagi turli xil salbiy holatlarni bartaraf etish va ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishni yanada jadallashtirdi. V.G.Belinskiy shunday degan “Shunga qat’iy imonim komilki, er-xotin ittifoqi tevarak-atrofdagilarning aralashuvidan xoli bo’lmog’i kerak, binobarin, bu ikki kishidan boshqa hech kimning ishi emas”. Oila insonlarni birlashtirib turuvchi eng kichik ijtimoiy birlik bo’lib, uning tinchligi, ravnaqi va barqarorligi jamiyat tinchligi va barqarorligi hisoblanadi. Shu sababli oila ijtimoiy institutini har tomonlama rivojlantirish omillarini ishlab chiqish orqali jamiyat farovonligini taminlagan bo’lamiz. Bugungi kunda ba’zi oilalarda janjallar ko‘paygan. Bu janjallarning ildiziga ahamiyat beradigan bo‘lsak, oila a’zolarining bir-birlariga bo‘lgan muomalalaridagi kamchiliklarni ko‘ramiz. Shunday ekan oila a’zolari biri biri bilan muomala qilishni va o’zaro shaxslararo samimiy munosabatni o’rnatsa, insoniy axloq-odob, milliy an’ana va qadriyatlarimiz asosida oilaviy hayotni tashkil etsa turli hil oilaviy nizolar oldi bartaraf etiladi deb aytishimiz mumkin. Shuningizdek oilaviy hayotni to’g’ri tashkil etish yuzasidan muqaddas dinimiz ko’rsatgan tavfsiyalariga rioya qilish orqali ushbu ziddiyatli holatlar oldi olish mumkin. Abdulloh Nosih Alvon aytadi: “Islom dini er-xotin oldiga bir-biridagi haqlarni bayon qiladigan yo‘lni belgilab bergan. Bu yo‘lni o‘zlariga aniqlik bilan tatbiq qilsalar, baxtiyor hayot kechiradilar. Muammolar qayg‘usi va kundalik tashvishlar dillarini xira qilmaydi”. Lekin, afsuski, er yoki xotin yoxud ikkisi ham haqlarni ado qilishda Islom o‘rnatgan yo‘ldan o‘zlarini olib qochadi. Buning oqibatida ziddiyatlar kelib chiqadi va muammolar paydo bo‘ladi. Ular birbiriga adovat va nafratni ichlarida saqlab yurishadi. Ayrim hollarda qaramaqarshiliklar alanga olib, ziddiyat avjiga chiqadi. Ishning ohiri esa ajrashish yoki taloqqa yetib boradi. Masalan, xotin eriga yomon muomala qilsa, shariat yuzasidan qaraganda, er darhol taloq aytishga o‘tishi kerakmi yoki avvaliga Islom ko‘rsatgan yo‘lga amal qilishi lozimmi? Yoki, aksincha, er xotiniga yomon muomala qilganida, xotin shu zahotiyoq ajrashishni talab qilib turib olishi lozim ko‘riladimi yoki oldin bunday holatda muqaddas dinimiz amriga quloq tutish ma’qul hisoblanadimi? Juda ham zarur holatlarni istisno qilganda, Islom taloq tushishining oldini oladigan ehtiyot choralarini qo‘llaydi. Bunday choralar ikkiga bo‘linadi: 1. Turmush qurishdan oldingi ehtiyot choralari; 2. Turmush qurgandan keyingi ehtiyot choralari. Shunday ekan yoshlarimiz oilaviy hayotini farovon qurishlari uchun ikkala holatdagi choralarni amalga oshirish yuzasidan yetarli bilimga ega bo’lishi maqsadga muvofiq. Professor O. Musurmonova ta’kidlaganidek: “Oilaning asosi er-xotin yohud ota-onadir. Modomiki, er-xotin oilaning tamal toshlarini mustahkam bunyod etishga mas’ul ekanlar, ular unda uchraydigan turmush qiyinchiliklari, hayot quvonchlari-yu, tashvishlarini boshdan kechirishda, oilani idora etishda, farzand tarbiyasida mas’uldirlar”. Oilada yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan nizo-janjallarning sabablarini aniqlash va ularning oldini olish masalalarini ijobiy hal qilish uchun birinchi navbatda ularni kimlar o‘rtasida yuz berayotganligini farqlab olish maqsadga muvofiqdir. Oilaviy nizolarda kimlar ishtirok etayotganiga ko‘ra ularni quyidagicha asosiy turlarga ajratish mumkin: • er-xotin o‘rtasidagi nizolar; • qaynona-kelin o‘rtasidagi nizolar; • qaynona-kuyov o‘rtasidagi nizolar; • ovsinlar o‘rtasidagi nizolar; • ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi nizolar. Albatta, bu ro‘yxatni yanada davom ettiraverish mumkin, lekin biz hozircha shu yuqorida keltirilganlar bilangina kifoyalanib, oilaviy hayotda ro‘y berish ehtimoli nisbatan yuqori bo‘lgan nizolarning eng asosiysi bo‘lmish er-xotin o‘rtasidagi nizolarning ayrim xususiyatlarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Har qanday oilada er-xotinning o‘zaro munosabatlarida nizoli vaziyatlarning yuzaga kelishi muqarrar. Lekin shu nizolarning xarakteri, ularning oqibatlariga ko‘ra turli oilalar va ulardagi oilaviy munosabatlar bir-birlaridan farqlanadi. Shunday ekan biz dastavval muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz oilalarda ro‘y beradigan nizolarni ko‘rib chiqaylik. Muvaffaqiyatli oilalardagi nizolar biriktiruvchi va muvaffaqiyatsiz oilalardagi nizolar esa ajratuvchi xarakterga ega. Shuning uchun ham psixologik adabiyotlarda nizolar shartli ravishda «konstruktiv» («biriktiruvchi») va «destruktiv» («ajratuvchi») nizolarga farqlanadi. Ular o‘zlarining yuzaga kelishiga asos bo‘lgan muammolar, bu muammolarning hal etilishi, kechishi, ishtirokchilari, oqibatlari va boshqalarning xarakteriga ko‘ra bir-birlaridan farqlanadi. Biriktiruvchi nizolarning yuzaga kelishiga asos bo‘lgan muammolar va ularning hal qilinishi ham erning, ham xotinning, butun oilaning manfaatlariga qaratilgan bo‘ladi. Agar ular hal etilsa, buning oqibatida oilaning umumiy manfaatlariga oid muammolar o‘z yechimni topadi. Bunday nizolarga oiladagi tartib, intizom, ozodalik, oila byudjetini yuritish, saranjomlik, tejamkorlik, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, bola tarbiyasi va boshqa shu kabi toifadagi nizolar misol bo‘la oladi. Ular asosan er-xotin o‘rtasidagina yuzaga keladi, ularning ishtirokchilari ham faqat er-xotinlarning o‘zlarigina hisoblanadilar. Bunday nizolarning muvaffaqiyatli hal etilishida er-xotinlarning bir-birlarini yanada yaqinroq bilib, tushunib, bir-birlarining salbiy va ijobiy xususiyatlarini o‘rganib borish, bir-birlariga moslashish, muammolarni hal etish borasida hamkorlik qilish kabi oilaviy hayot mustahkamligini ta’minlashga xizmat qiluvchi jarayonlar amalga oshadi. Boshqacha qilib aytganda, bunday nizolar «er-xotinning urushi — doka ro‘molning qurishi» kabi nizolar toifasiga kiradi. «Doka ro‘molning qurishi» er-xotin o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantiradi. Er yoki xotin bir-birlari bilan urishib qolganlaridan so‘ng bu haqda uchinchi bir odamga gapiradigan bo‘lsa, imkon qadar shu nizoda o‘zini aybsiz, haq qilib ko‘rsatishga, shu uchinchi odamni uning manfaatlarini himoya qilishiga og‘dirib olish maqsadida bir yoqlama gapiradi. Bunda sub’ekt foydalanadigan gap-so‘zlar, ohang, imo-ishora, mimika, urg‘u va boshqalar deyarli barcha verbal va noverbal vositalar ro‘y berib o‘tgan hodisa (nizo-janjal)ning asl holatiga qaraganda bo‘rttiribroq idrok etilishini ta’minlaydi. Nizo haqida qanchalik ko‘p odamga gapirib beraverilgan sayin u ayanchli tus olgan holda avj olib boraveradi va oqibatda fojeali natijalarga ham olib kelishi mumkin. Shunday ekan, oilaviy hayotda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan nizolarga birdek salbiy jihatdan qarayverish ham yoki ularni birdek oqlash ham maqsadga muvofiq emas. Yoshlarimiz oilaviy hayotda ro‘y beradigan biriktiruvchi nizolarga tayyor bo‘lishlari, ularni biriktiruvchilik, er-xotinni bir-birlariga moslashuvlariga, ularning o‘zaro munosabatlarining rivojlanishini ta’minlovchi, ularning har ikkalovining ham, ya’ni «biz»ning manfaatiga qaratilgan nizolarning biriktiruvchanlik imkoniyatlaridan samarali foydalanishga, ularni salbiy oqibatlarga olib keluvchi nizolarga aylantirib yubormaslikka o‘rganishlari lozim. Albatta ajratuvchi, «men» xarakteridagi, «chegaralanmagan» nizolarni oldini olish, uning oqibatlaridan voqif bo‘lishlari ham maqsadga muvofiq. Er-Xotinning o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan konstruktiv nizolar aksariyat hollarda er-xotin o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qaramaqarshiliklarning hal etilishi, ularning o‘rtasida hamkorlikning yuzaga kelishi va oxir-oqibat er-xotin munosabatlarinig mustahkamlanishiga olib boradi. Shunday qilib, ajralish muammosi hozirgi paytda jamiyatning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Oilalar ajralishlarining mavjudligi bizning respublikamizda ham keng jamoatchilik diqqatini o‘ziga qaratib, bu muammoning yechimini topish uchun kerakli choralarni ko‘rishga da’vat etmoqda. Chunki yuqorida qayd etilganidek, ajralishlar natijasida millionlab odamlar — eng avvalo, farzandlar, ayollar, qolaversa, erkaklar va hatto ajralishganlarning yaqinlari ham «ma’naviy jarohat» oladilar. Bularning barchasi o‘zbek oilasida ajralish masalasiga jiddiyroq, e’tibor berish lozimligini va uning oldini olish, salbiy asoratlarni kamaytirish choratadbirlarini ilmiy asoslangan holda ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatadi.

    Download 98,43 Kb.
      1   2




    Download 98,43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ish mavzu: Oila tarbiyasi. Oilaviy nizolar: sabablari va ularni bartaraf etish yollari Bajardi: Umarov Behruz Tekshirdi: Yusupova Zamira Toshkent 2024 Reja

    Download 98,43 Kb.