Mustaqil ish mavzu: sfen, epidot,kobaltin,bazalt,porfirit,alevrolit




Download 10,83 Kb.
bet2/3
Sana16.12.2023
Hajmi10,83 Kb.
#120451
1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ish mavzu sfen, epidot,kobaltin,bazalt,porfirit,alevro-fayllar.org

KOBALTIN, kobalt yaltirogʻi — sulfidlar sinfiga oid mineral, kimyoviy formulasi: CoAsS (Co — 35,4%, As – 45,3%, S – 19,3%). Ni, Fe aralashmalari ham mavjud. Kub sistemada kristallanadi. Rangi oq, pushti donador agregat va kristallardan iborat. Metallsimon yaltiroq. Qattikligi 5,5; zichligi 6,2 g/ sm3. Moʻrt. Elektrni yaxshi oʻtkazadi. Gidrotermal, kontakt-metasomatik konlar temir rudali skarnlar va gidrotermal tomirlarda uchraydi. Oksidlanish zonasida eritringa aylanadi. Kobaltin kobalt olinadigan asosiy xom ashyo hisoblanadi. Oʻzbekistonda Chaqilkalon togʻlarida uchraydi, shuningdek, Oqtepa konida ham bor.
Lotin alifbosida maqola: KOBALTIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)


Bazalt (lot. basaltes, yun. basanos — sinov toshi) — magmatik togʻ jinsi. Rangi boʻz va qoramtir. S.ogʻ. 2,5 — 3. Tarkibi asosan plagioklaz (labrador)dan iborat; shuningdek piroksenlar, olivin hamda magnetit, titanit, apatit va hokazo ham boʻladi. Kimyoviy tarkibi uning chuqurlikdagi analogi boʻlgan gabbroga yaqin. Vulkan shishasi donador kristallar oraliqlarini toʻldirib turadi. Toʻla kristallangan B.lar dolerit deyiladi. B.ning okean tubida paydo boʻlgan, temir va magniyga boy turi okeanit, tektonik yoriqlardan quruklikka oqib chiqib qotib qolgan turi esa platobazalt deyiladi. B. okean tubi va quruqlikda juda katta maydonni egallagan. Hozirgi vulkanlardan ham bazaltli lavalar oqib chiqadi. Tarkibida qaysi mineral borligiga qarab analsimli B., leysitli B., nefelinli B., magnetitli B., gayuinli B., apatitli B. va h.k. deb ataladi. B. kislotaga chidamli kimyoviy asboblar, quvurlar, elektroizolyatorlar yasashda, toshdan quyma buyumlar ishlab chiqarishda hamda qurilishda qoplama bezak materiallari sifatida ishlatiladi. Yaxshi silliqlanishi tufayli juda qadimdan haykaltaroshlikda Misr, Assuriya, Rim, Vizantiya, Armaniston va boshqa joylarda qoʻllanilib kelingan. Kamchatka, Zabaykalye, Armaniston, Ukrainada va Oʻzbekistonning Qurama, Turkiston, Tomdi togʻlari (paleozoy qatlamlari)da bor (yana q. Magmatik tog jinslari).



Download 10,83 Kb.
1   2   3




Download 10,83 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mustaqil ish mavzu: sfen, epidot,kobaltin,bazalt,porfirit,alevrolit

Download 10,83 Kb.