• Mustaqil ish
  • Yarimstatik ma’lumotlar tuzilmasi
  • Mustaqil ish Mavzu: Statik va yarimstatik ma’lumotlar tuzilmasi. Bajardi: swd001 guruh talabasi Iskandarov s tekshirdi: Raxmanov Asqar Tajibaevich Toshkent – 2020 Reja




    Download 16.45 Kb.
    bet1/4
    Sana11.01.2024
    Hajmi16.45 Kb.
    #134795
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Mustaqil ish Mavzu Statik va yarimstatik ma’lumotlar tuzilmasi.-fayllar.org
    loyihalash 4- kurs test, MUSTAQIL ISH MAVZULARI VA SHAKLLARI, Raqamli qurilmalarni lоyihalashga kirish fani nazorat va test savollari(1), goshtmasja, 2, O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi a, 123, Иқрорбекка (2), 8, 5, BOZOR, Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar-fayllar.org, 6-Mavzu Superkompyuterlar va ularning xususiyatlari. Reja Supe, Umumiy fizika fan dasturi (KI AT serviz)

    Mustaqil ish Mavzu: Statik va yarimstatik ma’lumotlar tuzilmasi. Bajardi: swd001 guruh talabasi Iskandarov s tekshirdi: Raxmanov Asqar Tajibaevich Toshkent – 2020 Reja

    Mustaqil ish Mavzu: Statik va yarimstatik ma’lumotlar tuzilmasi. Bajardi: swd001 guruh talabasi Iskandarov s tekshirdi: Raxmanov Asqar Tajibaevich Toshkent – 2020 Reja


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    Informatika asoslari kafedrasi
    Ma’lumotlar tuzilmasi va algorimlar fani bo’yicha




    Mustaqil ish

    Mavzu: Statik va yarimstatik ma’lumotlar tuzilmasi.


    Bajardi: SWD001 guruh talabasi Iskandarov S
    Tekshirdi: Raxmanov Asqar Tajibaevich
    Toshkent – 2020
    Reja:

    1. Yarimstatik ma’lumotlar tuzimasi.

    2. Navbat

    3. Stek

    4. Dek


    Yarimstatik ma’lumotlar tuzilmasi
    Yarimstatik ma’lumotlar tuzilmasini quyidagicha tavsiflash mumkin:
    - o’zgaruvchan uzunlikka ega va uni o’zgartiruvchi oddiy funksiyalariga ega;
    - tuzilmaning uzunligini o’zgartirish ma’lum bir chegarada, ya’ni qandaydir bir maksimal qiymatdan oshmagan holda amalga oshirilishi mumkin;
    Agar yarimstatik tuzilmani mantiqiy jihatdan qaraydigan bo’lsak, u holda chiziqli ro’yhat munosabati bilan bog’langan ma’lumotlar ketma-ketligi tushuniladi. Xotirada yarimstatik ma’lumotlar tuzilmasini fizik jihatdan tasvirlaydigan bo’lsak, bu xotirada slotlarning oddiy ketma-ketligidir, ya’ni har bir element xotirada navbatdagi slotlarda joylashadi. Yarimstatik MTni fizik tasvirlashning yana bir ko’rinishi bir tomonlama bog’langan ro’yhat (zanjir) ko’rinishida ifodalash mumkin, ya’ni bunda har bir navbatdagi elementning adresi joriy elementda ko’rsatiladi. Bunday tasvirlashda tuzilmaning uzunligiga
    cheklanish unchalik qattiq qo’yilmaydi. Bunday tuzilmalarga – navbat, stek, dek va satrlar kiradi.


    Navbat
    Navbat bu FIFO (First In - First Out - "birinchi kelgan – birinchi ketadi"), shunday o’zgaruvchan uzunlikdagi ketma-ketlik, ro’yhatki, unda tuzilmaga elementlar faqat bir tomondan, ya’ni navbatning oxiridan qo’shiladi va elementlarni tuzilmadan chiqarish boshqa tomondan, ya’ni navbat boshidan amalga oshiriladi. Navbat ustida bajariladigan asosiy amallar
    - yangi elementni qo„shish,
    - elementni chiqarib tashlash,
    - uzunligini aniqlash,
    - navbatni tozalash.

    Navbatni statik xotirada vektor ko’rinishida ifodalashda 2 ta parametr, ya’ni navbat boshini (navbatning 1-elementini) va oxirini (navbatning oxirgi elementini) ko’rsatuvchi ko’rsatkichlar olinadi (1-rasm).


    kirish
    chiqish

    Navbat boshi


    Navbat oxiri
    R=9
    1-rasm. Navbat tuzilmasi

    Navbatga yangi element kiritilayotganda navbat oxiri ko’rsatkichi ko’rsatayotgan adresga yoziladi va shundan keyin navbat oxiri ko’rsatkichi bittaga oshiriladi. Navbatdan elementni o’chirishda navbat boshi ko’rsatkichi ko’rsatayotgan adresdagi element o’chiriladi va shundan keyin bu ko’rsatkichning qiymati bittaga oshiriladi. Navbatga elementlar kiritilganda navbat oxiri ko’rsatkichi shu navbat uchun ajratilgan xotira sohasining oxiriga yetib qoladi. Bunda navbat to’lgan hisoblanadi.


    Agar navbatdan elementlar o’chiriladigan bo’lsa, navbat boshida bo’sh joy ajratiladi. Vaholanki, navbat oxiri ko’rsatkichi chegaraga yetib qolganligi sababli, navbatga yangi element kiritib bo’lmaydi. Shu sababli navbatda har safar element o’chirilganda qolgan barcha elementlar bitta oldinga surilishi kerak bo’ladi. Natijada navbat oxirida bo’sh joy ochiladi. Bu holatda navbat boshi ko’rsatkichiga xojat qolmaydi. Lekin shuni aytish kerakki, bu yondashuv bir muncha noqulay hisoblanadi. Shuning uchun har safar elementlarni surib o’tirmaslik uchun navbatni halqasimon shaklda tashkil etamiz. Ya’ni bunda xotirada navbat sohasining oxiriga yetib borilganda navbat boshiga o’tib ketiladi. Ushbu holatda navbat boshi va oxiri ko’rsatkichlari xotiradagi navbat sohasining boshini ko’rsatadi. Bu ikkala ko’rsatkichlarning tengligi navbatning bo’shligini anglatadi. Halqasimon navbatda element qo’shish amali o’chirish amalidan ko’proq bajarilsa, navbat oxiri ko’rsatkichi navbat boshi ko’rsatkichiga “yetib oladi”. Bu holat navbat to’laligini anglatadi. Halqasimon navbatda elementni o’chirish ikkala ko’rsatkich ko’rsatayotgan bitta adresda amalga oshiriladi. Bunday navbatning uzunligi boshi va oxiri ko’rsatkichlari farqi bilan aniqlanadi.



    Download 16.45 Kb.
      1   2   3   4




    Download 16.45 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ish Mavzu: Statik va yarimstatik ma’lumotlar tuzilmasi. Bajardi: swd001 guruh talabasi Iskandarov s tekshirdi: Raxmanov Asqar Tajibaevich Toshkent – 2020 Reja

    Download 16.45 Kb.