• TAVSIFNOMA Men Raxmanov Eldor Omon o`g`lining
  • Raxmanov Eldor
  • Xalq ta’limiga qarashli 9-sonli umumta’lim maktab direktori :Xaliqov SH.
  • Amaliyot raxbari: _______________________ Amaliyotchi talaba: _______________________
  • Tavsifnoma men Raxmanov Eldor Omon o`g`lining




    Download 15,82 Kb.
    Sana12.01.2024
    Hajmi15,82 Kb.
    #135419
    Bog'liq
    tavsifnoma va hisobot


    Termiz Davlat Universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti Matematika va informatika ta’lim yo’nalishi 4-bosqich 120-guruh talabasi Raxmanov Eldorning Surxandaryo viloyati Jarqo’rg’on tumani 9-sonli umumta’lim maktabida 30.10.2023-yildan 23.12.2023-yilgacha bo`lgan amaliyot davri uchun maktab ma`muriyati tomonidan

    TAVSIFNOMA
    Men Raxmanov Eldor Omon o`g`lining pedagogik amaliyot o’tash davrida o’zining intizomi bilan boshqa amaliyotchi talabalardan ajralib turdi. Dars mashg’ulotlarini tashkillashtirishda informatika fani o’qituvchisi N. Ishqorayev astoydil ko’makchi bo’lib, o’zining nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llashi bo’yicha tirishqoqlik bilan faoliyat olib bordi. O’qituvchilardan dars o’tish metodlarini yaxshi o’zlashtirib, o’zi ham mustaqil tarzda darslarni o’tkazdi, muntazam mashg’ulotlar olib bordi. Darsdan tashqari paytlarda darsni past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan qo’shimcha mashg’ulotlar olib bordi va o`quvchilarga axborot texnologiyalarining yangi bosqichga ko`tarilayotganligi va hayotiy ahamiyatga molek ekanligini tushuntrib bordi. Gurux bilan ishlashda, jamoat topshiriqlarini bajarishda, o’quvchilar bilimini oshirish yo’nalishida yaxshi natijalarga erishib amaliyot davrini o’tadi.

    Maktab rahbariyati shuni ma’lum qiladiki Raxmanov Eldor kelajakda o’z mutaxasisligi bo’yicha malakali pedagog kadr bo’lib yetishishiga ishonamiz.

    Maktab direktori ________ SH. Xaliqov
    O’IBDO’ ________ E. Raxmanov
    Informatika fani o’qituvchisi ________ N. Ishqorayev

    “ Tasdiqlayman”


    Surxondaryo viloyati Jarqo’rg’on tumani
    Xalq ta’limiga qarashli 9-sonli umumta’lim
    maktab direktori :Xaliqov SH.


    Termiz Davlat Universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti Matematika va informatika ta’lim yo’nalishi 4-bosqich 120-guruh talabasi Raxmanov Eldorning malakaviy amaliyot davri

    HISOBOTI

    Men Raxmanov Eldor 30.10.2023-dan 23.12.2023-yilgacha Surxondaryo viloyati Jarqo’rg’on tumanidagi 9-umumta’lim maktabida malakaviy amaliyotda bo’ldim.
    Amaliyotim davrida Informatika va matimatika o’qituvchilari bilan muntazam ish olib bordim va maktab ichki tartib-qoidalari bilan tanishdim va o’rgandim. O’qituvchilarning dars o’tish jarayonlarini kuzatdim va dars jarayoni uchun kerak bo’ladigan turli o’qitish metodlari, yangi pedagogik texnalogiyalarning dars davomida qo’llanilishini, shu bilan birga, noan’anaviy o’qitish uslublaridan foydalanishni va eng asosiysi pedagog sifatida o’quvchi bilan to’g’ri va samarali aloqa o’rnatishni kuzatdim va o’rgandim. Informatika va matematika o’qituvchilari yordamida dars rejasini tuzishni, darslar uchun mustaqil ravishda konspekt yozishni, foydalanishni, darsni to’g’ri tashkillash, mavzuga mos bo’lgan materiallar, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, mashqlar, mavzularga mos keladigan o’yinlar tayyorlashni, barcha o’quvchilar bilan birdek ishlashni, darsga jalb qila olishni, o’quvchilarni rag’batlashni, vaqt taqsimotini to’g’ri tashkil etishni o’rgandim va o’zim ham mustaqil ravishda o’quvchilarga dars o’tdim.
    Bunda menga o’qituvchilardan o’zlashtirgan bilimlarim samara berdi.
    Amaliyotim mobaynida bir qancha ochiq darslarni kuzatdim va ularni qanday tashkillashni, nimalarga ko’piroq e'tiborli bo’lish kerakligini, qanday usullar orqali ochiq darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishni o’rgandim.
    Shu bilan birga maktabdagi jamoat ishlarida ham faol ishtirok etishga harakat qildim. Sinflarda o’tkaziladigan ma’naviyat soatlarida muntazam qatnashdim. Ma’naviyat soatlarini olib borishni kuzatish jarayonida guruh rahbari ish rejasi asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishni o’rgandim. Davomati va o’zlashtirishi past o’quvchilar bilan ish olib borishni, ularga ko’maklashishni o’zlashtirdim. Bunda menga sinf rahbarlarning yo’l-yo’riqlari yordam berdi.Shuningdek, amaliyotim davomida bo’lib o’tkan bir nechta tadbirlarda ishtirok etdim va ularni tashkillash jarayonida o’qituvchilarimga yordam berdim. O’zim ham mustaqil tarzda tadbir o’tkazdim.
    Bunda, albatta, maktabdagi ustozlar va o’quvchilarning yordamlari katta madad bo’ldi. Ishonamanki, ushbu amaliyot davrida o’rgangan va keyingi bosqichlarda o’rganadigan bilim va tajribalarim menga kelajakda ish faoliyatimda va albatta yetuk malakali mutaxassis bo’lib yetishishimda katta yordam beradi.


    Amaliyot raxbari: _______________________
    Amaliyotchi talaba: _______________________
    Download 15,82 Kb.




    Download 15,82 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tavsifnoma men Raxmanov Eldor Omon o`g`lining

    Download 15,82 Kb.