|
Karimov nomidagi
|
bet | 1/18 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 5,27 Mb. | | #158788 |
Bog'liq autocadga yangi umumiy
Бино ичига ва ташкарисига ёруглик манбаиларини урнатиш,
11*
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
KOMPYUTERDA LOYIHALASH
O‘QUV-USLUBIY QO‘LLANMA
Toshkent 2021
UDK 004.925
Raxmanov J.M. Kompyuterda loyihalash. O‘quv-uslubiy qo‘llanma.- T.:-ToshDTU, 2021. 84 b.
O‘quv-uslubiy qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining “Dizayn” yo‘nalishida tahsil oladigan talabalar uchun “Kompyuterda loyihalash” kursining o‘quv rejasi va dasturi asosida tuzilgan.
Bu o‘quv-uslubiy qo‘llanmada 3D kompyuter grafikasining eng ko‘p tarqalgan AutoCAD dasturi bilan batafsil tanishtirib chiqilgan. Ushbu dasturlarning interfeys bo‘limlari, asboblar paneli, rasm chizish, matn yaratish, obyektlar va turli tahrirlash ishlarini bajarish haqida ma’lumotlar berilgan.
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universistetining ilmiy-uslubiy kengashi qaroriga muvofiq chop etildi
( 8-bayonnoma, 28.04.2021 )
Taqrizchilar:
Nozilov A.D. Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti, dotsent; Dmitriyeva. I.V.ToshDTU “Sanoat dizayni” kafedrasi mudiri, dotsent.
© Toshkent davlat texnika universiteti, 2021
KIRISH
Bugungi kunga kelib, barcha rivojlangan mamlakatlarda fan va texnika, ishlab chiqarish vositalari hamda texnologik jarayonlar deyarli to‘liq kompyuterlashtirilgan. Shuningdek, dunyoning barcha ishlab chiqarish korxonalarida hamda ta’lim tizimida yangi texnika va texnologiyalarni yaratishda loyihalash ishlarini avtomatlashtiruvchi juda katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan grafik dasturlar asosida kompyuterdan foydalanib kelinmoqda.
Hozirgi zamon talablariga mos bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash uchun davlatimiz, uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida o‘quv fanlarini kompyuterlashtirishga katta ahamiyat berishni Oliy ta’lim vazirliklarlari hamda OO‘Yning pedagog olimlari zimmamizga yuklagan.
XXI asr “Axborot texnologiyalari” asri deb bejizga aytilmagan. Kundalik turmushimizning har bir jabhalarini kompyutersiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Buning natijasida, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan yangi pedagogik texnologiyalar kirib keldi. Zamonaviy axborot texnologiyalari deganda, multimediya, bir tildan ikkinchi tilga va bir alifbodan ikkinchi alifboga o‘tish, internet, WEB-texnologiya, elektron virtual kutubxona, masofadan turib ta’lim berish, taqdim etish va boshqa texnologiyalar nazarda tutiladi.
Bu esa, bugungi kunda pedagog kadrlardan nafaqat o‘z sohasi bo‘yicha, balki zamonaviy axborot texnologiyalaridan ham ma’lum bilimlarni chuqur egallashni va ularni yoshlarga, ayniqsa o‘quvchi hamda talabalariga o‘rgatishni talab qiladi. Shu bois umumta’lim maktab va OO‘Y larda faoliyat ko‘rsatayotgan har bir professor-o‘qituvchilar zimmasiga zamonaviy grafik dasturlardan foydalanib, kompyuterda o‘quvchi va talabalarni ularga o‘rgatishni yuklaydi.
Hozirgi kunning talabidan kelib chiqadigan bo‘lsak, muhandislik grafikasi o‘qituvchilari kamida beshta zamonaviy grafik dasturlardan dastlabki ma’lumotlarga ega bo‘lishlari va ulardan foydalanib chizma elementlarini kompyuterda loyihalashni bilishlari lozim, ya’ni, Adobe Photoshop, Corel DRAW, 3D MAX va AutoCAD kabilarni. Chunki, har qanday zamonaviy o‘quv elektron qo‘llanmalarni ishlab chiqishni bu dasturlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
“Kompyuterda loyihalash” fani sanoat dizaynini yaratishda ayniqsa shu soha bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlashda va ularni mutaxassis sifatida shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Fanning o‘zlashtirilishi natijasida bo‘lajak soha mutaxassislariga kompyuterda zamonaviy dasturlar (AutoCAD) yordamida chizmachilik detallarni chizish, yangi-
yangi loyihalarni va ularning dizaynini yaratishda yaxshi natijalarga erishiladi. Shu soha bo‘yicha erishilgan yutuqlar va ularning natijalari yurtimizda innovatsion loyihalarni ishlab chiqishda keng qo‘llanilmoqda.
Ushbu dastur bo‘yicha ta’lim olish kompyuterda loyihalash yo‘nalishini mukammal o‘rganish va uni sanoat dizayniga tatbiq qilishga imkon yaratadi.
|
| |