Ikki o‘lchamli modellashtirish panellari Chizish uskunalari
AutoCAD dasturidagi panellarning biron-bir buyrug‘i yoki uskunasi tanlansa, sichqoncha ko‘rsatkichi ostida ma’lumot oynasi paydo bo‘ladi. Ular buyruq tanlangandan keyin buyruqning keyingi ketma-ketligi to‘g‘risida axborot berib turadi.
Oddiy geometrik obyektlar primitivlar deb nomlanib, bular: kesma, ko‘pburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak, aylana, aylana yoyi, ellips, ellips yoyi kabi geometrik shakllardir. Panellardagi ayrim buyruq, uskunalar ketma- ket buyruqlar majmuasidan iborat bo‘lib, ular bevosita maxsus bo‘limlarda alohida ko‘rib chiqiladi.
“Отрезок” – Kesma tugmasi;
“Прямая” – To‘g‘ri chiziq o‘tkazish tugmasi; “Полилиния” – Xususiyatli chiziq tugmasi; “Mногоугольник – Ko‘pburchak chizish tugmasi;
“Прямоугольник” – To‘g‘ri to‘rtburchak chizish tugmasi; “Дуга” – Yoy chizish tugmasi;
“Круг” – Aylana chizish tugmasi; “Облако” – Bulut chizish tugmasi;
“Сплайн” – Lekalo egri chiziqlar chizish tugmasi; “Эллипс” – Ellips chizish tugmasi;
“Эллиптическая дуга” – Ellips yoy chizish tugmasi; “Блок” – Blok qo‘yish tugmasi;
“Создать блок” – Blok yaratish tugmasi; “Точка” – Nuqta qo‘yish tugmasi; “Штриховка” – Shtrixlash tugmasi; “Градиент” – Rang berish tugmasi; “Область” – Hudud tanlash tugmasi;
“Таблица” – Jadval tuzish tugmasi;
“Многострочнын” – Ko‘p qatorli matn yozish tugmasi.
“Отрезок” – Kesma uskunasi. Uskuna tugmasi bosilganda sichqoncha kursori kesmaning dastlabki nuqtasini tanlagandan so‘ng, keyingi nuqtaning joyini so‘raydi. Ikki nuqta tutashtirilib kesma hosil qilinadi. Bundan tashqari kesmani belgilangan uzunlikda chizish ham mumkin. Buning uchun ikkinchi nuqtaninig yo‘nalishi ko‘rsatilib sichqoncha tugmasi bosilmasdan, klaviaturadan sonli qiymat kiritiladi va “Enter” tugmasi bosiladi. Kesmani yana davom ettirish uchun sichqoncha kursori keyingi nuqtalar vaziyatini kutib turadi. Ushbu buyruqdan chiqish uchun klaviaturadan “Esc” tugmasi bosiladi.
“Прямая” – To‘g‘ri chiziq o‘tkazish uskunasi. Uskunaning tugmasi bosilganda sichqoncha ko‘rsatkichi nur o‘tkazilishi lozim bo‘lgan nuqtani so‘raydi. Nuqta tanlangach, ikkinchi yo‘naltiruvchi nuqta so‘raladi. Ikkinchi nuqta tanlangandan so‘ng yo‘nalish bo‘yicha har ikki tomonga yo‘nalgan cheksiz nur o‘tkaziladi va sichqoncha kursori birinchi tanlangan nuqtani asos qilib ikkinchi yo‘nalish nuqtaning vaziyatini so‘raydi.
Bundan tashqari, nurni bevosita gorizontal, vertikal, burchak kattaligida, bissektrisa, ma’lum uzoqlikda chizish mumkin. Buning uchun to‘g‘ri chiziq buyrug‘i tanlanganda klaviaturadagi “↓” – tugmasi bosiladi va ekranda yordamchi menyu oynasi chiqariladi (19-rasm).
19-rasm. Burchak chizish chzig‘i
Unda “Гор” – gorizontal, “Вер” – vertikal, “Угол” – burchak, “Биссект” – bissektrisa va “Отступ” – ma’lum uzoqlikda bandlari mavjud. Kerakli band sichqoncha yordamida tanlanadi.
“Угол” – burchak tanlansa, klaviatura yordamida sonli qiymat kiritiladi va “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi.
“Биссект” – bissektrisa tanlansa, sichqoncha ko‘rsatkichi bissektrisa o‘tkaziladigan burchakning uchiga keltirilib bosiladi, so‘ng burchakning har ikkala tomoni ketma-ket tanlanadi.
“Отступ” – ma’lum uzoqlikda nur o‘tkazish tanlansa dastlab, klaviaturadan uzoqlashish masofasi sonli qiymatda beriladi va “Enter” tugmasi bosiladi. Keyin to‘g‘ri chiziqli obyekt tanlanadi. Sichqoncha ko‘rsatkichi ushbu obyektning qaysi tomoni tanlanishini so‘raydi (chap yoki o‘ng, yuqori yoki pastidan va h.). Tomon sichqoncha yordamida tanlanishi bilan tanlangan obyektga parallel va belgilangan masofa uzoqligida cheksiz nur o‘tkaziladi. Buyruqdan chiqish uchun klaviaturadan “Esc” tugmasi bosiladi.
“Полилиния” – Xususiyatli chiziq uskunasi. Bu buyruq ancha murakkab xususiyatlarga ega bo‘lgan chiziqlarni chizish uchun qo‘llaniladi. Aytaylik, chiziqning yoyga o‘tib ketishi, chiziqning trapetsiyasimon qiymatlarda yo‘g‘onlashuvi yoki ingichkalashib borishi nazarda tutiladi. Qisqacha qilib aytganda, murakkab ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan xususiyatli obyekt deb qabul qiladi.
Dastlab buyruq tugmasi bosilganda “Отрезок” – kesma buyrug‘i singari ketma-ket to‘g‘ri chiziqlarni chizish mumkin. Agarda, boshlang‘ich nuqta tanlanib, so‘ngra klaviaturadagi “↓” – tugmasi bosilsa ekranga yordamchi menyu oynasi chiqariladi (20-rasm).
20-rasm. Yoy chizish chizig‘i
Ushbu yordamchi menyudan “Дуга” – yoy tanlanganda bevosita turli radiuslarga ega bo‘lgan yoylarni bajarish mumkin. Aniq qiymatlarga ega bo‘lgan yoylarni bajarish uchun esa yana klaviaturadagi “↓” – tugmasi bosiladi va yordamchi menyu chaqiriladi (21-rasm).
21-rasm. Radius chizish chizig‘i
Ushbu yordamchi menyu “Угол” – burchak, “Центр” – markaz, “Направление” – yo‘nalish, “Полуширина” – yarim enli, “Линейный” – chiziqli, “Радиус” – radius, “Вторая” – ikkinchi, “Отменить” – rad etish, Ширина” – kengligi kabi buyruqlarga ega. Ularning har biri bilan bevosita tanishib, o‘rganib boriladi.
“Многоугольник” – Ko‘pburchak chizish uskunasi. Aniq ko‘rsatkichlarga ega ko‘p burchakni chizish tartibi quyidagicha: “Многоугольник” – ko‘pburchak chizish uskunasining tugmasi bosiladi. Ekranga “Число сторон” – tomonlar soni degan axborot chiqadi. Odatda ushbu ko‘rsatkich qiymati eng kam 3 ni ko‘rsatib turadi (22-rasm).
22-rasm. Ko‘p burchak chizish chizig‘i
Klaviaturadan tomonlar soni qiymat bilan beriladi va “Enter” tugmasi bosiladi. So‘ng ko‘pburchakning markazi joylashadigan nuqta so‘raladi. Sichqoncha yordamida markaz tanlangach, ekranga “Задайте опцию размещения” – joylashtirish shartini bering degan axborot chiqadi.
“Вписанный в окружности” – doira ichida yoki “Описанный вокруг окружности” – doira tashqarisida shartlari mavjud bo‘lib, shartlardan biri tanlanadi (23-rasm). Ekranga “Радиус окружности” – aylana radiusi degan axborot chiqadi. Aylana radiusi klaviaturadan qiymat asosida kiritiladi va “Enter” tugmasi yordamida tasdiqlanadi.
rasm. Doira ichiga yoki tashqarisiga chizish chizig‘i
“Прямоугольник” – To‘g‘ri to‘rtburchak chizish uskunasi. Odatda ushbu tugma bosilganda sichqoncha ko‘rsatkichi ikkita ko‘rsatkichni – to‘g‘ri to‘rtburchakning bosh nuqtasi va diagonali bo‘yicha to‘g‘ri to‘rtburchak tugatiladigan nuqtasini belgilab berishni so‘raydi (24- rasm).
24-rasm. To‘g‘ri to‘rtburchak chizish uskunsi
To‘gri to‘rtburchakning qo‘shimcha o‘lcham ko‘rsatkichlari – faska, tutashma burchaklar asosida bajarish ham mumkin. Buning uchun uskuna tanlangandan so‘ng klaviaturadagi “↓” – tugmasi bosiladi va yordamchi menyu oynasi hosil qilinadi.
Yordamchi menyuda “Фаска” – faska, “Уровень” – nisbat, “Сопряжение” tutashma, “Высота” – balandlik, “Ширина” – eni buyruqlari mavjud.
Sichqoncha ko‘rsatkichi yordamida “Фаска” – faska bandi tanlansa, ekranda “Длина первой фаски прямоугольника” – to‘gri to‘rtburchak birinchi faskasining uzunligi degan axborot chiqadi.
Bunda klaviaturadan kerakli qiymat kiritiladi va “Enter” tugmasi bosiladi. So‘ng “Длина второй фаски прямоугольника” – to‘g‘ri to‘rtburchak ikkinchi faskasining uzunligi degan axborot chiqadi. Bunda ham kerakli qiymat klaviaturadan kiritilib, “Enter” tugmasi bosiladi. Har safar to‘g‘ri to‘rtburchakni chizishda kiritilgan ko‘rsatkichlar saqlanib, avtomatik ravishda berilgan qiymatlarga asoslangan holda to‘g‘ri to‘rtburchak chizilaveradi.
“Уровень” – nisbat bandi tanlansa biron bir obyektga nisbatan ma’lum bir balandlikda to‘g‘ri to‘rtburchak yasash nazarda tutiladi va ushbu ko‘rsatkich faoliyati uch o‘lchamli chizma yaratishda, izometriyada yaqqol ko‘rinadi. Qiymatlar klaviaturadan kiritilib, “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi.
“Сопряжение” – tutashma bandi tanlansa ekranda “Радиус сопряжения прямоугольников” – to‘g‘ri to‘rtburchak tutashma radiusi degan axborot chiqadi.
Klaviaturadan tutashma radiusi sonli qiymatda beriladi va “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi. Har safar to‘g‘ri to‘rtburchakni chizishda
kiritilgan ko‘rsatkichlar saqlanib, avtomatik ravishda berilgan qiymatlarga asoslangan holda to‘g‘ri to‘rtburchak chizilaveradi.
“Высота” – balandlik bandi tanlansa to‘g‘ri to‘rtburchakka hajm berish maqsadida uning eni va bo‘yidan tashqari balandligini berish nazarda tutiladi va ushbu parametrning faoliyati ham uch o‘lchamli chizma yaratishda, izometriyada yaqqol ko‘rinadi, aks holda ikki o‘lchamli chizmalarda ushbu ko‘rsatkich ko‘rinmaydi. Kerakli qiymat klaviaturadan kiritilib, “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi.
“Ширина” – eni bandi tanlanganda to‘g‘ri to‘rtburchakning chiziqlarining kengligi yoki qalinligi tushuniladi. Bunda kerakli qiymat klaviaturadan kiritilib, “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi.
To‘gri to‘rtburchakning aniq o‘lchamlarini, ya’ni eni va bo‘yi yoki yuza kattaligida berish uchun, “Прямоугольник” – to‘g‘ri to‘rtburchak chizish tugmasi bosilib dastlabki bosh nuqtasi tanlangandan so‘ng, ekranga “Второй угол или ↓” – ikkinchi burchak yoki “↓” – degan axborot chiqadi. Klaviaturadagi “↓” – tugmasi bosiladi va yordamchi menyu oyna paydo qilinadi.
Unda “Площадь” – yuza, “Размеры” – o‘lchamlar, “Поворот” – burilish buyruq bandlari mavjud. “Площадь” – yuza bandi tanlansa, yuza qiymati klaviaturadan kiritilib, “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi. So‘ng “Вычислять размеры прямоугольника на основе параметра” - quyidagi ko‘rsatkichlarda to‘g‘ri to‘rtburchakni hisoblash axborot oynasi chiqariladi.
Unda “Длина” – uzunlik va “Ширина” – eni buyruq bandlari mavjud. Kerakli band tanlanadi va qiymat klaviatura orqali kiritilib, “Enter” tugmasi yordamida tasdiqlanadi. Ekranda berilgan qiymat ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak hosil qilinadi.
“Размеры” – o‘lchamlar bandi tanlansa, ekranda “Длина прямоугольника” – to‘g‘ri to‘rtburchak uzunligi degan axborot chiqadi. Klaviaturadan kerakli qiymat kiritilib, “Enter” tugmasi bosilganda, keyingi ko‘rsatkich “Ширина прямоугольника” – to‘g‘ri to‘rtburchak eni so‘raladi. Unda ham kerakli qiymat klaviatura yordamida kiritilib, “Enter” tugmasi bosilganda, ekranda berilgan qiymatlar asosida to‘g‘ri
to‘rtburchak hosil qilinadi.
“Поворот” – burilish bandi tanlanganda to‘g‘ri to‘rtburchakni gradus burchak asosida chizish nazarda tutiladi. Kerakli qiymat klaviaturadan
kiritilib, “Enter” tugmasi bosiladi. Yana klaviaturadagi “↓” – tugmasi bosilib, yordamchi menyu oyna chiqiriladi. Undagi “Размеры” – o‘lchamlar bandi tanlanib, yuqorida aytib o‘tilgan tartibda to‘g‘ri to‘rtburchak chiziladi.
“Дуга” – Yoy chizish uskunasi. Ushbu uskunaning tugmasi radiusli yoylarni chizishni nazarda tutadi. Ma’lumki, yoy uchta ko‘rsatkichga ega, ya’ni yoy markazi, boshi va oxiri. Tugma bosilganda ekranga “Начальная точка дуги” или “↓” – yoyning boshlanish nuqtasi yoki “↓” – axboroti chiqadi (25-rasm).
25-rasm. Yoy chizish nuqtalari
Klaviaturadagi “↓” – tugmasi bosilsa, qo‘shimcha axborot oynasi ekranda paydo bo‘ladi. Unda bitta band “Центр” – markaz mavjud bo‘lib, dastlab yoy markazini ko‘rsatish nazarda tutiladi. Markaz bandi tanlangandan so‘ng sichqoncha ko‘rsatkichi yordamida ekranda yoy markazi belgilanadi. Yoyning boshlang‘ich nuqtasi tomon burchak yo‘nalishi ko‘rsatilgan holda radiusning qiymati klaviaturadan kiritiladi. “Enter” tugmasi bilan tasdiqlanib, yoyning tugash nuqtasi sichqoncha ko‘rsatkichi yordamida belgilanadi va yoy hosil qilinadi.
Dastlab yoyning boshlanish nuqtasi so‘ng radiusi va keyin tugash nuqtasini belgilab ham chizish mumkin. Buning uchun “Дуга” – yoy chizish uskunasining tugmasi bosilgandan so‘ng, sichqoncha ko‘rsatkichi yordamida yoyning boshlanish nuqtasi tanlanadi. Ekranda “Вторая точка дуги” или “↓” – yoyning ikkinchi nuqtasi yoki “↓” axboroti paydo bo‘ladi. Klaviaturadan “↓” – tugmasi bosilganda qo‘shimcha axborot oynasi chiqariladi. Unda ikkita band: “Центр” – markaz va “Конец” – oxiri mavjud bo‘lib, “Центр” – markaz bandi tanlanadi. Sichqoncha
ko‘rsatkichi yordamida markaz tanlanadi va yoyning tugash nuqtasi ko‘rsatiladi.
“Круг” – Aylana chizish uskunasi. Ushbu uskuna tugmasi aylanani turli ko‘rsatkichlarga asoslanib chizishni nazarda tutadi. Odatda uskuna tanlanganda aylana markazi va radiusini kirish yetarli. Tugma bosilganda ekranda “Центр круга” или “↓” – aylana markazi yoki “↓” – degan axborot chiqadi. Klaviaturadagi “↓” – tugmasi yordamida qo‘shimcha axborot oynasi chiqiriladi (26-rasm).
26-rasm. Doira markazi
Unda “3T” – 3N (3 nuqta asosida), “2T” – 2N (2 nuqta asosida) va “ККР” – UUR (urinma, urinma, radius) bandlari mavjud bo‘lib, “3T” – 3N (uch nuqta asosida) bandi tanlanganda sichqoncha ko‘rsatkichi yordamida ekranda uchta nuqta ketma-ket belgilanishi kerak. Shu uch nuqtadan o‘tuvchi bitta aylana hosil qilinadi.
“2T” – 2N (ikki nuqta asosida) bandi tanlansa, sichqoncha ko‘rsatkichi yordamida ikkita nuqta ketma-ket belgilanishi kerak. Shu ikkita nuqtadan o‘tuvchi bitta aylana hosil qilinadi. “ККР” – UUR (urinma, urinma, radius) bandi tanlansa, ikkita to‘g‘ri chiziq yoki obyekt sichqoncha ko‘rsatkichi yordamida ketma-ket tanlanadi va klaviaturadan radius qiymati kiritiladi. Aylana berilgan radius qiymatida va tanlangan obyektlarga urinma asosida hosil qilinadi.
Shuningdek aylanani diametr asosida ham hosil qilish mumkin. Buning uchun “Круг” – aylana uskunasining tugmasi tanlangandan so‘ng,
sichqoncha ko‘rsatkichi yordamida aylana markazi belgilanadi. Ekranda “Радиус круга” или “↓” – aylana radiusi yoki “↓” – axboroti chiqadi.
Klaviaturadan qiymat kiritilsa, radius qiymati deb qabul qilinadi. Agar klaviaturadagi “↓” – tugmasi bosilsa, ekranga qo‘shimcha axborot oynasi chiqariladi.
Udagi “Диаметр” – diametr bandi tanlanib, klaviaturadan qiymat kiritiladi. Ekranda belgilangan markazda kiritilgan diametr qiymati asosida aylana hosil qilinadi.
“Облако” – Bulut chizish uskunasi. Ushbu uskuna tugmasi chizmalarda izohlarni belgilash uchun qo‘llaniladi. Buyruq tugmasi tanlangandan so‘ng boshlang‘ich nuqta sichqoncha ko‘rsatkichi yordamida tanlanadi. Sichqonchani kerakli yo‘nalishlarda siljitish bilan ekranda bulutga o‘xshash uzluksiz yoylar ketma-ketligi hosil qilinadi. Harakatlar qaytib bosh nuqtaga kelganida uzluksiz yoylar hosil qilinishi tugatiladi va ushbu yoylarning barchasi bitta obyekt sifatida qabul qilinadi (27-rasm).
27-rasm. Bulut chizish chizig‘i
“Сплайн” – Lekal egri chiziqlar chizish uskunasi. Ushbu uskuna tugmasi lekalo egri chiziqlar chizishni nazarda tutadi. Uskunaning tugmasi bosilgandan so‘ng ekranda sichqoncha ko‘rsatkichi yordamida nuqtalar tanlansa, shu nuqtalardan silliq va ravon o‘tuvchi egri lekalo yoylari yasaladi. Uch marta ketma-ket “Enter” tugmasi bosilgandan so‘ng shakl saqlanib qolinadi (28-rasm).
28-rasm. Egri chiziqlar chizish chizig‘i
“Эллипс” – Ellips chizish uskunasi. Ma’lumki, ellips chizish ellipsning katta va kichik o‘qlari asosida bajariladi. Uskuna tugmasi bosilganda ekranda “Конечная точка оси эллипса” или “↓” – ellipsning oxirgi nuqtasi yoki “↓” – axboroti chiqadi. Klaviaturadan “↓” – tugmasi bosilib, qo‘shimcha axborot oynasi chiqiriladi.
Unda “Дуга” – yoy va “Центр” – markaz bandlari mavjud bo‘lib, “Дуга” – yoy bandi ellips yoy chizishni nazarda tutadi. “Центр” – markaz bandi tanlanganda, sichqoncha ko‘rsatkichi yordamida markaz belgilanadi. Sichqoncha yordamida ellips o‘qlaridan birining yo‘nalishi ko‘rsatilib klaviaturadan yarim o‘q qiymati kiritiladi va “Enter” tugmasi bosiladi. So‘ng yana klaviaturadan ikkinchi yarim o‘qning qiymatlari kiritilib, “Enter” tugmasi bosiladi. Ekranda berilgan qiymat ko‘rsatkichlari asosida ellips hosil qilinadi.
“Эллиптическая дуга” – Ellips yoy chizish uskunasi. Ushbu faol tugma funksiyasi dastlab ellipsning katta va kichik o‘qlari bo‘yicha ellips yasashni, so‘ng ellipsning ma’lum bir qismida yoy o‘tkazishni nazarda tutadi. “Эллиптическая дуга” – ellips yoy tugmasi tanlanganda ekranda “Конечная точка оси эллипса” или “↓” – ellipsning oxirgi nuqtasi yoki “↓” axboroti chiqadi. Klaviaturadan “↓” – tugmasi tanlanib qo‘shimcha axborot oynasi chiqiriladi (29-rasm).
29-rasm. Ellips chizish uskunasi
Unda “Центр” – markaz bandi mavjud bo‘lib, ushbu band tanlanganda, sichqoncha ko‘rsatkichi yordamida markaz belgilanadi. Sichqoncha yordamida ellips o‘qlaridan birining yo‘nalishi ko‘rsatilib klaviaturadan yarim o‘q qiymati kiritiladi va “Enter” tugmasi bosiladi. So‘ng yana klaviaturadan ikkinchi yarim o‘qning qiymati kiritilib, “Enter” tugmasi bosiladi. Endi yoyning bosh nuqtasi vaziyati gradus o‘lchovida klaviaturadan qiymat asosida kiritiladi, so‘ng yoyning tugash nuqtasi ham klaviaturadan qiymat asosida kiritiladi. Ekranda ellips yoyi hosil qilinadi.
|