|
Karimov nomidagi
|
bet | 3/18 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 5,27 Mb. | | #158788 |
Bog'liq autocadga yangi umumiy3D grafika va animatsiya. Vektorli grafika dasturlarida geometrik shakllar sifatida saqlanadigan obyekt va tasvirlar bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘ladi. Bu esa obyektning qatlamlari, joylashuvi va istalgan atributlarini o‘zgartirish imkonini beradi. Zamonaviy vektorli grafika dasturlarida rastrli tasvirlar bilan ishlash asboblari ham mavjud.
Uch o‘lchovli (3D) animatsiyada kadrli animatsiyaning an’anaviy usulidan foydalaniladi. Ayrim hollardagina tweening (oraliq kadrlar)ni avtomatik generatsiyalash qo‘llaniladi. Shuningdek, morfing, tasvirlarni deformatsiyalash, turli optik effektlar va ranglarning o‘zgarishlari qo‘llaniladi (2-rasm).
2-rasm. 3D grafika va animatsiya
“Autodesk” kompaniyasi uch o‘lchovli (3D) grafikaning eng mashhur va ommabopligi bilan ajralib turadi. Bu kompaniya o‘zining yuzga yaqin 2D va 3D dasturlari bilan foydalanuvchilarga xizmat qiladi.
3D modellashtirish uchun eng keng tarqalgan dasturlar: Autodesk 3ds Max, Autodesk Maya, Autodesk AutoCAD, Autodesk Fusion 360, Autodesk ArchiCAD, Google ScetchUp, KOMPAS-3D, CINEMA 4D, Zbrush, Blender.
3dx Mах. Juda mashhur dasturlardan biri bo‘lib, uning yordamida har uch o‘lchovli loyihalar yaratiladi. Dasturning imkoniyatlari juda keng, ayniqsa: sanoat dizayni, arxitektura, interyer, eksteryer, landshaft, animatsiya, video va maxsus effektlar yaratishda beqiyosdir. Albatta buning uchun dastur bilan ishlashni yaxshi bilish lozim. Tajribali mutaxassis 3ds Max yordamida loyihalarni mohirona bajarishi mumkin (3- rasm).
3-rasm. 3dx Max dasturida yumshoq mebel modeli
ArchiCAD. ArchiCAD – bu Graphisoft tomonidan yaratilgan me’morlar uchun grafik SAPR dasturiy to‘plamidir. Arxitektura va qurilish imoratlari va yechimlarini, shuningdek landshaft elementlarini, mebellarni va boshqalarni loyihalash uchun mo‘ljallangan.
Uning mohiyati shundaki, ArchiCAD dasturi binoning haqiqiy hajmli o‘lchamlarda modelini yasash qulaydir (4-rasm). Uni amalga oshirish uchun dizayner loyiha bilan ishlashning dastlabki bosqichlarida haqiqatan ham to‘liq o‘xshashlari bo‘lgan asboblar: devorlar, shiftlar, derazalar, zinapoyalar, turli xil narsalar va boshqalarni ishlatib, binoni quradi.
4-rasm. ArchiCAD dasturida uy loyihasi
|
| |