|
Karimov nomidagi
|
bet | 8/18 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 5,27 Mb. | | #158788 |
Bog'liq autocadga yangi umumiyЗеркало – Ko‘zgu uskunasi. Ushbu tahrirlash uskunasi obyektni teskari ko‘zgudagi aksini tasvirlashni nazarda tutadi (32-rasm).
32-rasm. Obyektning aks ko‘rinishi
Shuni aytib o‘tish joizki, teskari aksni tasvirlashda ma’lum bir o‘qni ko‘rsatish talab etiladi va obyekt (obyektlar) shu o‘qqa nisbatan aks tasvirlanadi. Aks tasvirlovchi o‘qning ikkita nuqtasi ko‘rsatilib, obyekt (obyektlar)ning barcha nuqtalari shu o‘qqa nisbatan qancha masofada joylashgan bo‘lsa, teskari tomonga ham shuncha masofada joylashadi. Tahrirlash ketma-ketligi:
Birinchi usul:
obyekt sichqoncha yordamida tanlanadi;
зеркало – ko‘zgu uskunasi bosiladi. Ekranga “Первая точка оси отражения:” – aks tasvirlovchi o‘qning birinchi nuqtasi, axboroti chiqariladi;
aks tasvirlovchi o‘qning birinchi nuqtasi sichqoncha ko‘rsatkichi yordamida tanlanadi. Ekranga “Вторая точка оси отражения:” – aks tasvirlovchi o‘qning ikkinchi nuqtasi axboroti chiqariladi;
aks tasvirlovchi o‘qning ikkinchi nuqtasi sichqoncha ko‘rsatkichi yordamida tanlanadi. Ekranga “Удалить исходные объекты?” “↓” “H” – dastlabki obyektlar o‘chirilsinmi? “↓” “Y” axboroti chiqadi (33-rasm).
rasm. Dastlabki obyektlarni o‘chrish
Agarda dastlabki obyektlarni o‘chirish lozim bo‘lmasa, klaviaturadan “Enter” tugmasi bosiladi. Bu bilan axborot oynadagi “H” – “нет” – yo‘q buyru‘i tasdiqlanadi. O‘chirish lozim bo‘lsa, klaviaturadagi “↓” – tugmasi bosilib, qo‘shimcha axborot oynasi chiqariladi. Unda ikkita band “Да” – ha, “Нет” – yo‘q mavjud. “Да” – ha bandi tanlansa, dastlabki obyekt o‘chirilib, aks tasvirlangan obyekt saqlanadi.
Ikkinchi usul:
“Зеркало” – ko‘zgu uskunasining tugmasi bosiladi;
obyekt sichqoncha yordamida tanlanadi;
aks tasvirlovchi o‘qning birinchi nuqtasi sichqoncha ko‘rsatkichi yordamida tanlanadi;
aks tasvirlovchi o‘qning ikkinchi nuqtasi sichqoncha ko‘rsatkichi yordamida tanlanadi;
“Да” – ha, “Нет” – yo‘q shartlaridan biri tanlanadi.
|
| |