|
Karimov nomidagi
|
bet | 11/18 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 5,27 Mb. | | #158788 |
Bog'liq autocadga yangi umumiy Qatlamlar bilan ishlash
Qatlam tushunchasi. AutoCAD dasturida muhandislik loyihalarini bajarishning qulay imkoniyatlaridan biri chizmaning har bir jarayonini qatlamlar asosida bajarishdir. Xususan, murakkab loyihalarni bosqichlarga bo‘lib, har bir bosqichni alohida qatlamga joylashtirish, chizmalarni tuzishda muhandis loyihachini chalkashliklardan holi etadi. Loyiha jarayonini esa ijod maydoniga aylantiradi.
Qatlam – bu shaffof chizma muhiti bo‘lib, unda obyektlar ma’lum bir xususiyatlarga ega bo‘ladi va boshqa qatlam muhitiga tegishli bo‘lmaydi. Qatlamlar asosida yaratilgan loyiha shaffof kalka yoki plyonka qog‘ozlarida bajarilgan chizmalarni eslatadi (45-rasm).
rasm. Qatlamlar ko‘rinishi
Ya’ni ushbu chizmalar ustma-ust joylashtirilsa, barcha chizmalar bir butun loyihani tashkil etadi (46-rasm).
rasm. Qatlamlarning ustma-ust joylanishuvi
Albatta bunday loyihaning ko‘rinishi va undagi chizmani o‘qish noqulaylik va tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin, lekin AutoCAD dasturi bunday loyihalarni bevosita tahlil eta oladi va har bir qatlamga tegishli ma’lumotlarni kompyuter xotirasida alohida saqlaydi.
Qatlamlar bilan turli amallarni bajarish mumkin:
AutoCADda har bir qatlam o‘zining shaxsiy nomiga ega va ularni biri biridan farqlash mumkin;
har bir qatlamga chiziq rangi, turi va qalinligini o‘rnatish mumkin;
har bir qatlamni ko‘rinar yoki ko‘rinmas holatga keltirish mumkin;
har bir qatlamga chop etish ko‘rsatkichlarini o‘rnatish mumkin;
har bir qatlamni qulflab, obyektlarni tahrirlashdan himoyalash mumkin.
Ushbu amallar loyihachiga keng imkoniyatlarni beradi. Ya’ni bir qatlam asosida boshqa bir qatlamni yaratish va loyihalashda xalaqit beradigan yoki qiyinlashtiradigan qatlamni vaqtincha o‘chirib qo‘yish mumkin.
|
| |