|
AMALIY MASHG‘ULOT VAZIFALARI
|
bet | 14/18 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 5,27 Mb. | | #158788 |
Bog'liq autocadga yangi umumiy
amaliy vazifa. Massiv panelidan foydalanib aylanali detal chizmasini chizish
Ranglardan, chiziqlar turlaridan va detalni uch o‘lchamga o‘tkazish. Ushbu buyruq tugmasi obyekt (obyektlar)ni siljitib ko‘paytirishni nazarda tutadi. Bunda siljish gorizontal va vertikal yo‘nalishda yoki aylanma harakat asosida bo‘lishi mumkin.
Massiv – ko‘paytirish demakdir. 1- usul: to‘rtburchak massiv yaratish. Obyekt (obyektlar) sichqoncha yordamida tanlanadi. Массив – Massiv… ko‘paytirish buyrug‘i piktogrammasi bosiladi. Ekranda “Массив” – Massiv axborot oynasi ochiladi. Oyna ikkita bo‘lim, “Выбор объектов” – Obyektlar tanlash ko‘rsatkichi, namuna oynasi va interfaol tugmalardan iborat (59-rasm).
59-rasm. Massiv orqali ko‘paytirish
Ranglardan, chiziqlar turlaridan va detalni uch o‘lchamga o‘tkazish. Buyruq tugmasi obyektlarni ranglashni nazarda tutadi. Tugma tanlanganda ekranda “Штриховка и градиент” – Shtrixlash va ranglash oynasi ochiladi. Oyna asosan uchta asosiy bo‘limlardan iborat. “Цвет” – Rang bo‘limi ikkita bandga ega bo‘lib, bular “Один цвет” – Bitta rang va “Два цвета” – ikkita rang asosida bo‘yashni nazarda tutadi (60-rasm).
60-rasm. Shtrixlash va ranglash oynasi
“Один цвет” – Bitta rang bandi bilan ishlashda kerakli rangni tanlash uchun rang oynachasidagi (...) tugmasi sichqoncha ko‘rsatkichi yordamida tanlanadi va “Выбор цвета” – Rang tanlash oynasi chaqiriladi. Unda uchta bo‘lim “Номер цветов” – Rang nomeri, “Вся палитра” – Jami ranglar majmuasi va “Альбомы цветов” – Ranglar albomi mavjud. Har uchta bo‘lim ham kerakli rangni tanlash uchun xizmat qiladi. Odatda “Вся палитра” – Jami ranglar majmuasi bo‘limi ko‘rsatib turiladi. Kerakli rangni tanlash uchun sichqoncha ko‘rsatkichini spektr ranglar ustida bosilsa, o‘ng tomonda joylashgan shkala va pastki o‘ng burchakda joylashgan to‘rtburchak namuna rangi o‘zgaradi. Shkala yuritkichini sichqoncha yordamida siljitish bilan rang tiniqligiga erishish mumkin. Rang tanlab bo‘lingach, “OK” tugmasi bosiladi.
Keyingi bosqichda “Выбор цвета” – Rang tanlash oynasi yopilib, yana “Штриховка и градиент” – Shtrixlash va ranglash oynasiga qaytamiz. “Цвет” – Rang bo‘limidagi ikkinchi oynacha bandida (<) va (>) siljitish dastaklari bo‘lib, ular yordamida soya va yorug‘lik darajasini o‘rnatish mumkin. Barcha o‘zgarishlar pastda joylashgan to‘qqizta to‘rtburchak namunalarda ko‘rsatib boriladi. Agarda “Цвет” – Rang bo‘limidagi “Два цвета” – Ikkita rang asosida bo‘yash bandi tanlansa u holda ikkinchi oynacha bandidagi (<) va (>) siljitish dastaklari o‘rniga birinchi
oynachadagi singari rang oynachasi paydo bo‘lib, uning o‘ng tomonida joylashgan (...) tugmasi sichqoncha ko‘rsatkichi yordamida tanlanib ikkinchi rangni ham yuqoridagi “Выбор цвета” – Rang tanlash oynasidagi ketma-ketlik singari o‘rnatish mumkin (61-rasm).
61-rasm. Rang tanlash oynasi
“Ориентация” – Yo‘nalganlik bo‘limi ikkita banddan iborat bo‘lib, bular “По центру” – Markazli va “Угол” – Burchak bandlaridir. “По центру” – Markaz bandidagi belgi olib tashlanib, rang, soya va yorug‘ligini burchakli berish mumkin. Burchak gradusini esa ikkinchi “Угол” – Burchak bandidagi (v) ko‘rsatkichini bosib, kerakli qiymatni tanlash bilan kiritiladi. Barcha o‘zgarishlar to‘qqizta namuna oynalarida ko‘rsatib boriladi. Keyingi etapda to‘qqizta namuna oynalaridan biri tanlanib, “Контуры” – Konturlar bo‘limiga o‘tiladi. Ushbu bo‘lim funksiyalari shtrixlash buyrug‘idan bizga ma’lum.
|
| |