|
O‘lcham va qatlam ustida ishlash O‘lcham qo‘yish uskunalari
|
bet | 10/18 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 5,27 Mb. | | #158788 |
Bog'liq autocadga yangi umumiy O‘lcham va qatlam ustida ishlash O‘lcham qo‘yish uskunalari
“Объектная привязка” – Obyektlarni bog‘lash uskunalar paneli.
Obyektlarni bog‘lash uskunalar paneli, chizish va tahrirlash uskunalar paneli buyruqlari uchun xizmat qiladi. Undagi bog‘lovchi buyruqlar obyektlarni bir biriga yuqori aniqlikda birikishini ta’minlaydi. Biron bir obyektga nisbatan chizish yoki tahrirlash amallarini bajarishda obyektga tegishli aniq bir nuqtasini tanlashga imkon beradi.
Har qanday obyektda o‘zining xususiy nuqtalari mavjud bo‘lib, ushbu nuqtalar obyektning bosh nuqtalari hisoblanadi va ular obyektning ko‘rsatkichini belgilab beradi. Ushbu bosh nuqtalarni oldindan bilish lozim. Bular:
kesma uchun uchta: boshi, o‘rtasi, oxiri;
nur chizig‘i uchun uchta: ikkita yo‘naltiruvchi va o‘rtasi;
ko‘pburchak uchun har bir yasovchiga ikkita: boshi va oxiri;
to‘g‘ri to‘rtburchak uchun har bir yasovchiga ikkita: boshi va oxiri;
yoy uchun to‘rtta: boshi, oxiri, yoy o‘rtasi va markazi;
aylana uchun beshta: to‘rtta kvadrantlari (X va Y o‘qlari bilan kesishuvi) va markazi;
bulut yasalganda har bir yoy uchun uchta: boshi, ortasi, oxiri;
splayn (lekalo egri chiziqlari) uchun har bir burilishda bitta;
ellips uchun beshta: to‘rtta kvadrantlari (X va Y o‘qlari bilan kesishuvi) va markazi;
ellips yoyi uchun to‘rtta: boshi, oxiri, yoy o‘rtasi va markazi;
ko‘p qatorli matn uchun matn chegarasi bo‘ylab to‘rtta.
Obyekt bog‘lovchisi panelining afzallik tomoni shundaki, murakkab turdagi chizmalarni chizish va tahrirlashda obyektlar majmuasidagi kerakli nuqtani topishga ko‘maklashadi. Biron bir chiziqqa perpendikular yoki parallel chiziq o‘tkazishda qo‘shimcha harakat va burchaklarni
aniqlashdan holi etadi.
“Точка отслеживания” – Kuzatish nuqtasining bog‘ lovchisi; “Смещение” – Ko‘chirish bog‘lovchisi;
“Конточка” – Chekka nuqtalarning bog‘lovchisi; “Середина” – O‘rta nuqtaning bog‘lovchisi;
“Пересечение” – Kesishuv nuqtasining bog‘lovchisi;
“Кажущееся пересечение” – Taxminiy kesishuv bog‘lovchisi; “Продолжение линии” – Chiziq davomini bog‘lovchisi; “Центр” – Markaz bog‘lovchisi;
“Квадрант” – Kvadrat bog‘lovchi;
“Касательная” – Urinmani bog‘lovchisi; “Нормаль” – Perpendikular bog‘lovchi; “Параллельно” – Parallel bog‘lovchi;
“Точка вставки” – Qo‘yish nuqtasi bog‘lovchisi; “Узел” – Nuqta bog‘lovchisi;
“Ближайшая” – Yaqin nuqta bog‘lovchisi; “Ничего” – Hech narsa;
“Режим привязки” – Bog‘lash rejimi.
Ushbu panel buyruqlari faoliyat ko‘rsatishi uchun ekranda obyekt (obyektlar) mavjud va chizish yoki tahrirlash panelidan biron bir buyruq tanlangan bo‘lishi lozim. Chizish yoki tahrirlash panelidagi biron bir buyruq tanlangandan so‘ng obyekt bog‘lovchisi panelidagi buyruqlarga murojaat etish mumkin. Barcha bog‘lovchi buyruqlarni qo‘llash tartibi bir xil bo‘lganligi uchun har bir bog‘lovchi xususiyatiga to‘xtalmasdan, ularni qo‘llanishini umumiy misollarda ko‘rib o‘tamiz va ayrimlari batafsil yoritiladi.
Paneldagi bog‘lovchi buyruqlarni qo‘llashdan oldin, dastlab ularni ko‘rsatgichlarini o‘rnatib olish lozim. Ushbu ko‘rsatgichlar bir marta o‘rnatilsa, har safar AutoCAD dasturini ishga tushirganda ko‘rsatgichlar saqlanib qoladi. Ko‘rsatgichlar obyekt bog‘lovchisi panelidagi “Режим привязки” bog‘lanish rejimlari buyrug‘i bilan kiritiladi.
“Режим привязки” Bog‘lash rajimlari. Buyruq tugmasi bog‘lanish rejimi va ko‘rsatkichlarining o‘rnatilishini nazarda tutadi. Tugma bosilganda ekranga “Режимы рисования” – chizish rejimlari oynasi chiqariladi (44-rasm).
rasm. Bog‘lanish rejimlari
Bular “Шаг и сетка” – qadam va to‘r (setka). “Отслеживание” – kuzatish.
“Объектная привязка” – obyekt bog‘lovchisi. “Динамический ввод” – dinamik kiritish.
Muloqot oynasiga kirilganda, “Объектная привязка” – obyekt bog‘lovchisi bo‘limi tanlangan bo‘ladi. Ushbu bo‘lim “Режимы объектной привязки” – obyekt bog‘lovchisi rejimlari bo‘limidan va quyidagi bandlardan iborat:
“Объектная привязка Вкл” (F3) – obyekt bog‘lovchisi yoqilgan (F3). Bu band tanlansa undagi (V) belgi o‘rnatilishi yoki olib tashlanishi mumkin.
Chizish yoki tahrirlash vaqtida “F3” klavishasi orqali obyekt bog‘lovchisi rejimini yoqish yoki o‘chirib qo‘yish mumkin.
“Объектное отслеживание Вкл” (A11) – obyekt kuzatuvchisi yoqilgan (F11). Bu band tanlansa undagi (V) belgi o‘rnatilishi yoki olib tashlanishi mumkin. Chizish yoki tahrirlash vaqtida “F11” klavishasi orqali obyekt kuzatuvchisi rejimini yoqish yoki o‘chirib qo‘yish mumkin. “Режимы объектной привязки” – obyekt bog‘lovchisi rejimi bo‘limi 13 ta variantdagi bog‘lovchilarni yoqish yoki o‘chirishni amalga oshiradi. Har bir band tanlanib, undagi (V) belgi orqali yoqilishi yoki o‘chirilishi mumkin.
“Выбрать все” – barchasini tanlash, “Очистить все” – barchasini tozalash interfaol tugmalari orqali tezkor tanlash yoki rad etish amalga oshiriladi.
“Отслеживание” – kuzatish bo‘limi, kuzatuvchi o‘qlarning burchak
kattaliklarini kiritadi. Ish jarayoni uchun X va Y o‘qlaridan tashqari yana qo‘shimcha burchak qiymatiga ega o‘qlar bilan ham ishlashga to‘g‘ri keladi.
Ushbu ko‘rsatkichlar “Полярные углы” – qutb burchaklari bo‘limida o‘rnatiladi. “Шаг углов” – burchaklar qadamini, berilgan qiymatda qutb o‘qlarining takrorlanib turishini bildiradi.
“Дополнительные углы” – qo‘shimcha burchaklar bandi esa takrorlanmaydigan o‘qlar qiymatini kiritadi. Ushbu band tanlanganda (V) belgisi o‘rnatiladi va “Новый” – yangi, interfaol tugmasi orqali kerakli burchak qiymatlari o‘rnatiladi.
“Динамический ввод” – dinamik kiritish bo‘limi, asosan ekrandagi axborotlar ko‘rinishi haqida ma’lumot beradi.
Obyektlarni bog‘lash uskunalar panelidagi “Режимы привязки” – bog‘lanish rejimlari va “Ничего” tugmalaridan boshqa barcha bog‘lanish buyruqlari tanlanganda, barcha bog‘lovchi buyruqlar bog‘lanish rejimlaridagi barcha bog‘lanish variantlari tanlangan bo‘lsa ham vaqtincha faoliyatsiz holga keladi va faqat tanlangan bog‘lanish buyrug‘i faollashadi. “Размеры” – O‘lcham qo‘yish uskunalar paneli. Ushbu uskunalar
paneli chizmalarga o‘lcham qo‘yishda qo‘llaniladi. “Линейный” – To‘g‘ri o‘lcham; “Параллельный” – Parallel o‘lcham; “Длина дуги” – Yoy uzunligi;
“Ординатный” – Ordinata o‘lchovi; “Радиус” – Radius o‘lchovi;
“С изломом” – Siniq chiziqli radius o‘lchovi; “Диаметр” – Diametr o‘lchovi;
“Угловой” – Burchaк o‘lchovi;
“Быстрый размер” – Tez o‘lcham; “Базовый” – Bazaviy o‘lcham;
“Продолжить” – Davomli o‘lcham; “Быстрая выноска” – Chiqarish ko‘rsatkichi; “Допуск” – Dopusk o‘rnatish;
“Маркер центра” – Markaz belgisi; “Редактировать размер” – O‘lchamni tahrirlash; “Редактировать текст” – Matnni tahrirlash; “Обновить размер” – O‘lchamni yangilash; “Pазмерные стили” – O‘lcham uslublari.
O‘lchamlar qo‘yish asosan obyekt chegara nuqtalarini tanlash asosida
amalga oshiriladi. Misol uchun kesma uzunligining o‘lchamini chiqarish uchun “Линейный” – to‘g‘ri o‘lcham yoki “Параллельный” – parallel o‘lcham uskunalari tanlanib, kesmaning boshi va oxiri sichqoncha yordamida tanlanadi. Dastur o‘lcham chizig‘ini, chiqarish elementlarini, strelkalarni va o‘lcham qiymatini avtomatik tarzda o‘zi yasaydi. Bunda o‘lcham chizig‘ini obyektdan qancha masofa uzoqlikda qo‘yishni foydalanuvchi o‘zi ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.
Aylana, yoy va burchaklarni o‘lchashda esa obyektlarning o‘zini tanlash kifoya. Ya’ni aylana radiusi yoki diametriga tegishli buyruq tugmasi tanlangandan so‘ng aylana yoyi sichqoncha yordamida tanlansa, o‘lcham chizig‘i, strelkalar, radius yoki diametr belgisi va qiymat avtomatik tarzda yaratiladi. Foydalanuvchi faqat o‘lchamning chizmada joylashuvini ko‘rsatadi.
Burchak o‘lchamini chiqarishda burchak tugmasi bosilib, burchak hosil qilgan ikkita chiziq ketma-ket sichqoncha yordamida tanlansa, yuqoridagi keltirilgan misollar singari burchak o‘lchamiga tegishli barcha elementlar avtomatik tarzda namoyon bo‘ladi. Foydalanuvchi tomonidan o‘lcham chizig‘ ining ekrandagi vaziyati ko‘rsatiladi.
|
| |