|
Karimov nomidagi
|
bet | 7/18 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 5,27 Mb. | | #158788 |
Bog'liq autocadga yangi umumiy
“Редактирование” – Tahrirlash uskunalar paneli.
Tahrirlash – bu o‘zgartirish demakdir. Tahrirlash uskunalar paneli asosan yaratilgan obyektlarga o‘zgartirishlar kiritishda qo‘llanadi.
Стереть – O‘сhirish buyrug‘i;
Копировать – Nusxa olish buyrug‘i Зеркало – Oyna buyrug‘i;
Подобие – O‘xshatish buyrug‘i; Массив – Massiv ko‘paytirisli buyrug‘i; Перенести – Ko‘chirish buyrug‘i; Повернуть – Burish buyrug‘i; Масштаб – Masshtab buyrug‘i; Растянугь – Cho‘zish buyrug‘i;
Обрезать – Qirqish buyrug‘i; Удлинить – Uzaytirish buyrug‘i;
Разорвать в точке – Bir nuqtada uzish buyrug‘i; Paзорвать – Uzish buyrug‘i;
Соединить – Tutashtirish buyrug‘i; Фаска – Faska berish buyrug‘i;
Сопряжение – Tutashma berish buyrug‘i; Расчленить – Qismlarga bo‘lish buyrug‘i.
Стереть – O‘chirish uskunasi. Ushbu uskuna tugmasi tanlangan obyektni o‘chirishni nazarda tutadi. Tahrirlash ketma-ketligi:
Birinchi usul:
obyekt sichqoncha yordamida tanlanadi;
“Стереть” – o‘chirish uskunasining tugmasi bosiladi. Ikkinchi usul:
“Стереть” – o‘chirish uskunasining tugmasi bosiladi. Sichqonchaning ko‘rsatkichi obyekt tanlash rejimiga o‘tadi va “Выберите объекты:” – obyektlarni tanlang: axboroti chiqadi;
obyekt sichqoncha yordamida tanlanadi;
sichqonchaning o‘ng tugmasi bosiladi yoki klaviaturadan “Enter” tugmasi bosiladi.
Uchinchi usul:
obyekt sichqoncha yordamida tanlanadi;
klaviaturadan “Delete” tugmasi bosiladi.
Копировать – Nusxa olish uskunasi. Ushbu uskuna tugmasi obyektlardan nusxa ko‘chirish va ularni ko‘paytirishni nazarda tutadi. Tahrirlash ketma-ketligi:
Birinchi usul:
obyekt sichqoncha yordamida tanlanadi;
“Копировать” – nusxa olish buyrug‘i uskunasining tugmasi bosiladi. Ekranga “Базовая точка” или “↓” - bazaviy nuqta yoki “↓” degan axborot chiqadi (30-rasm).
30-rasm. Bazaviy nuqta
Obyektning biror nuqtasi sichqoncha yordamida tanlansa, shu nuqta nusxa olingan obyektni ko‘chirish uchun asos qilib olinadi. Bu usul nusxa olingan obyektni aniq bir nuqtasi asosida ko‘p nusxada ko‘chirishni nazarda tutadi. Agarda “Базовая точка” или “↓” – bazaviy nuqta yoki “↓”
axboroti chiqqanda klaviaturadagi “↓” – tugmasi bosilib, qo‘shimcha axborot menyusi chiqirilsa, unda bitta band – “Перемещение” – ko‘chirish mavjud.
Bu band obyekt (obyektlarni) ma’lum bir yo‘nalishda, ma’lum bir masofada nusxa olib ko‘chirishni nazarda tutadi. Ushbu band “Enter” tugmasi yoki sichqoncha ko‘rsatkichi yordamida tanlanadi. Yonalish burchak asosida sichqoncha ko‘rsatkichini surish bilan, masofa esa klaviaturadan qiymat berish asosida kiritiladi va “Enter” tugmasi bilan tasdiqlanadi.
Ikkinchi usul:
“Копировать” – nusxa olish buyrug‘i tanlanadi. Sichqonchaning ko‘rsatkichi obyekt tanlash rejimiga o‘tadi va “Выберите объекты:” – obyektlarni tanlang: axborotini beradi;
obyekt sichqoncha yordamida tanlanadi;
sichqonchaning o‘ng tugmasi bosiladi yoki klaviaturadan “Enter” tugmasi bosiladi;
ekranga “Базовая точка” или “↓” – bazaviy nuqta yoki “↓” degan axborot chiqadi. Birinchi usuldagi kabi amallar ketma-ketligi bajariladi.
Uchinchi usul:
obyekt sichqoncha yordamida tanlanadi;
sichqonchaning o‘ng tugmasi yordamida kontekst menyu paydo qilinadi (31-rasm).
rasm. Bazaviy nuqta bo‘yicha nusxa ko‘chrish
Kontekst menyudan kerakli band “Копировать” yoki “Копировать с базовой точкой” tanlanadi. “Копировать с базовой точкой” bandi tanlansa, bazaviy nuqta ko‘rsatilishi shart.
sichqonchaning o‘ng tugmasi yordamida yana kontekst menyu chiqiriladi;
undagi “Вставить” yoki “Вставить как блок” bandlaridagi
shartlardan biri tanlanadi va obyekt sichqonchaning chap tugmasi yordamida o‘rnatiladi.
|
| |