• Массив” – Massiv ko‘paytirish uskunasi.
  • Перенести” – Ko‘chirish uskunasi.
  • Повернуть” – Burish uskunasi.
  • Масштаб” – Masshtab uskunasi.
  • Растянуть” – Cho‘zish uskunasi.
  • Обрезать” – Qirqish uskunasi.
  • Удлинить” – Uzaytirish uskunasi.
  • Разорвать в точке” – nuqtada uzish uskunasi.
  • Разорвать” – Uzish uskunasi.
  • Соединить” – Tutashtirish uskunasi.
  • Фаска” – Faska uskunasi.
  • Сопряжение” – Tutashtirish uskunasi.
  • Расчленить” – Qismlarga ajratish uskunasi.
  • Karimov nomidagi




    Download 5,27 Mb.
    bet9/18
    Sana19.02.2024
    Hajmi5,27 Mb.
    #158788
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
    Bog'liq
    autocadga yangi umumiy

    ПодобиеO‘xshatish uskunasi. Ushbu uskuna tugmasi obyekt perimetri bo‘ylab shu obyektga mos, berilgan masofada o‘xshash obyektni yaratishni nazarda tutadi.
    Bu buyruq bajarilganda, agar obyekt yopiq hududdan iborat bo‘lsa, o‘xshash obyekt dastlabki obyektdan perimetri bo‘yicha yoki katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. Bu buyruqni bajarish tanlangan shartga bog‘liq. Agarda obyekt faqat to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘lsa, u holda hosil qilingan obyekt dastlabki obyektga parallel bo‘ladi. Tahrirlash ketma-ketligi:
    Birinchi usul:

    1. “Подобие” – o‘xshatish uskunasi tanlanadi. Ekranga “Укажити растояние смещения” или “↓” - siljish masofasini ko‘rsating yoki “↓” axboroti chiqadi;

    2. klaviaturadan kerakli siljish qiymati kiritilib, “Enter” tugmasi bilan tasdiqlansa, siljish masofasi sifatida qabul qilinadi;

    3. sichqonchaning ko‘rsatkichi obyekt tanlash rejimiga o‘tadi. Ekranga “Выберите объект для смещения” или “↓”– siljish obyektini tanlang yoki “↓” axboroti chiqadi;

    4. obyekt sichqoncha yordamida tanlanadi. Ekranga “Укажите точку, определяющую сторону смещения” или “↓” – siljish tomon nuqtasini ko‘rsating yoki “↓” axboroti chiqadi.

    Klaviaturadan “↓” – tugmasi bosilib, yordamchi menyu chiqiriladi. Unda uchta band mavjud bo‘lib, bular: “Выход” – chiqish, “Несколько” – bir nechta, “Отменить” – rad etish.
    “Выход” – chiqish, buyruq bajarilishini tugallaydi. “Несколько” – bir
    nechta siljish masofasi bo‘yicha tanlanadigan obyektga nisbatan bir nechta o‘xshash obyektni yaratishni nazarda tutadi. “Отменить” – rad etish, so‘nggi o‘rnatilgan o‘xshash obyektni rad etadi va buyruqni davom ettiradi.
    Obyekt tashqi yoki ichki (yuqori yoki quyi, o‘ng yoki chap) tominidagi ixtiyoriy nuqta sichqoncha yordamida tanlanadi. Siljish obyekti hosil qilinadi. Yana ekranga “Выберите объект для смещения или ↓” – siljish obyektini tanlang yoki “↓” axboroti chiqadi. Agarda klaviaturadan “↓” – tugmasi bosilsa, yordamchi menyu chiqiriladi. Unda ikkita band “Выход”

    • chiqish, “Отменить” – rad etish mavjud. “Выход” – chiqish, buyruq bajarilishini tugallaydi. “Отменить” – rad etish, bajarilgan amalni rad etadi, ammo buyruqdan chiqmaydi va boshqa obyektni tanlab tahrirlashga imkon beradi. Amal bajarilgandan so‘ng klaviaturadagi “Enter” yoki “Esc” tugmalari orqali ham buyruqni tugatish mumkin.

    Ikkinchi usul:

    1. “Подобие” – o‘xshatish uskunasi tanlanadi. Ekranga “Укажите растояние смещения” или “↓” – siljish masofasini ko‘rsating yoki “↓” axboroti chiqadi;

    Klaviaturadagi “↓” – tugmasi yordamida qo‘shimcha menyu chiqiriladi. Unda uchta band “Через” – orqali, “Удалить” – o‘chirish, “Слой” – qatlam bandlari mavjud;
    “Через” – orqali bandi tanlansa, ekrandagi siljish nuqtasi sichqoncha yordamida ko‘rsatilishi talab etiladi;
    “Удалить” – o‘chirish bandi tanlansa, o‘xshatish obyekti saqlanib dastlabki obyekt o‘chiriladi;
    “Слой” – qatlam bandi qatlamlar bilan ishlashda o‘xshash obyektlarning holatini belgilaydi: (Joriy / Manba).

    1. tanlangan band asosida axborot chiqariladi. Sichqoncha ko‘rsatkichi obyekt tanlash rejimiga o‘tadi. Ekranga “Выберите объект для смещения” или “↓” siljish obyektini tanlang yoki “↓” axboroti chiqadi;

    2. obyekt sichqoncha yordamida tanlanadi.

    Obyekt tashqi yoki ichki (yuqori yoki quyi, o‘ng yoki chap) tomonidagi ixtiyoriy nuqta sichqoncha yordamida tanlanadi.
    Массив” Massiv ko‘paytirish uskunasi. Ushbu uskuna tugmasi obyekt (obyektlar)ni siljitib ko‘paytirishni nazarda tutadi. Bunda siljish gorizontal va vertikal yo‘nalishda yoki aylanma harakat asosida bo‘lishi mumkin. Massiv – ko‘paytirishdir (34-rasm).




                1. rasm. Ko‘paytirish uskunasi Ko‘paytirish 3 turi mavjud (35-rasm).

                  1. rasm. Ko‘paytirish turlari Tahrirlash ketma-ketligi:

    Birinchi usul: To‘rtburchak massiv yaratish.

    1. obyekt (obyektlar) sichqoncha yordamida tanlanadi;

    2. “Массив” – massiv ko‘paytirish uskunasinin tugmasi bosiladi. Ekranda “Массив” – massiv axborot oynasi ochiladi. Oyna ikkita bo‘lim, “Выбор объектов” – obyektlarni tanlash tugmasi, namuna oynasi va interfaol tugmalardan iborat.

    Birinchi bo‘limda massivning asosiy ko‘rsatkichlari “Рядов:” – qatorlari: “Столбцов:” – ustunlari bandlari bo‘lib, muloqot oynachalari sichqoncha yordamida tanlanib, kerakli qiymat kiritiladi.
    Ikkinchi bo‘limda esa “Между рядами:” – qatorlar orasi, “Между столбцами:” – ustunlar orasi va “Угол поворота:” – burilish burchagi
    bandlari mavjud. Ushbu bandlardagi muloqot oynachalariga ham kerakli qiymat kiritiladi.
    Barcha ko‘rsatkichlar o‘rnatib bo‘lingandan so‘ng, interfaol tugmalarga o‘tiladi.
    “OK” – amallarni tasdiqlaydi va massivni hosil qiladi. “Отмена” – rad etish.
    “Просмотр” – namoyish (oldindan ko‘rish). Ushbu tugma tanlanganda hosil qilingan massiv namoyish etiladi va “Массив” axborot oynasi ochiladi.
    Unda “Принять” – qabul qilish, “Изменить” – o‘zgartirish va “Отмена” – rad etish, interfaol tugmalari mavjud. Kerakli buyruq tanlanadi.
    Ikkinchi usul: Aylanma massiv yaratish.

    1. obyekt (obyektlar) sichqoncha yordamida tanlanadi;

    2. “Массив” – massiv ko‘paytirish uskunasi tanlanadi. Ekranda “Массив” axborot oynasi ochiladi;

    3. oynadagi ikkinchi “Круговой массив” – aylanma massiv, doira bo‘lim tugmasi tanlanadi;

    “Выбор объектов” – obyektlar tanlash ko‘rsatkichi.

    1. “Центр” – markaz bandi va ko‘rsatkichi. X va Y o‘qlari bo‘yicha koordinata qiymatlari kiritilishini nazarda tutadi yoki ko‘rsatkich tugmasi tanlansa, oyna vaqtincha yopilib, ekranda aylantirish markazi sichqoncha yordamida tanlanadi.

    “Способ построения:” – yasash usuli, bandining ko‘rsatkich oynasida “Число построения и Угол заполнения” – yasashlar soni va to‘ldirish burchagi degan yozuv ko‘rinib turadi. Ko‘rsatkich oynanig o‘ng tomonida

    1. ko‘rsatkichi mavjud bo‘lib, u yordamida boshqa yasash usulini tanlash mumkin.

    Ko‘rsatkich tanlanganda, qo‘shimcha ikkita usul borligi ko‘rinadi. Bular: “Число элементов и Угол между элементами” – elementlar soni va ular orasidagi burchak bandi va “Угол заполнения и Угол между элементами” – to‘ldirish burchagi va elementlar orasidagi burchak.
    Shu bandlar talablariga mos ravishda quyidagi qiymat kiritish oynachalari faollashadi:
    “Число элементов:” – elementlar soni. “Угол заполнения:” – to‘ldirish burchagi.
    “Угол между элементами:” – elementlar orasidagi burchak.
    To‘ldirish burchagi va elementlar orasidagi burchak oynachalari qiymat asosida kiritishdan tashqari ko‘rsatkich tugmalarga ham egaki, ular
    yordamida qiymat kiritilmasdan bevosita sichqoncha yordamida ekrandan kerakli burchak nuqtasi tanlanishi mumkin va u qiymat sifatida qabul qilinadi.

      1. yasash usuli bandining tanlangan sharti asosida kerakli qiymatlar kiritiladi;

      2. “Поворачивать элементы массива” – massiv elementlarini burish bandi tanlansa, belgi olib tashlanadi. Takroran ushbu band tanlansa, belgi qaytib o‘rnatiladi. Bu band massiv elementlarini markaziy o‘qqa nisbatan burishni nazarda tutadi;

      3. barcha amallar “OK” tugmasi bilan tasdiqlanishi yoki “Просмотр” – namoyish etish tugmasi orqali ko‘rib chiqilishi mumkin.

    Перенести”Ko‘chirish uskunasi. Ushbu uskuna tugmasi obyektlarning tuzilishini o‘zgartirmasdan bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko‘chirishni nazarda tutadi. Tahrirlash ketma-ketligi:
    Birinchi usul:

    1. obyekt (obyektlar) sichqoncha yordamida tanlanadi;

    2. tahrirlash panelidagi “Перенести” – ko‘chirish uskunasi tanlanadi. Ekranga “Базовая точка” или “↓” – bazaviy nuqta yoki “↓” axboroti chiqariladi;

    3. sichqoncha yordamida obyekt (obyektlar)ning biron bir nuqtasi ko‘chirish uchun asos qilib tanlanadi;

    4. Tanlangan nuqta asosida obyekt boshqa nuqtaga ko‘chiriladi va sichqoncha yordamida o‘rnatiladi.

    Ikkinchi usul:

    1. tahrirlash panelidagi “Перенести” – ko‘chirish uskunasi tanlanadi. Sichqonchaning ko‘rsatgichi obyekt tanlash rejimiga o‘tadi;

    2. obyekt (obyektlar) sichqoncha yordamida tanlanadi va “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi. Ekranga “Базовая точка” или “↓”– bazaviy nuqta yoki “↓” axboroti chiqariladi;

    3. sichqoncha yordamida obyekt (obyektlar)ning biron bir nuqtasi ko‘chirish uchun asos qilib tanlanadi;

    4. tanlangan nuqta asosida obyekt boshqa nuqtaga ko‘chiriladi va sichqoncha yordamida o‘rnatiladi.

    Повернуть”Burish uskunasi. Ushbu tahrirlash uskunasining tugmasi obyektlarni biron bir o‘q atrofida burishni nazarda tutadi. Tahrirlash ketma-ketligi:

    1. obyekt (obyektlar) sichqoncha yordamida tanlanadi;

    2. tahrirlash panelidagi “Повернуть” – burish uskunasi tanlanadi. Ekranga “Базовая точка” или “↓”– bazaviy nuqta yoki “↓” axboroti

    chiqariladi;

    1. sichqoncha yordamida obyekt (obyektlar)ning biron bir nuqtasi ko‘chirish uchun asos qilib tanlanadi. Ya’ni shu nuqta atrofida burish nazarda tutiladi. Ekranga “Угол поворота” или “↓” – burish burchagi yoki “↓” axboroti chiqariladi.

    Klaviaturadan biron bir qiymat kiritilb “Enter” tugmasi bilan tasdiqlansa, burish burchagi sifatida qabul qilinadi va obyekt (obyektlar) burib ko‘chiriladi. Agarda qiymat kiritilmasdan klaviaturadagi “↓” – tugmasi tanlansa, qo‘shimcha axborot menyusi ochiladi. Unda “Копия” – nusxa va “Опорный угол” – tayanch burchak bandlari mavjud.
    “Копия” – nusxa bandi tanlansa, yana “Угол поворота или ↓” – burish burchagi yoki “↓” axboroti chiqariladi. Endi klaviaturadan biron bir qiymat kiritilib “Enter” tugmasi bilan tasdiqlansa, burish burchagi sifatida qabul qilinadi va obyekt (obyektlar) burib ko‘chiriladi. Bunda dastlabki obyekt (obyektlar) saqlanib qolinadi.
    “Опорный угол” – tayanch burchak bandi tanlansa, klaviaturadan tayanch burchagining qiymati kiritilishi va “Enter” tugmasi bilan tasdiqlanishi lozim. So‘ng shu tayanch burchakga nisbatan yangi burchak qiymati kiritiladi va u ham “Enter” tugmasi bilan tasdiqlanadi. Obyekt (obyektlar) tanlangan bazaviy nuqta – o‘q atrofida buriladi.
    Масштаб” Masshtab uskunasi. Tahrirlash uskunasi obyektlarni masshtab asosida kattalashtirish yoki kichraytirishni nazarda tutadi (36- rasm).





                  1. rasm. Masshtab uskunasi

    AutoCAD dasturi obyekt (obyektlar) o‘lchamlarini katta yoki kichiklashtirishda ma’lum bir koeffitsiyentga ko‘paytirishni hisobga oladi. Agarda koeffitsiyent 1 dan katta bo‘lsa, kattalashadi. 0 va 1 qiymati
    orasida bo‘lsa kichiklashadi. Tahrirlash ketma-ketligi:
    Birinchi usul:

    1. obyekt (obyektlar) sichqoncha yordamida tanlanadi;

    2. tahrirlash panelidagi “Масштаб” uskunasi tanlanadi. Ekranga “Базовая точка” – bazaviy nuqta axboroti chiqadi;

    3. ekranda asosiy nuqta baza sifatida tanlanadi. Ekranga “Масштаб” или “↓” – masshtab yoki “↓” axboroti chiqadi;

    4. klaviaturadan qiymat kiritilib, “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi. Natijada, masshtab bajariladi;

    Ikkinchi usul:

    1. obyekt (obyektlar) sichqoncha yordamida tanlanadi;

    2. tahrirlash panelidagi “Масштаб” uskunasi tanlanadi. Ekranga “Базовая точка” – bazaviy nuqta axboroti chiqadi;

    3. ekranda asosiy nuqta baza sifatida tanlanadi. Ekranga “Масштаб” или “↓” masshtab yoki “↓” axboroti chiqadi.

    Klaviaturadan “↓” – tugmasi tanlanib, qo‘shimcha menyu paydo qilinadi. Unda “Копия” – nusxa va “Опорный отрезок” – tayanch kesma bandlari mavjud.
    “Копия” – nusxa bandi masshtab amalga oshirilgandan so‘ng dastlabki obyekt (obyektlar)ni saqlab qolishni nazarda tutadi. Ushbu band tanlangandan so‘ng qiymat kiritilishi mumkin.
    “Опорный отрезок” – tayanch kesma bandi tanlansa, biron bir kesma uzunligida masshtab bajarilishi nazarda tutiladi va ushbu kesma nuqtalari ko‘rsatilishi talab etiladi.
    Растянуть”Cho‘zish uskunasi. Ushbu uskuna obyektlarni cho‘zish yoki qisqartirishni bajaradi (37-rasm).



                  1. rasm. Obyektni cho‘zish Tahrirlash ketma-ketligi:

    1. obyekt (obyektlar) sichqoncha yordamida yashil dinamik ramka asosida tanlanadi. Bunda ramka hududiga to‘liq kirgan obyektlar

    cho‘zilmasdan to‘liq ko‘chirilishi, ramka hududiga yarimi kiritilgan obyektlar esa cho‘zilishini e’tiborga olinishi kerak;

    1. tahrirlash panelidagi “Растянуть” – cho‘zish uskunasi tanlanadi. Ekranga “Базовая точка” – bazaviy nuqta axboroti chiqadi;

    2. ekranda asosiy nuqta baza sifatida tanlanadi;

    3. bazaviy nuqtaga asosan sichqoncha yordamida ikkinchi nuqtaga siljish amalga oshiriladi. Obyektlar cho‘ziladi yoki qisqaradi.

    Обрезать” Qirqish uskunasi. Ushbu uskuna obyekt yoki obyektlarning ma’lum bir qismini qirqib oladi (38- rasm).



                  1. rasm. Qirqish uskunasi

    Obyektlar to‘g‘ri chiziq boyicha kesilishi talab etilsa, dastlab ushbu kesuvchi chiziq obyektlar ustidan o‘tkazilishi lozim
    Tahrirlash ketma-ketligi:

    1. kesuvchi obyekt yoki to‘g‘ri chiziq tanlanadi;

    2. tahrirlash panelidan “Обрезать” – qirqish uskunasi tanlanadi. Sichqoncha ko‘rsatkichi obyektlarni tanlash rejimiga o‘tadi;

    3. obyektlarning qirqiladigan qismlari sichqoncha yordamida tanlab chiqiladi.

    Удлинить” Uzaytirish uskunasi. Uzaytirish uskunasi obyekt yoki obyektlarni boshqa bir chegara obyekt yoki obyektlargacha uzaytirishni amal oshiradi. Ushbu buyruq asosida kesma, aylana va ellips yoylarini uzaytirish mumkin (39-rasm).




                  1. rasm. Uzaytirish uskunasi

    Tahrirlash ketma-ketligi:

    1. uzaytiruvchi chegara obyekt yoki to‘g‘ri chiziq tanlanadi;

    2. tahrirlash panelidan “Удлинить” – uzaytirish uskunasi tanlanadi. Sichqoncha ko‘rsatkichi obyektlarni tanlash rejimiga o‘tadi;

    3. uzaytiriladigan obyektlar sichqoncha yordamida tanlab chiqiladi.

    Разорвать в точке” nuqtada uzish uskunasi. Ushbu tahrirlash Buyrug‘i obyektni bitta nuqtada uzib, ikkita obyekt hosil qiladi. Tahrirlash buyrug‘i aylana va ellipslardan boshqa barcha obyektlarni ikkita obyektga ajrata oladi. Tahrirlash ketma-ketligi:

    1. tahrirlash panelidagi “Разорвать в точке” – nuqtada uzish uskunasi tanlanadi. Sichqoncha ko‘rsatkichi obyektlarni tanlash rejimiga o‘tadi. Uziladigan obyekt sichqoncha yordamida tanlanadi;

    2. sichqonchaning ko‘rsatgichi yordamida obyektning uzilish nuqtasi tanlanadi;

    Разорвать” Uzish uskunasi. Uskuna obyektda uzilish hosil qiladi. Ya’ni ikkita nuqtada uzib oraliq obyektni olib tashlaydi. Ushbu tahrirlash uskunasi barcha obyektlarda uzilish hosil qila oladi. Tahrirlash ketma- ketligi:

    1. tahrirlash panelidagi “Разорвать” – uzish uskunasi tanlanadi. Sichqoncha ko‘rsatkichi obyektlarni tanlash rejimiga o‘tadi;

    2. obyektdagi uzilish hosil qilinadigan birinchi nuqta tanlanadi;

    3. obyektdagi uzilish hosil qilinadigan ikkinchi nuqta tanlanadi.

    Соединить”Tutashtirish uskunasi. Tahrirlash uskunasining xususiyatlari o‘zaro mos obyektlarni bitta obyektga aylantirishni amalga oshiradi. Ya’ni obyektlar majmuasi tutashtirilib, bitta obyekt deb qabul qilinadi. Bir nurda yotgan kesmalarni, bir markaz va radiusga ega bo‘lgan aylana yoylarini yoki ellips yoylarini, bir nuqtada uzilgan splayn chiziqlarini o‘zaro tutashtirish mumkin (40-rasm).




                  1. rasm. Tutashtirish uskunasi

    Bunda qo‘yiladigan asosiy shart obyektlar bir tekislikda va bir yo‘nalishda bo‘lishi lozim. Bir kesma yo‘nalishidagi ikkinchi kesma o‘zaro tutashtirilishi, aylana segmenti uning radiusi va markaziga mos boshqa segment bilan bir butun aylana yoyini yoki to‘liq doirani hosil qilishi mumkin. Xususiyatli va lekalo chiziqlar esa aynan shunday obyektlar bilan biron bir uchi orqali tutash bo‘lsa, ular ulanadi. Tahrirlash ketma-ketligi:
    Birinchi usul:

    1. tahrirlash panelidagi “Соединить” – tutashtirish uskunasi tanlanadi. Sichqonchaning ko‘rsatkichi obyektlarni tanlash rejimiga o‘tadi;

    2. obyektlar tanlanib “Enter” tugmasi bosiladi. Ikkinchi usul:

    1. dastlabki tutashtirish obyekti tanlanadi;

    2. tahrirlash panelidagi “Соединить” – tutashtirish uskunasi tanlanadi. Sichqoncha ko‘rsatkichi obyektlarni tanlash rejimiga o‘tadi;

    3. tutashtiriladigan obyektlar sichqonchaning ko‘rsatkichi bilan tanlanib, “Enter” tugmasi bosiladi.

    Фаска” Faska uskunasi. Ushbu tahrirlash buyrug‘i kesma obyektlarini o‘zaro faska asosida tutashtiradi (41-rasm).




                  1. rasm. Faska uskunasida kesish

    Tahrirlash ketma-ketligi:

    1. tahrirlash panelidagi “Фаска” uskunasi tanlanadi. Ekranga “Выберите первый отрезок” или “↓” – birinchi kesmani tanlang yoki “↓” axboroti chiqadi;

    2. klaviaturadan “↓” – tugmasi tanlanib, qo‘shimcha axborot menyusi chiqiriladi. Unda 7 ta band mavjud bo‘lib, asosiy band “Длина” – uzunlik va “Угол” – burchak bandlaridir.

    “Длина” – uzunlik bandi birinchi kesmada ma’lum bir (a) masofa qiymatini, so‘ng ikkinchi kesmada ma’lum bir (b) masofa qiymatini kiritishni talab etadi.
    “Угол” – burchak bandi esa birinchi kesmada ma’lum bir masofa qiymatini kiritishni, so‘ngra shu kesmaga nisbatan faskaning ma’lum bir (L°) burchak qiymatini kiritishni nazarda tutadi;

    1. yuqoridagi tanlangan bandlar asosida shartlar bajariladi.

    Sichqonchaning ko‘rsatkichi obyektlarni tanlash rejimiga o‘tadi;

    1. birinchi va ikkinchi obyektlar sichqoncha yordamida tanlanadi.

    Сопряжение” Tutashtirish uskunasi. Ushbu uskuna obyektlarni ma’lum bir radius qiymati asosida tutashtirishni bajaradi (42-rasm).



                  1. rasm. Obyektni tutashtirish

    Tahrirlash ketma-ketligi:
    Tahrirlash panelidagi “Сопряжение” uskunasi tanlanadi. Ekranga “Выберите первый отрезок” или “↓” – birinchi kesmani tanlang yoki “↓” axboroti chiqadi.

    1. klaviaturadan “↓” – tugmasi yordamida qo‘shimca axborot menyusi chiqariladi. Undagi asosiy tahrirlash bandlari “Радиус” – radius va “Обрезка” – kesib olish bandlaridir;

    2. “Radius” – radius bandi tanlanib, kerakli qiymat klaviaturadan kiritiladi va “Enter” tugmasi bilan tasdiqlanadi. Ekranga yana “Выберите первый отрезок” или “↓” – birinchi kesmani tanlang yoki “↓” axboroti chiqadi;

    3. agar tutashma bajarilishidan so‘ng obyektlar ham tahrirlanib, ortiqcha qismlari kesib olinishi lozim bo‘lsa, qo‘shimcha axborot oynasi chiqariladi va endi “Обрезка” – kesib olish bandi tanlanadi. Ekranga “Режим обрезки” – kesib olish rejimi axboroti chiqadi. Unda “С обрезкой” – kesib, “Без обрезки” – kesmasdan shartlari mavjud. Kerakli shart tanlanadi. Ekranga yana “Выберите первый отрезок” или “↓” – birinchi kesmani tanlang yoki “↓” axboroti chiqadi. Sichqoncha ko‘rsatkichi esa obyektlarni tanlash rejimiga o‘tadi.

    Tutashtiriluvchi obyektlar tanlanadi. Natijada tutashma hosil qilinadi.
    Расчленить” Qismlarga ajratish uskunasi. Ushbu uskuna asosan yaxlit hosil qilingan bir butun obyektni obyektlarga ajratishni nazarda tutadi (43-rasm).



                  1. rasm. Qismlarga ajratish uskunasi

    Ya’ni hududni hosil qilgan obyektlar, “Полилиния” – xususiyatli chiziq uskunasi asosida hosil qilingan obyektlar, ko‘pburchaklarni yasovchilarga bo‘ladi va ularni tahrirlashga imkon beradi. Tahrirlash ketma-ketligi:
    Birinchi usul:

    1. tahrirlanuvchi obyekt sichqoncha yordamida tanlanadi;

    2. tahrirlash panelidagi “Расчленить” – qismlarga bo‘lish uskunasi tanlanadi;

    Ikkinchi usul:

    1. tahrirlash panelidagi “Расчленить” – qismlarga bo‘lish uskunasi tanlanadi;

    2. tahrirlanuvchi obyekt sichqoncha yordamida tanlanadi.




      1. Download 5,27 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




    Download 5,27 Mb.