• Qatlamlarni tahrirlash.
  • Karimov nomidagi




    Download 5,27 Mb.
    bet12/18
    Sana19.02.2024
    Hajmi5,27 Mb.
    #158788
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
    Bog'liq
    autocadga yangi umumiy

    Qatlam yaratish. AutoCAD dasturida qatlam yaratish uchun dastlab “Слои” – qatlamlar panelini o‘rnatish talab etiladi (47-rasm).





                  1. rasm. Qatlam yaratish Ushbu panel quyidagi buyruqlardan iborat:

    1. “Диспетчер свойств слоев” – qatlamlar xususiyatlari dispetcheri;

    2. “Включение/отключение слоя” – qatlamni yoqish/o‘chirish;

    3. “Замораживание/размораживание на всех видовых экранах” – barcha ko‘rinish ekranlarida muzlatishni yoqish/o‘chirish;

    4. “Замораживание/размораживание на текущем видовом экране”

    • joriy ko‘rinish ekranida muzlatishni yoqish/o‘chirish;

    1. “Блокирование/разблокирование слоя” – qatlam qulfini yoqish/o‘chirish;

    2. “Цвет слоя” – qatlam rangi;

    3. qatlam nomi;

    4. menyu tugmasi;

    5. “Сделать слой объекта текущим” – joriy obyekt qatlamini o‘rnatish;

    6. “Предыдущее состояние слоя” – qatlamning oldingi holatiga o‘tish.

    AutoCADda har qanday chizma hech bo‘lmaganda bitta qatlam asosida bajariladi (dastlabki qatlamning nomi “0”). Ya’ni qatlamsiz chizma yaratish mumkin emas. Loyihani yaratishda oldindan bir nechta qatlamlarni yaratish va loyiha bosqichlarini alohida qatlamlarda saqlash tavsiya etiladi (48-rasm).



                  1. rasm. Qatlamlar holati

    Qatlamlarni tahrirlash. Qatlam yaratish va unga xususiyatlar berish uchun “Диспетчер свойств слоев” – qatlamlar xususiyatlari dispetcheri tanlanadi (49- rasm).



                  1. rasm. Qatlamlarni tahrirlash

    Ushbu oynada:


    “Создать слой” (qatlam yaratish);

    1. “Удалить слой” (qatlamni olib tashlash);

    2. “Установить” (o‘rnatish) buyruq tugmalari mavjud bo‘lib, ular asosida qatlamlar yaratiladi yoki olib tashlanadi.

    Qatlam xususiyatlariga chiziq rangi, turi, qalinligi va chop etish imkoniyatlari kiradi. Qatlamga xususiyat berish uchun yaratilgan qatlamdagi “Цвет” – rang, “Тип линий” – chiziq turi, “Вес линий” – chiziq qalinligi, “Стиль печати” – chop etish uslubi, “Печать” – chop etish kabi tegishli ustunlar tahrirlanadi va dastlab “Применить” – qo‘llash, so‘ngra “OK” tugmasi bilan tasdiqlanadi.
    Obyekt yoki obyektlarni qatlamga o‘tkazish uchun dastlab ular tanlanadi va “Слой” – qatlamlar panelidagi menyu asosida kerakli qatlam nomi tanlansa kifoya. Shuningdek, qatlamlar panelida dastlab biron bir qatlam nomi tanlangan bo‘lsa, yaratiladigan obyektlar shu qatlamga tegishli bo‘ladi.



      1. Download 5,27 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




    Download 5,27 Mb.