Uch o‘lchamli modellashtirish panellari va funksiyalari
AutoCAD dasturida 3D modellarini qurish uchun dastlab dasturni 3D muhitida ishlash uchun moslashtirish kerak bo‘ladi. Buning uchun 3D geometrik obyektlarni yaratish, tahrirlash, vizuallashtirish kabi funksiyalar bilan bog‘liq qo‘shimcha panellarni ekranga chiqarish talab etiladi. Qo‘shimcha panellarni ekranga chiqarish uchun, ekranda mavjud panellardagi biron bir buyruq tugmasi ustida sichqoncha o‘ng tugmasi
bosiladi va AutoCAD panellari ro‘yxati ekranga chiqariladi (50-rasm).
rasm. Panellar ro‘yxati
Ro‘yxatda oldin tanlangan 2D modellashtirish uchun zarur bo‘lgan 8 ta panellarga qo‘shimcha ravishda yana 7 ta panel tanlanadi. Bular:
“Вид” – ko‘rinish;
“Визуальные стили” – vizual uslublar;
“Моделирование” – modellashtirish;
“Орбита” – orbita;
“ПСК” (пользовательская система координат) – FKT (foydalanuvchi koordinatalar tizimi);
“Редактирование-2” – tahrirlash-2;
“Редактирование тела” – jismni tahrirlash panellari.
Endi jami panellar soni 15 ta bo‘lib, oldingi 2D panellari vaziyati o‘zgartirilmagan holda yangi 3D panellari qulay qilib ekranga joylashtirib chiqiladi.
Ish jarayonida panellar vaziyatini o‘zgartirib turish tavsiya etilmaydi. Panellarning joylashuvi namuna sifatida keltirilgan bo‘lib, ular o‘rnatib chiqilgandan so‘ng albatta panellar vaziyatini dastur xotirasida saqlab qolish tavsiya etiladi va panellar joylashuvi o‘zgartirib yuborilganda saqlangan ish muhitiga o‘tib panellarning oldingi holatini tiklash mumkin bo‘ladi (51-rasm).
rasm. Standart panel joylashuvi
Panellarni joylashtirib chiqilgandan so‘ng, ularning holatini saqlab qolish uchun menyu satridagi “Сервис” – “Рабочее пространство” menyulari ketma-ket tanlanib “Сохранить как...” bandi tanlanadi (52- rasm).
rasm. Holatni saqlash
Ekranga “Сохранить рабочее пространство” – ish muhitini saqlash oynasi chiqadi (53-rasm).
rasm. Ish muhitini saqlash
Ushbu oynadagi tahrirlash bo‘limida muhitga nom beriladi va “Сохранить” tugmasi bosiladi. Endi panellarning holati o‘zgartirilgan
taqdirda ham istalgan vaziyatda menyu satridagi “Сервис” – “Рабочее пространство” menyulari asosida oldingi muhitni tanlab panellarni oldingi holatiga keltirish mumkin bo‘ladi.
AutoCAD dasturida oddiy 3D primitivlari mavjud bo‘lib, ular “Моделирование” – modellashtirish panelida joylashgan. Panel 4 ta bo‘limdan iborat (54-rasm).
1-bo‘lim 2-bo‘lim 3-bo‘lim 4-bo‘lim
54-rasm. Modellashtirish
bo‘limda oddiy 3D geometrik primitivlarni qurish buyruq tugmalari joylashgan. Bular:
“Политело” – polijism;
“Ящик” – quti;
“Клин” – pona;
“Конус” – konus;
“Сфера” – sfera;
“Цилиндр” – silindr;
“Тор” – halqa;
“Пирамида” – piramida;
“Спираль” – spiral;
10. “Плоская поверхность” – tekis sirt (tekislik).
Ushbu bo‘limdagi barcha buyruq tugmalari o‘z menyusiga ega bo‘lib, ular obyektlarni geometrik ko‘rsatkichlari asosida qurishni nazarda tutadi. Bunday geometrik ko‘rsatkichlarga quriladigan 3D obyektining eni, bo‘yi, balandligi, markazi, radiusi kabi ko‘rchatkichlari kiradi.
bo‘limda turli uslubda jism va sirtlarni qurish buyruq tugmalari joylashgan. Bular:
“Выдавить” – siqib chiqarmoq;
“Вытягивание” – cho‘zmoq;
“Сдвиг” – siljish;
“Вращать” – aylantirish;
“По сечениям” – kesimlar bo‘ylab.
Ushbu bo‘limda oldindan yaratilgan 2D obyektlari asosida 3D sirt yoki
jismlar yaratiladi. Ya’ni sirt yoki jismlarni yasovchi va yo‘naltiruvchilar asosida quriladi. Shuning uchun dastlab sirt yoki jismlarning yasovchi va yo‘naltiruvchilarini qurish talab etiladi.
bo‘limda tarkibli jismlarni hosil qilish buyruq tugmalari joylashgan.
Bular:
“Объединение” – birlashuv;
“Вычитание” – ayiruv;
“Пересечение” – kesishuv.
Ushbu bo‘lim asosida oldindan yaratilgan jismlar bir-biri bilan birlashib, biri ikkinchisidan ayrilib yoki ikki jism o‘zaro kesishib yangi jism hosil qilinadi. Bunday jismlar tarkibli jismlar deyiladi.
3-bo‘limda 3D obyektlarni fazo bo‘ylab ko‘chirish, burish, bir-biriga tekislash buyruq tugmalari joylashgan. Bular:
“3D перенос” – 3D ko‘chirish;
“3D поворот” – 3D burish;
“3D выравнивание” – 3D tekislamoq (to‘g‘rilamoq).
Ushbu bo‘limda yaratilgan 3D obyektlari X, Y va Z o‘qlari bo‘ylab bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilishi, burilishi va 3D obyektlar bir-biriga tekislab olinishi mumkin.
Ko‘rinish paneli. Panel asosan 2 bo‘limdan iborat (55-rasm).
1-bo‘lim 2-bo‘lim
55-rasm. Ko‘rinish paneli
bo‘limda asosiy standart ko‘rinishlar bo‘lib, unda quyidagi buyruq tugmalari joylashgan:
“Сверху” – ustidan;
“Снизу” – ostidan;
“Слева” – chapdan;
“Справа” – o‘ngdan;
“Спереди” – oldindan;
“Сзади” – orqadan.
Odatda 2D modellashtirish muhitida yuqoridan ko‘rinish faol holatda
bo‘ladi va barcha 2D obyektlari yuqoridan ko‘rinish tekisligida, ya’ni X Y koordinatalar tekisligida yaratiladi.
bo‘limda izometrik proyeksiya ko‘rinishlarining buyruq tugmalari joylashgan, bular:
“ЮЗ (юго-западная)” – jg‘ (janubiy-g‘arbiy);
“ЮВ (юго-восточная)” – jsh (janubiy-sharqiy);
“СВ (северо-восточная)” – shsh (shimoliy-sharqiy);
“СЗ (северо-западная)” – shg‘ (shimoliy-g‘arbiy).
Odatda 3D obyektlari izometrik proyeksiyalar muhitida bajariladi, sababi bu muhitda uchta koordinata o‘qlari (X,Y,Z) to‘liq ko‘rinib turadi va qurilayotgan obyekt to‘la namoyon bo‘lib turadi.
Ko‘rinishlar asosida 3D obyektlarni ixtiyoriy olti tomondan va to‘rt xil vaziyatdagi izometrik proyeksiyalarda ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.
Ayrim 3D obyektlari 4 ta izometrik proyeksiyalardan birida qulay vaziyatdagi tasvirni bermasligi mumkin. Misol uchun kubni olsak. Bunda kub izometriyada teng yonli olti burchak shaklida ko‘rinib qoladi (56 a- rasm).
Shuning uchun ko‘rinishlarda va umuman modellashtirishda “Orbita” panelidan foydalanish ancha qulayliklarga ega. Ushbu panel asosida obyektning ko‘rinishi ixtiyoriy burchak ostida burilib ko‘rsatilishi va harakatlantirilishi mumkin (56 b-rasm).
b)
56-rasm: a) izometrik kub; b) izometrik burilgan kub
Shunisi e’tiborliki, orbita asosida burilgan obyektlar fazodagi vaziyati va boshqa obyektlarga nisbatan vaziyati o‘zgarmaydi. Bunda obyektlarga nisbatan ko‘rinish burchagi o‘zgartiriladi xolos. Obyektlar istalgan paytda yana oldingi biron bir asosiy ko‘rinishlardan biriga yoki izometrik ko‘rinishlardan biriga keltirilishi mumkin.
FKT (foydalanuvchi koordinatalar tizimi) paneli. AutoCADda ikki turdagi koordinatalar tizimi mavjud. Bular o‘zgarmas xalqaro (XKT) va
o‘zgaruvchan foydalanuvchi (FKT) koordinatalar tizimlaridir. Yangi chizmada dastlabki holatda har ikkala tizim ustma-ust holatda bo‘lib, foydalanuvchi koordinata tizimi boshqa joyga va boshqa vaziyatga keltirilganda xalqaroga nisbatan amalga oshiriladi va xalqaro koordinata tizimi qaytish imkonini saqlab turadi.
FKT paneli asosan 4 ta bo‘limdan iborat (57-rasm):
1-bo‘lim 2-bo‘lim 3-bo‘lim 4-bo‘lim
57-rasm. FKT paneli
bo‘limda XKT va FKTga o‘tish rejimlari joylashgan.
bo‘limda FKTni 1-obyektga, 2-yoqga va 3-ko‘rinishga bog‘lash buyruq tugmalari joylashgan.
bo‘limda FKT turli uslubda ko‘chirish va o‘qlar yo‘nalishini berish buyruq tugmalari joylashgan.
bo‘limda FKT koordinata tekisligini ma’lum bir burchakga bitta o‘q atrofida burish buyruq tugmalari joylashgan.
Jismni tahrirlash paneli. Ushbu panel asosan 3D jismlarini tahrirlashga qaratilgan bo‘lib, 3 ta bo‘limdan iborat (58-rasm).
1-bo‘lim 2-bo‘lim 3-bo‘lim
58-rasm. 3D jismlarni tahrirlash paneli
bo‘lim jism yoqlarini tahrirlash (cho‘zish, qisqartirish, burish, rangini o‘zgartirish va nusxa ko‘chirish)ga qaratilgan buyruq tugmalaridan iborat. Bu bo‘lim asosida jismdan sirtlarni ajratib olish mumkin bo‘ladi.
bo‘lim jism qirralarini tahrirlash (nusxa ko‘chirish, rangini
o‘zgartirish)ga qaratilgan buyruq tugmalaridan iborat.
bo‘lim jismlarda murakkab tahrirlash ishlarini amalga oshirish (qo‘shimcha qirra qo‘shish asosida yangi yoqlarni hosil qilish, jismlarni soddalashtirish orqali 3D obyektini yaxlitligini tekshirish, jism sirtlariga qalinlik berish orqali jism ichida bo‘shliq hosil qilish kabi funksiyalar) ga qaratilgan.
Jismlarning geometrik tuzilishidan kelib chiqib bitta 3D obyektining turli usullarda bajarish imkoniyatlari mavjud. Qaysi usulda 3D obyektini yaratish muhim emas, asosiysi ushbu obyektlarni foydalanuvchi o‘ziga qulay qilib o‘zlashtirgan uslubda bajarishi va model keyingi loyihalash jarayonlarida qo‘llanish imkoniyatiga ega bo‘lishi muhim.
|