amaliy vazifa. Sodda detal namunalarini yaratish




Download 5,27 Mb.
bet15/18
Sana19.02.2024
Hajmi5,27 Mb.
#158788
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
autocadga yangi umumiy

amaliy vazifa. Sodda detal namunalarini yaratish


Bitta markaziy teshikka ega bo‘lgan qistirma (прокладкa) va uning tashqi aylanasi bo‘ylab, bir me’yorda joylashgan sakkizta kichik teshikli qistirma konturini yasash (62-rasm).






      1. rasm. Yaratiladigan detal chizmasi

Ichki diametri 50 mm, tashqi diametri 70 mm halqa, qotirish boltlari uchun ichki diametri 8,5 mm va tashqi diametri 13,5 mm halqa (teshik) tayyorlanadi. Katta va kichik halqalar tutashadigan joyining radiusi 8 mm qilib tayyorlanadi. “Круг” uskunasi yordamida aylana chiziladi (o‘lchamlari yuqorida berilgan). Obyektlarni bir biri bilan bog‘lovchi uskuna yoqiladi va sozlanadi.
Bitta markazdan diametri 8,5 va 13,5 mm ikkita aylana chiziladi. Natijada bolt uchun halqa hosil bo‘ladi. Tashqi aylanani chizish uchun “Смещение” uskunasidan ham foydalanish mumkin. Bunda halqa enining o‘lchamini avvaldan klaviatura yordamida kiritiladi (63-rasm).


63-rasm. Aylanalarning ko‘rinishi


Kichik halqani (bolt uchun yasalgan) “Переместить” uskunasi bilan shunday qo‘zg‘atiladiki, teshik katta halqaning tashqi konturiga tegsin (urunma ulanishdan foydalaniladi) (64-rasm).




        1. b)

64-rasm: a) kichik halqaning belgilanishi; b) urunma ulanishidan foydalanib, halqalarni tutashtirish

Endi “Массив” uskunasi yordamida ana shu element aylana bo‘ylab bir me’yorda ko‘paytiriladi (65-rasm). Buning uchun kerakli obyektlarni (kichik va katta halqalarni) belgilab, “Массив” uskunasi tanlansa, shu nomli oyna paydo bo‘ladi.


65-rasm. “Массив” uskunasining sozlash oynasi


Ana shu oynadan “Polar Array” ko‘rsatkichi tanlanib, “Center point” tugmasini bosib, chizmada uning markazi belgilanadi (66-rasm).



66-rasm. Ko‘rsatgichlarni kiritish va sozlash


So‘ngra buyruqlar oynasidan quyidagi ko‘rsatkichlar o‘rnatiladi: aylana markazi (yuqorida u tanlab bo‘lindi), obyektlarni tanlash (ikkita aylana belgilanadi), elementlar soni (bizning holatda ular 8 ta), “OK” tugmasi bosilgandan so‘ng quyidagi tasvir paydo bo‘ladi (67-rasm).

67-rasm. Buyruqdan keying ko‘rinish


Tahrirlash panelidan “Массив” (aylana bo‘yicha massiv) buyruq tanlanadi. Buyruqlar qatorida asosiy nuqta ko‘rsatiladi va elementlar soni tanlanadi (8 ta) (68-rasm).

68-rasm. Massiv buyrug‘i


Kichik halqa xuddi yagona obyektdek chizilgan, unga “Редактирование” uskunalar panelidan “Расчленить” buyrug‘ini tanlash lozim (u chiziq bo‘ylab sodda obyektlarga bo‘ladi).


“Обрезка” uskunasi yordamida keraksiz chiziq qismlari olib tashlanadi. Uskuna tanlangandan so‘ng avvalo qirqiladigan zihlar ko‘rsatiladi so‘ngra “Enter” klavishasi bosiladi (69-rasm).

69-rasm. “Обрезка” uskunasidan foydalanish


Kichik halqalarni katta halqa bilan tegib turgan joylarini yumaloqlash uchun “Редактирование” panelidagi “Сопряжение” uskunasidan foydalaniladi. Yumaloqlash radiusi 8 mm beriladi, so‘ngra navbat bilan chegaradosh yoylar ko‘rsatiladi (70-rasm).



70-rasm. “Сопряжение” uskunasidan foydalanilgandan so‘ng


Ishni qulaylashtirish uchun detallarning barcha tashqi konturlarini chiziq bo‘yicha yagona obyektga umumlashtirish lozim (71-rasm).

71-rasm. Yagona obyektga umumlashtirilishi


Buyruq tanlangandan so‘ng xohlagan segmentlardan birini belgilash mumkin va buyruqqa binoan uni “Полилиния” (umumlashgan chiziq)ga aylantiriladi.
Detalning barcha tashkil etuvchilarini belgilash, 0,5 mm qalinlik va rang berish mumkin.
Qalinlikni aks ettirish chizig‘i faollashtirilgan bo‘lishi kerak (72-rasm).




  1. rasm. Qalinlikni chiziqda aks ettirilgandan so‘ng natijaviy ko‘rinish




Download 5,27 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Download 5,27 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



amaliy vazifa. Sodda detal namunalarini yaratish

Download 5,27 Mb.