4-amaliy vazifa. Uch o‘lchamli murakkab detal modellarini yaratish
“Ящик” quti uskunasi yordamida (modellashtirish uskunalar paneli) detalning asosi chiziladi: birinchi burchak uchun chizmadagi bo‘sh maydonda nuqta belgilanadi, “@120,80,30” nisbiy koordinatlar ko‘rsatkichi bilan qarama-qarshi burchak beriladi (80-rasm).
80-rasm. Quti detal chizmasi
“Фаска” faska uskunasi bilan (tahrirlash uskunalar paneli) burchaklar kesiladi: birinchi qobirg‘a ko‘rsatiladi (81a-rasm), tizim faskalari bo‘lishi mumkin bo‘lgan bazali yuzani belgilaydi. Agar kerakli yuzalar belgilangan bo‘lsa, “Enter” tugmasi bosiladi. Birinchi va ikkinchi faskalar uzunligiga 15 qiymat beriladi, faska bilan qirqiladigan qirra ko‘rsatiladi (81b-rasm), ikkinchi qirra ko‘rsatiladi (81d-rasm), “Enter” tugmasi bosiladi. 81 e-rasmda buyruqlar natijasi ko‘rsatilgan.
b) d) e)
81-rasm: a) 1-qirrasi; b) faska bilan qirqiladigan joy; d) 2-qirrasi;
e) natija
Old ko‘rinishga o‘tiladi (82-rasm). Detalning o‘ng chegarasida payvand uchun qirra mo‘ljallanadi. 38 gradus burchak ostida yordamchi chiziq o‘tkaziladi (ГОСТ 5264-80). Yuqorigi o‘ng burchakdan 8 mm ichkaridan birinchi chiziq nuqtasi kiritiladi (82a-rasm), ikkinchi nuqta uchun “@23<-38” nisbiy koordinatalar kiritiladi. “Enter” tugmasi bosiladi (82b,d-rasm).
b) c)
82-rasm: a) 1-chiziq nuqtasi; b) 2-chiziq nuqtasi; d) chiziq koordinatasi.
Izometriyaga o‘tiladi. “Разрез” qirqim uskunasi bilan payvandlash
choki uchun qirra qirqiladi: “Enter, Enter” tugmasi asosida tanlanadi, yuzani qirquvchi birinchi nuqtani yordamchi chiziqning boshida ko‘rsatiladi, ikkinchisini yordamchi chiziqning oxirida ko‘rsatiladi, uchinchiga “@0,0,22” kiritiladi, “Enter” tugmasi bosiladi. Koordinata boshini asosning yuqorigi qobirg‘asining o‘rtasiga ko‘chiriladi (83-rasm).
83-rasm. Detalning izometrik ko‘rinishi
“Ящик” uskunasi bilan devor chiziladi. Asos o‘lchamlarini 120*80 bilgan holda birinchi nuqta “120, -40, 0” absolyut koordinatlari bilan beriladi, ikkinchi nuqta “@ -30, 80, 80” nisbiy koordinatlari bilan beriladi (84-rasm).
84-rasm. Quti detalining izometrik ko‘rinishi
“Сопряжение” uskunasi bilan qobirg‘alar yumaloqlashtiriladi (“Редактирование” uskunalar paneli). Buyruq bilan qirqiladigan qobirg‘a ko‘rsatiladi (85a-rasm). ikkinchi buyruq bilan yumaloqlash radiusiga 12 qiymat beriladi, uchinchi buyruq bilan ikkinchi qirqiladigan qobirg‘a ko‘rsatiladi (85b-rasm), “Enter” tugmasi bosiladi. “Сопряжениe” buyrug‘ining natijasi 84d-rasmda ko‘rsatilgan.
b) d)
85-rasm: a) 1-qirqiladigan joy; b) 2-qirqiladigan joy; d) qirqilgan joylari
“ПСК” koordinatalar tizimini Y o‘qi atrofida 90 gradusga buriladi. Devorda silindr shakli quriladi, bu qotirish teshiklariga asos bo‘ladi. “Цилиндр” uskunasidan foydalanilgan holda, yumaloqlash markazida silindr asosining markazi ko‘rsatiladi (86a-rasm), radiusga 7 qiymat kiritiladi, silindr balandligini (uzunligini) sichqonchani yo‘naltirib, devor qalinligidan katta qilib ko‘rsatiladi. “Переместить” uskunasi bilan silindr oldinga 2 - 5 mm. ga suriladi (86b-rasm).
Vizualizatsiyani yaxshilash uchun asosni bo‘yash va silindr shaklini ham har xil rangga bo‘yash mumkin va har xil vizualizatsiya panelining rejimlaridan foydalaniladi. “Визуальные стили” vizual uslublar: “2D Каркас” 2D karkaz, “Концептуальный стиль” yoki “Реалистичное изображение” (86d-rasm).
b) d)
86-rasm: a) silindr markazi; b) silindrni oldinga surish;
d) vizualizatsiya
“3D зеркало” buyrug‘i bilan (menyular qatori: “Редактировать — 3D Операции”) yuzaga nisbatan detalining simmetriya o‘qi orqali o‘tuvchi silindr aks ettiriladi: silindr tanlanadi, “Enter” tugmasi bosiladi. Simmetriya yuzasi 3 ta nuqta bilan ko‘rsatiladi, birinchi nuqta qobirg‘aning o‘rtasida (87a-rasm), ikkinchisini boshqa qobirg‘aning
o‘rtasida (87b-rasm), uchinchisini uchinchi qobirg‘aning o‘rtasida (87c- rasm), dastlabki obyektlarni uzoqlashtirmasdan ko‘rsatiladi (87e-rasm).
b) d) e)
87-rasm: a) 1-qobirg‘aning markazi; b) 2-qobirg‘aning markazi;
d) 3-qobirg‘aning markazi; e) umumiy ko‘rinish.
“Сплошные тела” (menyu qatori: Редактировать — Редактировать тела) uskunalar panelida joylashgan “Вычесть” buyrug‘i bilan detal devoridan silindrlar chiqariladi: devor va ikki silindr tanlanadi (88-rasm).
88-rasm. Detal devoridan silindrlarni chiqarish
“Клин” (“Моделирование” uskunalar paneli) buyrug‘i bilan mustahkamlik qobirg‘asi quriladi. Koordinatalar boshini qobirg‘a asosining o‘rtasiga olib o‘tiladi, “Клин” buyrug‘iga kiriladi, birinchi burchakga “90, -15, 0” absolyut koordinatalar ko‘rsatiladi, ikkinchi burchakka “@ -90, 30, 0” nisbiy koordinatalar beriladi, “Клин”ni 50 balandlikga ko‘tariladi, “Enter” tugmasi bosiladi (89-rasm).
89-rasm. Detalning qobirg‘asini qurish
“Разрез” (menyu qatori: Редактировать — 3D Операции — Разрез или Сечение) uskunasi yordamida ponaning oldingi tomoni 20 mm chuqurlikda qirqiladi: pona tanlanadi, 3 ta nuqta bo‘yicha yuza quriladi, kesim yuzaning birinchi nuqtasi “20, -15, 0”, ikkinchi nuqtasini chiziladigan chiziqning izi yo‘nalishi bilan ko‘rsatsa bo‘ladi (90a-rasm), uchinchni yuzani qirquvchi nuqtani Z o‘qi bo‘yicha chiziladigan chiziqning izi yo‘nalishi bo‘yicha yoki “@ 0, 0, 11” nisbiy koordinatalari ko‘rsatiladi, “Enter” tugmasi bosiladi. “Обе” rejimning tanlanishi “Enter” bilan tasdiqlanadi (90b-rasm).
Ponaning chap qirqilgan qismini yo‘qotish yoki qo‘zg‘atish: Vizualizatsiyani yaxshilash uchun 3 ta geometrik shakllarga har xil rang beriladi (90d-rasm).
b) d)
90-rasm: a) kesiladigan joy chiziqlari; b) kesiladigan joy;
c) vizualizatsiya
“2D каркаc” vizual uslibiga qaytiladi (menyu qatori: “Вид — Визуальные стили”). “3D полилиния” uskunasi bilan payvand chokining yo‘naltiruvchisi chiziladi (91a-rasm). Chizmaning bo‘sh maydonida
aylana chiziladi, masalan, 3 mm radiusli (91b-rasm).
b)
91-rasm: a) chok chizig‘i; b) aylana chizig‘i
Modellashtirish uskunalar panelida joylashgan “Сдвиг” buyrug‘i yordamida payvand choki tasvirlanadi: siljitish uchun obyekt tanlanadi aylana. Grafik maydonida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, kontekstli menyudan “Выравнивание” rejimi tanlanadi. Obyektni trayektoriyaga perpendikulyar to‘g‘rilash so‘roviga “Да” ha deb javob beriladi. Payvand chokining trayektoriyasi ko‘rsatiladi (92-rasm).
92-rasm. Detalning payvand choklariga ishlov berish
Asos bilan devor orasidagi payvand choki tasvirlanadi. Old ko‘rinish tanlaladi (menyu qatori: “Вид – 3D виды – Спереди”), “Скрытый” vizual uslub (93a-rasm). “Полилиния” buyrug‘i bilan asosning qirqilgan burchaklari va devorlari quyuqlashtiriladi, buni yuqoridagi o‘ng burchakdan boshlash lozim (93b-rasm). Kontekstli menyudan “Дуга” bandiga o‘tiladi, keyingi kontekstli menyudan “Центр” rejimi tanlanadi. Bo‘lajak yoyning markaziy nuqtasi ko‘rsatiladi (93d- rasm). Yoyni poliliniyaning birinchi nuqtasiga bog‘lanishini, sichqonchaning chap tugmasini bosib yakunlanadi (93e-rasm).
b) d) e)
93-rasm: a) old krinish; b) o‘ng burchak; c) markaziy nuqta; d) natija
“Выдавить” buyrug‘idan (“Моделирование” uskunalar panelidagi) foydalaniladi: chok kesimi tanlanadi. Siqib chiqarish balandligiga klaviatura yordamida 80 kiritiladi. Janubiy g‘arbiy izometriyaga (menyu qatori: “Вид – 3D виды – Юго-западная изометрия”), “2D-каркас” 2D karkas vizual uslubiga o‘tiladi. Agar chok chetda qolgan bo‘lsa (94a-rasm), uni devor va asosning yon taraf orqasiga ko‘chiriladi (94b-rasm). Butun detal belgilanadi va unga kul rang beriladi. “Реалистичный” vizual uslub yoqiladi (94d-rasm).
b) d)
94-rasm: a) chok cheti; b) chokni orqaga ko‘chrish;
d) vizualizatsiya
XULOSA
“Kompyuterda loyihalash” fani turli san’at ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarni tayyorlashda fundamental ahamiyatga ega bo‘lgan mustaqil fandir. Talabalar ushbu mavzularni o‘zlashtirish natijasida o‘z mutaxassisliklarida zamonaviy kompyuter dasturlaridan to‘laqonli foydalanishga ega bo‘ladi. Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma “Kompyuterda loyihalash” fanidan amaliy ishlarini o‘tkazishda nafaqat bakalavriatda ta’lim olayotgan talabalarga, balki magistrlar uchun ham tavsiya etiladi.
Kompyuter dizaynining juda tez rivojlanib borishi va uning texnik hamda dasturiy vositalarining yangilanib turilishi kursni hamisha takomillashtirishga, bu sohadagi yangi yo‘nalishlarni tinmay o‘rganib borishni taqozo etadi. Oxirgi yillarda bu sohada juda katta o‘zgarishlar yuz berdi, ya’ni 16 mln.dan ortiq rang va rang turlarini o‘zida aks ettira oladigan displeylar, grafik axborotlarni kirituvchi moslama - skanerlar, kompyuter dunyosini kashf qila oladigan dasturchilar dunyoga keldi. Bundan tashqari jamiyat ongida ham o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, deyarli kompyuter grafikasi kirib bormagan soha qolmadi.
Kompyuter dizayni yangi innovatsion texnologiyalar orasida to‘xtovsiz rivojlanib borayotgan yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Bunday rivojlanish texnika sohasida ham, dasturchilar sohasida ham ko‘zga tashlanmoqda. Bu dasturiy mahsulotlar reklamalar ishlab chiqaruvchi vositalar hisoblanib, san’at va multimediya texnologiyasi sohalarida qo‘llaniladi. Bundan tashqari namoyish grafikasiga, geometrik modellashtirishga, grafik interfeyslarni loyihalashga, animatsiya harakatini ko‘rishga katta e’tibor berilmoqda. Kompyuter dizayni jahonda yangi fan hisoblanib, mamlakatimizga kadrlar tayyorlab berishda o‘ziga xos mustaqil ahamiyatga egadir.
|