AUTOCAD DASTUR INTERFEYSI, USKUNALAR PANELI




Download 5,27 Mb.
bet4/18
Sana19.02.2024
Hajmi5,27 Mb.
#158788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
autocadga yangi umumiy

AUTOCAD DASTUR INTERFEYSI, USKUNALAR PANELI AutoCAD – bu Autodesk firmasi tomonidan ishlab chiqilgan ikki va

uch o‘lchovli kompyuter yordamida loyihalashtirish va chizish dasturidir.
Dasturning birinchi versiyasi 1982 yilda ishlab chiqarilgan. AutoCAD va unga asoslangan ixtisoslashtirilgan dasturlar mashinasozlik, qurilish, arxitektura, me’morchilik va boshqa sohalarda keng qo‘llaniladi. Dastur 18 tilda tarjima qilingan.
So‘nggi o‘n yillikda ushbu dasturning mashhurligi tendensiyasi faqat o‘sib borishi va AutoCADda ishlaydigan mutaxassislar eng talabchan va qimmatli bo‘lishlari isbotlandi. O‘rganish tendensiyasi yangi boshlanuvchilar uchun AutoCAD sanoatining barcha mutaxassislari uchun tendensiyadir. AutoCAD deyarli barcha dizayn va modellashtirish vazifalarini hal qilishga imkon beradi.
AutoCAD – shaxsiy elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dunyoda eng ko‘p tarqalgan va eng yaxshi avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlaridan biri. Usbu dasturiy ta’minot avvallari katta va qimmat hisoblash tizimlarida amalga oshirish mumkin bo‘lgan imkoniyatlarni
taqdim etadi. AutoCAD avvalo mashinasozlik, qurilish va arxitektura loyihalashlarida, texnologik hamda elektrotexnik sxemalarni qo‘shish sohalarida, ikki o‘lchamli grafika qurish bo‘yicha qulay vosita. Mashinasozlik chizmalari va kartografiya, texnik suratlarni, uy, idora va savdo markalari rejalarini tayyorlash jabhalarida AutoCAD dasturiy ta’minotidan keng doirada foydalanilmoqda.
AutoCAD yordamida amalda istalgan model yoki chizmani chizish mumkin. Boshqacha aytganda, qo‘l orqali bajarish mumkin bo‘lgan istalgan grafik ishni AutoCAD yordamida bajarish mumkin va bunda chizmalarni qo‘shish va o‘zgartirishda yuqori tezlik, sifat, soddalik va qulayliklar ta’minlangan. AutoCAD asosida yaratilgan maxsus dastur paketlari nafaqat ishlarni sezilarli yengillashtirish, balki tor va maxsus doiradagi topshiriqlarni bajarishga yondashishni tubdan o‘zgartirib yuboradi. AutoCADda uch o‘lchamli chizish imkoniyatlarini o‘rganib, mashinasozlik va qurilish sohalaridagi uch o‘lchamli obyektlarni chizish bo‘yicha qulay buyruqlar majmuasi mavjudligini ko‘rishingiz mumkin.
Tizimning doimiy rivojlanib borishi, foydalanuvchilarning e’tiroz va maslahatlari inobatga olinib, kamchiliklarni muayyan bartaraf etish va boshqa korxonalar mahsulotlari (ayniqsa Microsoft) bilan integratsiyalashuvi ushbu dasturning butun dunyoda keng ommalashuviga olib keldi. Ushbu dasturning Rossiyada keng tarqalishi uning 10- versiyasidan boshlandi. U “MS DOS” operatsion tizimi tarkibida ishlar edi. Keyinchalik, 12, 13-versiyalarga doir shu tizimda ishladi va ular sekinlik bilan “Windows” (Windows 3.1 yoki Windows-95) operatsion tizimiga o‘tkazila bordi. 14-versiya to‘liq Windows operatsion tizimiga o‘tkazildi. 1999 yilda AutoCADning 15-versyiasi chiqdi va u foydalanuvchilar orasida AutoCAD-2000 nomini oldi. AutoCADning 16- versiyasi (AutoCAD-2004) 2004 yilning Mart oyida chiqdi va endilikda firma ularning “WINDOWS”-95, 98 operatsion tizimlarida yaxshi ishlashiga kafolat bermasdi. Sababi ushbu dasturning to‘liq imkoniyatlaridan foydalanish uchun yanada mukammalroq operatsion tizimlar kerak edi. Hozirgi kunga kelib, AutoCAD-2021 versiyalari foydalanuvchilar uchun taqdim etilgan.



Download 5,27 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 5,27 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



AUTOCAD DASTUR INTERFEYSI, USKUNALAR PANELI

Download 5,27 Mb.