|
Tayanch so‘z va iboralar
|
bet | 1/14 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,56 Mb. | | #138053 |
Bog'liq Документ Microsoft Word
BOB. UCH O‘LCHAMLI MODELLASHTIRISHNING ASOSIY TUSHUNCHALARI. 3DS MAX INTERFEYSI
Tayanch so‘z va iboralar
Uch o‘lchamli grafika, 2D, 3D, model, interyer, eksteryer, arxitektura, dizayn, loyiha, interfeys, muharrir, proyeksiya, perspektiva
3ds Max dasturidan foydalanish sohalari
3ds Max dasturi hayotimizning ko‘plab sohalariga kirib borgan. Arxitektura va dizayn (sanoat, binolar, obyektlar, interyer, eksteryer, landshaft ko‘rinishlarining hajmli tasvirlarining vizualizatsiyasi ta’minlanadi); ishlab chiqarish (obyektlarni modellashtirish); televideniye (jurnallardagi fotosuratlarga ishlov berish, videroliklar, filmlardagi maxsus effektlar); o‘yinlar yaratish (3D animatsiya va virtual olam, kompyuter o‘yinlarini rivojlantirish); reklama (elektron taqdimotlar va kataloglar, e’lonlar taxtalari va h.k.) va boshqalar.
3ds Max dasturi ilmiy tekshirishlarda, muhandislik loyiha ishlarida, fizik obyektlarining kompyuter modellarini qurishda keng qo‘llaniladi. 3ds Max dasturi kompyuter grafikasi tarki- biga kiruvchi eng murakkab va keng qamrovli foydala- nuvchilarga ega dasturdir. 3ds Max dasturi bilan ishlovchilar chizma chizish, kompyuter grafikasi, loyihalash, dizayn, modellashtirish, konstruksiyalash, vizualizatsiya va animatsiya effektlardan foydalanish kabi sohalardan bilimlarga ega bo‘lishi kerak. Bu yerda shu sohaning tashkil etuvchilari - fazolar, obyektlarni modellashtirish, namoyish to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi.
3ds Max dasturi bilan ishlovchi mutaxassis - xoh me’morchilik obyekti va interyer buyumlarini yaratadimi, xoh kompyuter o‘yini qahramoni, 3d multfilm va film qahramoninimi, murakkabligidan qat’iy nazar, har qanday uch o‘lchovli modelni yarata oladigan juda keng qamrovli profilga ega bo‘lgan mutaxassisdir.
|
| |