• Mavzu: «3D MAX tizimining vazifasi ,3D MAX. asosiy tushunchalar. 3D MAX tizimini ishga tushirish va undan amallar bajarish »
  • 2. Interfeys elementlari. 3. 3D MAX dasturida ob`ektlarni yaratish. 4. Xulosa. 5. Adabiyotlar.
  • O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mаxsus tа`lim vаzirligi




    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana24.05.2024
    Hajmi0,53 Mb.
    #251812
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    3d-max-tizimining



    O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ОLIY VА O`RTА 
    MАXSUS 
    TА`LIM VАZIRLIGI 
     
     
    QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI 
     
     
    «Neft va gaz» fаkultеti
    «
    Tehnologik jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqarish
    » 
    kаfеdrаsi 
     
     
    « Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari » 
    fаnidаn 
     
    Referat 
     
     
    Mavzu: «3D MAX tizimining vazifasi ,3D MAX. asosiy tushunchalar. 3D 
    MAX tizimini ishga tushirish va undan amallar bajarish » 
     
     
     
     

    Bajardi: TMJ-216 guruh
    talabasi Meyliqulov S.
     
    Qabul qildi: Rahimov A. 
     
    Qarshi – 2015 
     


    Mavzu: 3D MAX. asosiy tushunchalar. 3D MAX tizimining vazifasi.
    3D MAX tizimini ishga tushirish va unda amallar bajarish
     
    Reja: 
     
    1.
    Dastur haqida umumiy ma’lumotlar. 
    2. Interfeys elementlari. 
    3. 3D MAX dasturida ob`ektlarni yaratish. 
    4. Xulosa. 
    5. Adabiyotlar. 
     


    1. Dastur haqida umumiy ma’lumotlar.
    Uch o`lchovli grafika ilmiy 
    tekshirishlarda, injenerlik loyiha ishlarida, fizik ob`ektlarning kompyuter 
    modellarini qurishda keng qo`llaniladi. Uch o`lchovli grafika kompyuter grafikasi 
    tarkibiga kiruvchi eng murakkab va keng qamrovli yo`nalishdir. Uch o`lchovli 
    grafika bilan ishlovchi foydalanuvchi loyihalash, yoritish, ob`ektlar va 
    kameralarni ko`chirish, tovush va namoyish effektlardan foydalanish kabi 
    sohalardan bilimlarga ega bo`lishi kerak. Bu yerda shu sohaning tashkil 
    etuvchilari - fazolar, ob`ektlarni modellashtirish, namoyish tog`risida ma`lumotlar 
    keltiriladi. 
    Qxirgi yillarda an`anaviy 2D grafik dasturlar bilan uch o`lchovli 3D 
    modellashtirish, animasiya va namoyish dasturlari ko`p tarqaldi. Shu davrda 
    ishlab chiqilgan dasturlardan Discreet kompaniyasining 3D Studio MAX yoki 
    Alias Wavefront kompaniyasining JAVA dasturlari o`z mohiyatlari bo`yicha 
    gibrid grafik paketlardir. Chunki ular bir tomondan 2D va 3D vektorli 
    ob`ektlar bilan ishlash imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan ish natijasidan 
    pikselli (rastrli) tasvir - alohida kadr sifatida yoki videotasmada olinadi. 3D 
    modellashtirishning xususiyatlari va ularda animasiya harakatlarni qo`shish 
    imkoniyati ularga bo`lgan qiziqishni keskin oshirib yuboradi. Ularni: 

    namoyish effektlarini kino va videoindustriyada; 

    televizion tijoratda (reklamada); 

    interaktiv o`yinlarda; 

    sano`t va arxitektura dizaynida (bezashda); 

    ilmiy, tibbiy va sud namoyishlarida; 

    o`rgatuvchi dasturlar va kompyuterda ishlatish mumkin. 
    Shuni ta`kidlash lozimki uch o`lchovli grafika dasturlari kompyuter 
    qurilmalari, uning dasturiy ta`minoti hamda u bilan ishlovchi dizayner bilimlariga 
    juda yuqori talablar qo`yadi. 
    Uch o`lchovli grafika bilan ishlaganda, shakllar hosil qilinadigan fazoga 
    alohida e`tibor berish kerak. Bu holda an`anaviy 2D — tekislik uch o`lchovli 
    grafika maqsadlariga to`g`ri keltiriladi. 3D — grafikada ishchi fazoni shunday 


    ifodalash kerakki, unda nafaqat modellashtirilayotgan uch o`lchovli geometrik 
    shaklni, balki uning geometrik joylashishi va holati hisobga olinishi kerak. Uch 
    o`lchovli grafikada Dekart, silindrik va sferik koordirata sistemalari ishlatiladi. 
    Qurilgan barcha uch o`lchovli ob`ektlarni geometrik va nogeometrik 
    ob`ektlarga bo`lish mumkin. Geometrik ob`ektga asosan sahna tashkil etuvchilarini 
    qurishda ishlatiladi: personajlar, jismlar, boshqa so`z bilan aytganda — mavjud 
    borliq ob`ektlarini. Nogecmetrik ob` ektlar esa sahnaga jonlilik hissini berish 
    uchun (to`g`ri yoritish), ob` ektlarga ta` sir etuvchi kuchlarni model-lashtirishda 
    (masalan gravitasiya yoki shamol esishi) va hokazo. 
    Boshqacha aytganda namoyish etilayotgan kadrda geometrik ob` ektlar 
    aynan (chiziqlar va sirtlar ko`rinishda), nogeometrik ob`ektlar esa oraliq (soyalar, 
    tezlanish va hokazo ) ko`rinishda namoyon bo`ladi. 

    Download 0,53 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mаxsus tа`lim vаzirligi

    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish