Tayanch so‘z va iboralar




Download 1,56 Mb.
bet3/14
Sana15.01.2024
Hajmi1,56 Mb.
#138053
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Render - obyektning uch o‘lchamli modelini «tekis» tasvirga aylantirish. Ko‘rsatish texnologiyasining bir nechta turi mavjud, ularning har biri o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega: skanlayn, z-bufer, trassirovka nuri, umumiy yoritish.
Oxirgi yillarda an’anaviy 2D grafik dasturlar bilan uch o‘lchamli 3D modellashtirish, animatsiya va namoyish dasturlari ko‘p tarqaldi. Shu davrda ishlab chiqilgan dasturlardan Discreet kompaniyasining 3D Studio Max yoki Alias Wavefront kompaniyasining JAVA dasturlari o‘z mohiyatlari bo‘yicha gibrid grafik paketlaridir. Chunki ular bir tomondan 2D va 3D vektorli obyektlar bilan ishlash imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan ish natijasidan pikselli (rastrli) tasvir - alohida kadr sifatida yoki videotasmada olinadi. 3D modellashtirishning xususiyatlari va ularda animatsiya harakatlarini qo‘shish imkoniyati ularga bo‘lgan qiziqishni keskin oshirib yuboradi.
Ularni:
- namoyish effektlari kino va video industriyada;

  • televizion tijoratda (reklamada);

  • interaktiv o‘yinlarda;

  • sayt va arxitektura dizaynida (bezashda);

  • ilmiy, tibbiy va sud namoyishlarida;

  • o‘rgatuvchi dasturlar va kompyuterda ishlatish mumkin.



Shuni ta’kidlash lozimki uch o‘lchamli grafika dasturlari
kompyuter qurilmalari, uning dasturiy ta’minoti hamda u bilan ishlovchi dizayner bilimlariga juda yuqori talablar qo‘yadi. Uch o‘lchamli grafika bilan ishlaganda, shakllar hosil qilinadigan fazoga alohida e’tibor berish kerak. Bu holda an’anaviy 2D - tekislik uch o‘lchamli grafika maqsadlariga to‘g‘ri keltiriladi. 3D - grafikada ishchi fazoni shunday ifodalash kerakki, unda nafaqat modellashtirilayotgan uch o‘lchamli geometrik shaklni, balki uning geometrik joylashishi va holati hisobga olinishi kerak. Uch o‘lchamli grafikada Dekart, silindrik va sferik kordinata sistemalari ishlatiladi.
Ourilgan barcha uch o‘lchamli obyektlarni geometrik va nogeometrik obyektlarga bo‘lish mumkin. Geometrik obyekt, asosan, sahna tashkil etuvchilarini qurishda ishlatiladi (personajlar, jismlar, boshqa so‘z bilan aytganda - mavjud borliq obyektlarini). Nogeometrik obyektlar esa sahnaga jonlilik hissini berish uchun (to‘g‘ri yoritish), obyektlarga ta’sir etuvchi kuchlarni modellashtirishda (masalan, gravitatsiya yoki shamol esishi va b.) ishlatiladi.
Boshqacha aytganda namoyish etilayotgan kadrda geo- metrik obyektlar aynan (chiziqlar va sirtlar) ko‘rinishda, nogeometrik obyektlar esa oraliq (soyalar, tezlanish va hokazo) ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Geometrik obyektlarni ko‘rishda juda kuchli va keng tarqalgan 3D paket Discreet kompaniyasi 3D Studio Max dasturini tanlab uning misolida obyektlarning asosiy turlari va modellashtirish texnologiyasi ko‘riladi.
«Autodesk» kompaniyasi uch o‘lchamli (3D) grafikaning eng mashhur va ommabopligi bilan ajralib turadi. Bu kompaniya o‘zining yuzga yaqin 2D va 3D dasturlari bilan foydalanuvchilarga xizmat qiladi. 3D modellashtirish uchun eng keng tarqalgan dasturlar: 3ds Max, AutoCAD, ArchiCAD, Maya, Fusion 360, Google ScetchUp, KOMPAS-3D, CINEMA 4D, Zbrush, Blender. Shu dasturlardan ayrimlarini qisqacha tanishib chiqamiz.

Download 1,56 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 1,56 Mb.