|
Interfeys bilan tanishish
|
bet | 6/14 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,56 Mb. | | #138053 |
Bog'liq Документ Microsoft WordInterfeys bilan tanishish. Dastur ishga tushirilgandan so‘ng Welcome to 3ds Max (3ds Max dasturiga xush kelibsiz) oynasi paydo bo‘ladi, unda ish boshlashning ba’zi variantlari keltiriladi.
Birinchi navbatda, siz 3ds Max dasturini ishga tushirganda uning asosiy ekraniga ko‘zingiz tushishi mumkin. Agar siz yangi foydalanuvchi interfeysini bilmaydigan bo‘lsangiz, unda dastlab qurilmalarini ko‘rib chiqishingiz hamda ular bilan atroflicha tanishishingiz lozim.
Siz interfeysning dastur elementlardan tashkil topganligini, ya’ni bir xil turdagi buyruqlarni guruhlanganligini ko‘ring va ishonch hosil qiling masalan, o‘z vaqtida obyektlar holatini sozlash va boshqarishni amalga oshirish tugmachasi jamlanmasi yordamida animatsiyani amalga oshirish jarayonini boshqarish vositasi.
Bu oyna ikki ustunga bo‘linadi: Learn 3ds Max (3ds Maxni o‘rganish) va Start Using 3ds Max (3ds Maxni bajarishga kirishish). Learn 3ds Max (3ds Maxni o‘rganish) ustunida bir qator ilovalar bo‘lib, ular alohida mavzular bo‘yicha video ko‘rinishida berilgan.
Learn 3ds Max (3ds Maxni o‘rganish) ustunda ish boshlashning variantlari berilgan: Create a New Scene (Yangi sahnani yaratish), Open a File (Faylni ochish), Recent Files (Oxirgi fayllar). Agarda kelgusida bu oyna noqulay bo‘lsa yoki kerak bo‘lmasa, oynaning pastki qismida joylashgan Show this Welcome Screen at startup (Ekran ishga tushganda xush kelibsiz yozuvini ko‘rsatish) opsiya bayroqchasi olib qo‘yiladi, so‘ngra Close (Yopish) bosiladi.
Dasturni va uning interfeysini ko‘rib chiqamiz. Hohlagan dasturning interfeysi - bu boshqarish elementlari va bloklar majmuasidir. Interfeys elementlari bilan foydalanganda dastur bilan muloqotga kiriladi, buyruqlar beriladi va har xil harakatlar bajariladi. 5- rasmda 3ds Max dasturining interfeysi ko‘rsatilgan.
Standart sozlashda 3ds Max interfeys to‘q tusda bajarilgan, lekin uni yaxshi ko‘rish va ba’zi elementlarni ko‘rsatish uchun uni ochroq qilish mumkin.
|
| |