• Uch o‘lchamli grafika tasvirini yaratish bosqichlari
  • Uch o‘lchamli modellashtirish dasturida ishlash bosqichlari




    Download 1,56 Mb.
    bet2/14
    Sana15.01.2024
    Hajmi1,56 Mb.
    #138053
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    Документ Microsoft Word

    Uch o‘lchamli modellashtirish dasturida ishlash bosqichlari

    Uch o‘lchamli (3D) grafika kompyuter grafikasi bo‘limlaridan biri bo‘lib, shakl va rang yordamida hajmli obyektlarni yaratish imkonini beruvchi usullar va asbob-uskunalar to‘plami hisoblanadi. U ikki o‘lchamli tasvirlardan shunisi bilan farq qiladiki, maxsus dasturlar yordamida tekislikda uch o‘lchamli sahna (virtual makon) modelining geometrik proyeksiyasini qurishni nazarda tutadi. Natijada hosil bo‘lgan obyekt aniq va hayotiy biror-bir obyektga xos bo‘lishi yoki butunlay abstrakt voqealikni tasvirlashi mumkin.
    Bugunki kunda uch o‘lchamli grafika bizning hayotimizga shiddat bilan kirib borganini o‘zimiz ham sezmay qolamiz.
    Uch o‘lchamli grafika tasvirini yaratish bosqichlari:

    1. Modellashtirish - umumiy sahna va uning obyektlarining matematik 3D modelini qurish.

    2. Tekstura tarkibiga yaratilgan modellar ustiga materiallar kiritish, sozlash va modellarni haqiqatga aylantirish kiradi.

    3. Yoritishni sozlash.

    4. Animatsiya yaratish (harakatlanuvchi obyeklar).

    5. Render - avval yaratilgan modeldan foydalanilgan holda obyekt tasvirini yaratish jarayoni.

    6. Kompozitsiyalash yoki joylashtirish - olingan tasvira qayta ishlov berish, sayqallashtirish.

    Modellashtirish - virtual makon va uning ichidagi obyekt- larini yaratish, turli xil geometrik shakl, materiallar, yorug‘lik manbalari, vizual kameralar, qo‘shimcha maxsus effektlarni yaratishni o‘z ichiga oladi.
    Material - obyektning xususiyatlari va materiallarni ko‘rsatishga imkon beruvchi rastr yoki vektorli rasmning uch o‘lchamli model yuza (sirt)ga beruvchi qoplama. Materialni tekstura deb atash mumkin. Material qoplamalari o‘zining shakl-shamoyiliga ega.
    Yoritish - yaratilgan sahnada yorug‘lik manbalarni yaratish, yo‘nalishini belgilash va sozlash. 3D grafik muharrirlari qoida tariqasida yorug‘lik manbalarining quyidagi turlaridan foydalaniladi: tabiiy yorug‘lik manbai, yorug‘lik nuri (tar- qaluvchi nurlar), yo‘naltiruvchi yorug‘lik, parallel nurlar va boshqalar.
    Animatsiya - harakatlanuvchi obyektni yaratish, aniqrog‘i modelning harakatini siljitish. Zamonaviy 3D tahrirlovchilar vositalarni yaratish uchun ko‘plab vositalarni o‘z ichiga oladi. Uch o‘lchamli modellarni qurishga asboblar bilan animatsiyalar yaratish uchun maxsus dasturiy mahsulotlar mavjud.

    Download 1,56 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 1,56 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Uch o‘lchamli modellashtirish dasturida ishlash bosqichlari

    Download 1,56 Mb.