• Ortografik ko‘rinish. b) Perspektiva ko‘rinish.
  • Viewports (Proyeksiya oynalari)




    Download 1,56 Mb.
    bet9/14
    Sana15.01.2024
    Hajmi1,56 Mb.
    #138053
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    Документ Microsoft Word

    Viewports (Proyeksiya oynalari) ekranning markazida joylashgan va uning katta qismini egallaydi. Interfeysning markaziy qismida 4 ta oyna proyeksiyasi joylashgan. Bular: Top (Yuqoridan ko‘rinish), Front (Oldidan ko‘rinish), Left (Chapdan ko‘rinish) va Perspective (Perspektiva).
    Oynalar virtual fazoda o‘sha nuqtani ko‘rsatadi, lekin nomiga ko‘ra har xil rakursda aks ettiradi. Har bir oynalarning nomi chap yuqorigi burchagida ko‘rsatilgan. Sahnani yaratish va tuzatishlar kiritish oynalar proyeksiyasida sodir bo‘ladi. Bunda obyektlar quriladi, uning holatlari, shakli o‘zgartiriladi, fazoda solishtiriladi, ularning teksturalari o‘ziga qarab taqsimlanadi va boshqa ko‘pgina amallar bajariladi.
    Proyeksiya oynalari - 3ds Maxning ishchi hududi, 3d grafik rasmining molberti. Oynalar bir biriga bog‘liq emas. Ularning har biri maxsus asboblar yordamida o‘zgarishi mumkin. Masalan, obyektning masshtab ko‘rinishlari Top (Yuqoridan ko‘rinish) oynasida o‘zgaradi, ya’ni uni shunday sozlash mumkinki, unda butun shahar aks ettiriladi. Shu vaqtning o‘zida Left (Chapdan ko‘rinish) oynasida alohida imoratlar aks ettiriladi. Ikkita oyna proyeksiya turlari bor: ortografikli va perspektivali.
    Ortografik oynalar uchun perspektivani buzib ko‘rsatmasligi xarakterlidir, ya’ni obyektning ko‘rish masofasining oralig‘i oshsa, uning ko‘rinishi kichiklashmaydi. Bunday oynalarda obyektlarning proyeksiyalar va qirqimlari bilan ishlash qulaydir. Masalan, Top (Yuqoridan ko‘rinish), Left (Chapdan ko‘rinish), Front (Oldidan ko‘rinish) va boshqa shunga o‘xshash oynalar ortografik hisoblanadi.
    Perspektivali oynalarda barcha uch o‘lchamli fazoda odatiy buzib ko‘rsatishlar bor, ya’ni agarda obyekt ohista ko‘rish masofasidan uzoqlashtirilsa, u kichiklashib boradi. Perspektivali oynalar faol ishlash uchun emas, balki sahnani o‘zgartirilgandan so‘ngi natijani ko‘rish uchun zarur. Ularga Perspektive (Perspektiva) va Camera (Kamera) taalluqli, ular keyinroq ko‘rib chiqiladi. 7- rasmda sahnaning perspektivali va ortografikli ko‘rinishi ko‘rsatilgan.


    7-rasm. a)
    Ortografik ko‘rinish. b) Perspektiva ko‘rinish.



    Har xil sahnalar yaratishda obyekt osti bilan ishlanadi va chiziqlarning rasmi chiziladi. Bular uchun eng yaxshisi ortografik oyna proyeksiyalari to‘g‘ri keladi. Perspektiva oynalarida esa ishlar natijalari kuzatiladi va vizualizatsiya bajariladi. Har oyna proyeksiyasining yuqorigi o‘ng qismida maxsus navigatsiya View Cube (Kubni ko‘rish) joylashgan. Keyinchalik ana shu manbaa bilan ishlash, hamda oynalar proyeksiyasi bilan ko‘pgina boshqa amallarni va ularning xususiyatlarini sozlash o‘rganiladi. Ba’zi hollarda oyna proyeksiyasidagi tasvir yaxshi ko‘rinmaydi. Bunday holatlar tasvirni tortilishi, oynalarni jimirlashishi, noaniqlik va boshqa holatlarda bo‘lishi mumkin.
    Shu bilan birga oyna nomining o‘rniga katta rangli tasma va dog‘lar paydo bo‘ladi. Agarda shunday holatlar paydo bo‘lsa, 3ds Maxni o‘chiring va amallar tizimida quyidagilar bajariladi: barcha daturlarni Autodesk — Autodesk 3ds Maxni ishga tushirish. Natijada 3ds Maxni oddiy ishga tushirilishi sodir bo‘ladi.

    Download 1,56 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 1,56 Mb.