|
Tayanch so‘z va iboralar
|
bet | 11/14 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,56 Mb. | | #138053 |
Bog'liq Документ Microsoft WordAutoGrid V
Box Cone
Sphere GeoSphere
|
Cylinder T ube
|
T orus Pyramid
|
T eapot Plane
|
Name and Color
|
1 ■
|
8- rasm. Buyrqular paneli
Agarda har bir o‘tish tugmasiga kursorni yo‘naltirib, bir daqiqa kutilsa, ochiladigan bo‘lim haqida ma’lumot paydo bo‘ladi.
Create (Yaratish) - bunda obyektlarni yaratish uchun asboblar yig‘ilgan. Bu bo‘lim 7 ta bo‘limlarga bo‘lingan. Ularning har birida ma’lum turdagi obyektni yaratish asboblari bor. Masalan, Lights (Yorug‘lik) va Cameras (Kamera) bo‘limlari.
Modify (O‘zgartirish) - bu bo‘limda obyektning shaklini, xususiyatini va tasnifini o‘zgartirish uchun barcha zarur
ko‘rsatkichlar bor. Ular bilan ishlashda sahnada qandaydir obyektlar bo‘lishi kerak va ularga tuzatishlar kiritiladi.
Hierarchy (Erarxiya) - bu yerda obyektlar orasidagi aloqaga hamda obyektlarning tayanch nuqtalariga o‘zgarishlar kiritiladi.
Motion (Harakat) - bunda obyektlarni animatsiyalash, ularning harakat trayektoriyalarini yaratish asboblari bor.
Display (Tasvirlamoq) - bu yerda obyektlarni sahnada ko‘rishni boshqarish va vizualizatsiya manbalari bor.
Utilities (Utilizatsiya) - bunda har xil asboblar va manbalar yig‘ilgan va ular yuqorida keltirilgan bo‘limlarning birortasiga ham taalluqli emas.
Aniq bo‘limlar aniq bajariladiga ishlar turkumiga taalluqlidir. Masalan, agar arxitektura va interyer loyihasi ustida ishlansa, Motion (Harakat) bo‘limi umuman kerak bo‘lmaydi, Hierarchy (Erarxiya), Display (Tasvirlamoq), Utilities (Utilizatsiya) bo‘limlari juda oz ishlatiladi. Asosiy ish hajmi Create (Yaratish), Modify (O‘zgartirish) bo‘limlarida bo‘ladi.
Agarda animatsiyalash loyihasi ustida ishlansa, u holda Hierarchy (Erarxiya) va Motion (Harakat) bo‘limlari doimo ishlatiladi. Amaliyotda ko‘pincha Create (Yaratish) va Modify (O‘zgartirish) bo‘limlar ishlatiladi. Create (Yaratish) bo‘limida obyektlarni yaratish uchun ko‘pgina asboblar mavjud. Bu asboblardan bo‘sh sahnada ish boshlaganda foydalaniladi.
|
| |