|
Tayanch so‘z va iboralar
|
bet | 4/14 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,56 Mb. | | #138053 |
Bog'liq Документ Microsoft WordAutoCAD - Autodesk firmasi tomonidan ishlab chiqilgan ikki va uch o‘lchamli kompyuter yordamida loyihalashtirish va chizish dasturi. AutoCAD yordamida amalda istalgan model yoki chizmani chizish mumkin. (1- rasm).
rasm. AutoCAD dasturida bajarilgan korxona bosh tarxi
Boshqacha aytganda, qo‘l orqali bajarish mumkin bo‘lgan istalgan grafik ishni AutoCAD yordamida bajarish mumkin va bunda chizmalarni qo‘shish va o‘zgartirishda yuqori tezlik, sifat, soddalik va qulayliklar ta’minlangan. AutoCAD asosida yaratilgan maxsus dastur paketlari nafaqat ishlarni sezilarli yengillashtirish, balki tor va maxsus doiradagi topshiriqlarni bajarishga yondashishni tubdan o‘zgartirib yuboradi. AutoCADda uch o‘lchamli chizish imkoniyatlarini o‘rganib, mashinasozlik va qurilish sohalaridagi uch o‘lchamli obyektlarni chizish bo‘yicha qulay buyruqlar majmuasi mavjudligini ko‘rishingiz mumkin.
ArchiCAD - Graphisoft tomonidan yaratilgan me’morlar uchun grafik SAPR dasturiy to‘plami. Arxitektura va qurilish imoratlari va yechimlarini, shuningdek, landshaft elementla- rini, mebellarni va boshqalarni loyihalash uchun mo‘ljallangan.
Uning mohiyati shundaki, ArchiCAD dasturi yordamida binoning haqiqiy hajmli o‘lchamlardagi modelini yasash qulaydir. (2- rasm).
2- rasm. ArchiCAD dasturida uy loyihasi.
Uni amalga oshirish uchun dizayner loyiha bilan ishlashning dastlabki bosqichlarida haqiqatan ham to‘liq oxshashlari bo‘lgan asboblar: devorlar, shiftlar, derazalar, zinapoyalar, turli xil narsalar va boshqalarni ishlatib, binoni quradi.
Maya - uch o‘lchamli grafik muharrir. Maya interfeysi 3D animatsiya yaratish uchun mo‘ljallangan dasturdir. 3D belgilar, landshaftlar, kino va 3D o‘yinlar uchun ideal sanaladi. Bundan tashqari, ushbu dastur realistik tasvirni yaratish uchun o‘ta qulay bo‘lgan juda qiziqarli ilovalarni taklif etadi. Maya interfeysi boshqa dasturlarga qaraganda modellash, bo‘yash va animatsiya uchun ko‘plab xususiyatlarga ega (3- rasm).
3- rasm. Maya dasturida bajarilgan multfilm qahramoni
|
| |