|
dx Max dasturi tushunchasi, interfeysi
|
bet | 5/14 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,56 Mb. | | #138053 |
Bog'liq Документ Microsoft Word3dx Max dasturi tushunchasi, interfeysi
3dx Max dasturi tushunchasi. 3ds Max dasturi juda mashhur dasturlardan biri bo‘lib, uning yordamida har xil uch o‘lchamli loyihalar yaratiladi. Dasturning imkoniyatlari juda keng, ayniqsa, sanoat dizayn, arxitektura, interyer, eksteryer, landshaft loyihalari, o‘yin dizaynlarini video va maxsus effektlar yaratishda beqiyosdir. Albatta, buning uchun dastur bilan ishlashni yaxshi bilish lozim. Tajribali mutaxassis 3dx Max yordamida loyihalarni mohirona bajarishi mumkin.
3dx Max uch o‘lchovli modellashtirish va ko‘rgazmali namoyish qilishning (vizualizatsiya) yangicha bosqichi hisoblanadi. Bu dastur yordamida yuqori sifatli animatsiya va uch o‘lchovli modellarni professional darajada yaratish mumkin. Bunda siz ikki o‘lchovli va uch o‘lchovli obyektlarni qo‘llashingiz mumkin.
Bu dastur yordamida yuqori sifatli multiplikatsion filmlar, ma’lum fanlar bo‘yicha ko‘rgazmali dasturlar tuzish mumkin.
3dx Maxda obyektlarni ko‘rish maydonida yaratasiz. Buning uchun siz kerakli asbobni tanlab, kursorni ko‘rish maydoniga keltirganingizda kursor shakli o‘zgaradi. Sichqoncha yordamida obyektning o‘lchovlarini berasiz. Yaratilgan obyektlarda kino effektlar yaratish uchun maxsus kamera va yoritgich asboblarini qo‘llashingiz mumkin. Obyekt sirti uchun turli material tanlashingiz, ya’ni unga shaffof yoki g‘adir-budir sirt berishingiz mumkin.
Ko‘rish maydonida yaratilgan obyektlarni harakatlantirib, kichik animatsiya hosil qilish mumkin. Buning uchun (animatsiya) tugmasini bosib, kadrlarni o‘zgartirgan holda obyektni harakatlantirish bilan oxirgi kadrga kelinadi. So‘ngra animatsiya panelidan (Play) tugmasi bosiladi. Natijada kadrlar almashinib, animatsiya hosil bo‘ladi. Bu yaratilgan animatsiyani fayl ko‘rinishida kompyuter xotirasida saqlash va istalgan video tasvirlarni o‘qiy oladigan dastur yordamida o‘qishimiz mumkin. Fayl *.avi kengaytmali formatda saqlanadi. Loyihalarni yaratishda ikki o‘lchamli Adobe Photoshop va CorelDRAW dasturlaridan foydalaniladi, ulardan foydalanish juda sodda, lekin bunday ikki o‘lchamli dasturlardan foydalanishda har bir rakurs sahnasini boshidan chizishga to‘g‘ri kelar edi, bu esa ancha noqulaydir. Uch o‘lchamli muharrirlarda ishlashda yagona hajmli sahna chiziladi, so‘ng qolgan rakurslarda ko‘pgina tasvirlar yaratish mumkin. Aynan 3ds Max dasturining ana shu imkoniyatlari har xil dizaynerlik loyihalarni bajarishda ancha qulay.
3dsMaxdasturi bilantanishishdan avval uningtilivaversiyasi haqida ma’lumot beramiz. Dasturning ingliz versiyasidan foydalanish lozim. Chunki 3ds Max dasturidan foydalanishda ko‘pgina rusifikator (ruschaga tarjima qilingan)lar mavjud, lekin undan foydalanilganda dastur aniq ishlamaydi. Masalan, ba’zi funksiyalar o‘chib, asboblar ishlamay qoladi, ko‘pgina yozuvlar aks etmaydi va boshqalar. Ko‘pincha adabiyotlarda inglizcha nomlar va atamalar ruscha tarjima qilingan. Bu esa opsiyalar va asboblarni yaxshi tushunishga yordam beradi.
Hozirda 3ds Max dasturining bir qancha versiyalari mavjud. Barcha grafik muharrirlarni shartli ravishda ikkita asosiy kategoriyaga bo‘lish mumkin: universal va ixtisoslangan.
Universal muharrirlar har xil turdagi loyihalarni bajarishda katta ko‘lamdagi masalalarni hal qilish imkoniga ega. Ular kompyuter grafikasiga bog‘liq bo‘lgan barcha loyihalarda qo‘llanilishi mumkin: ichki va tashqi reklamalarni yaratishda, arxitektura yoki interyer dizayn loyihalarini yaratishda, kino industriyasida, multiplikatsiya, animatsiya yoki web- dizaynda.
Ixtisoslangan muharrirlar faqat ma’lum turdagi masalani bajaradi yoki loyiha yaratilayotganda ma’lum loyihalarnigina yaratadi. Masalan, ArchiCAD dastur faqat arxitektura va interyer loyihalarini yaratishda foydalaniladi. Dasturda arxitektura va interyerdan tashqariga chiqib bo‘lamydi. Universal muharrirlarga nisbatan ixtisoslangan muharrirlardan foyda- lanish juda qulay, chunki unda ko‘pgina funksiyalar yo‘q. Ular ma’lum funksiyalar bilan chegaralangan.
3ds Max - universal muharrir bo‘lib, uning yordamida juda keng ko‘lamda ishlar olib borilishi mumkin. Buning sababi, bu yo‘nalishda asosiy urg‘u spline (interyerlar) va poly modellashgan (arxitektura) modellarga beriladi.
Yuqorida aytilganlardan tashqari yana qo‘shimcha vizua- lizatsiya dasturini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Hozirda ikki variant mashhur: «v-Ray» va «Carona». Bularning har biri 3ds Max dasturi uchun qo‘shimcha modul hisoblanadi va vizua- lizatsiyaning realistikligini bir pog‘onaga ko‘taradi (4- rasm).
Gap shundaki, ko‘pgina arxitektura va interyer loyihalarida tayyor material sifatida qo‘zg‘almas (statik) tasvirlardan foydalaniladi. Demak, sahna ustida ishlaganda animatsiya bosqichini o‘tkazib yuborsa ham bo‘ladi. Bu juda katta imkoniyat, chunki 3ds Max dasturida animatsiya bu juda katta bo‘lim. Agarda video reklamalar yaratish kerak bo‘lsa, albatta, animatsiyadan foydalanish lozim bo‘ladi. Lekin ko‘pincha interyer dizaynerlar ham loyihani video formatda namoyish qilishadi. Yuqorida interyer loyihalari haqida so‘z ketganda, shu narsa ma’lum bo‘ldiki, qolgan sahna ustida universal ish olib boriladi. Bular modellashtirish, animatsiya va vizualizatsiyadir.
|
| |