|
Suv ta'minoti va oqava suvlarni oqizish tizimlarida bosimli tarmoqlarning o'ziga xos xususiyatlari
|
bet | 3/4 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 170,69 Kb. | | #159253 |
Bog'liq Tozalash bekatida joylashgan inshootlar orasida suvni taqsimlash1.3 Suv ta'minoti va oqava suvlarni oqizish tizimlarida bosimli tarmoqlarning o'ziga xos xususiyatlari
Mamlakatimizda aholining ortishi bilan ichimlik suvga bo'lgan extiyoj ham kundan kunga ortib bormoqda. O'zbekiston Respublikasida ichimlik suvi ta'minoti va kanalizasiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizasiya qilish dasturi to'g'risidagi bir qator Farmon va Qarorlarida ta'kidlanganidek, aksariyat aholi maskanlarini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlashga oid qator muammolar xanuzgacha hal etilmagan. Yuqoridagi muammolarni hal etish borasida yuqori texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarga ega suv oqizish tizimlarida bosimli tarmoqlaridagi qurilmalarning samarali variantlarini ishlab chiqish muhim ilmiy-amaliy masala hisoblanadi.
Suv ta'minoti tizimi tabiiy suvlarni manbadan olish, tozalash, zararsizlantirish va nasos agregatlari yordamida iste'molchilarga kerakli bosim ostida uzluksiz yetkazib berish uchun xizmat qiluvchi o'zaro bog'langan muhandislik inshootlari va qurilmalari majmuidir. Suv uzatish va taqsimlash tarmoqlari o'z navbatida quyidagilarga-magistrallar, bo'ylama, guruhli yoki tumanli va aholi yashash maskanlarining suv ta'minoti naporli suv tarmoqlariga bo'linadi.
Uzatuvchi va tarqatuvchi tarmoqlar suvni iste'molchilarga yetkazib berish usullariga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi: nasos agregatlari yordamida (majburiy tarzda) uzatish, gravitasion (tabiiy) bosim ta'siri ostida va kombinasiyalashtirilgan usullar. Keng qo'llaniladigan bunday tabiiy bosimli suv tamoqlari hisoblanib, ularning ayrim qismida nasoslar qo'llaniladi, boshqa qismida esa joyning relyefiga mos holda mahalliy nishablik ostida tabiiy bosim bilan oqadi, odatda bunday holatlarda tarmoqning boshlang'ich qismi ohirgi qismiga nisbatan yuqoriroq joylashgan bo'ladi. Bundan tashqari, bunday suv uzatish tarmoqlari bir quvur tarmoqli yoki ko'p quvur-tarmoqli bo'lishi mumkin, ya'ni ikkita yoki undan ko'p bo'lgan liniyalardan iborat. Odatda, oldin bir yoki ikkita tarmoq quriladi keyin kerakli bosimda suvni uzatish choralari sifatida qayta qurish jarayonida qolgan tarmoqlar yotqiziladi.
Quvur materiali turiga qarab yopiq suv tarmoqlari po'latdan, temir-betondan, cho'yandan, asbestsementdan yoki plastmassa quvurlardan tashkil topishi mumkin. Quvur materialini tanlash uning ichki bosimiga qarab, grunt korroziya faolligiga va grunt suvlariga, quvurlarning sanitar sharoitlariga va ularning ishonchli ishlash talablariga qarab tanlanadi.
Kanalizasiya tizimlarida oqava suvlar insonlarning xo'jalik-maishiy faoliyatlarida, sanoat korxonalarining texnologik jarayonlarida hamda yog'ingarchiliklar (yomg'ir yog'ishi, qor erishi va sh.o'.) oqibatida hosil bo'ladi. Ularni nafaqat to'plab masofaga uzatish, balki tozalash va utilizasiya qilish talab qilinadi. Ko'pchilik holatlarda oqava suvlarni o'zi-oqar tarmoqlar yordamida tozalash inshootlariga oqizishning iloji bo'lmaydi. Shuning uchun ham bosim ostida ishlaydigan naporli tarmoqlar aholi yashash maskanlaring va sanoat korxonalari kanalizasiya tizimlarining muhim bo'g'ini hisoblanadi. Hozirgi kunda kanalizasiya tizimlarida xo'jalik-maishiy, sanoat oqava suvlari, atmosfera oqavalari va ularni tozalashda hosil bo'ladigan cho'kmalarni naporli tarmoqlarda uzatish (gidrotransport qilish) keng ko'lamda joriy etilmoqda. Ta'kidlash joizki, kanalizasiya tizimlarida o'zi-oqar tarmoqlarning umumiy uzunligi naporli tarmoqlar uzunligidan bir-recha marta ortiq. Bundan tashqari keyingi davrlarda suv ob'yektlarini ifloslanishdan muhofaza qilishga oid talablar kuchaya borgan sari oqava suvlarni tozalash va ulardan turli maqsadlarda qayta foydalanish, sanoat korxonalarida "Yopiq zanjirli aylanma suv ta'minoti tizimlari"ni keng ko'lamda joriy etish Davlat ahamiyatiga molik masalalardan biri bo'lib qolmoqda.
Kanalizasiya tizimlarida oqava suvlarni uzatuvchi naporli tarmoqlar bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan:
-uzatuvchi tarmoqning uzunligi va trassirovkasi joyning relyefiga bog'liq bo'lib, turli -tuman bo'lishi mumkin;
-Qurilish me'yerlari va qoidalari talablariga ko'ra naporli tarmoqlar uchun metallmas (asbestsement, temir-beton, plastmassa ) quvurlar, nasos stansiyalarida esa metall quvurlardan foydalanish tavsiya etiladi;
-oqava suvlar ichimlik suvlaridan farqli o'laroq, o'zlarining fizik-kimyoviy xususiyatlariga ko'ra geterogen yoki ko'p fazali muhit hisoblanib, ularning tarkibida suvdan tashqari, erigan va erimagan turli gazlar, hamda muallaq holatdagi qattiq dispers zarrachalar uchraydi;
-tarkibida qattiq jism zarrachalari va erimagan gazlar mavjud bo'lgan oqim harakati bir jinsli suyuqlik oqimi harakatidan farq qiladi;
-oqava suv tarkibida mavjud dispers zarrachalarning o'lchamlari va miqdori quvurlarda gidravlik qarshiliklarni ko'paytirishi barobarida quvur devorining yemirilishiga ham sabab bo'ladi;
-oqava suv tarkibidagi erigan va erimagan gazlar oqimning elastiklik xossalariga ta'sir etib,
gidravlik zarba paytida gidrodinamik parametrlarini o'zgartirib yuboradi.
Xulosa
Shunday qilib, oqava suv tarkibidagi har bir unsur ham o'ziga xos xususiyatga ega. Masalan, qattiq dispers komponentlar kelib chiqishiga ko'ra mineral yoki organik xususiyatlarni namoyon qiladi, gazsimon moddalar esa havo pufakchalaridan tashqari, karbonat angidrid, serovodorod, metan va boshqa ko'rinishlarda bo'lishi mumkin. Oqava suvlar tarkibidagi unsurlar o'zlarining fizikaviy holatiga ko'ra eritma, suspenziya, emulsiya va kolloid holatlarda namoyon bo'ladi.
Oqava suvlarning bunday xususiyatlari oqimning qovushoqlik ko'rsatkichini oshiribgina qolmay, gidravlik parametrlariga ham ta'sir etib, gidravlik zarbani so'ndirgich-qurilmalari va vositalarini tanlashda noqulayliklar tug'diradi.
|
| |