|
Mustaqil ish Mavzu
|
bet | 2/4 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 0,58 Mb. | | #131139 |
Bog'liq Mb!!Taqsimlangan MBBT.
Taqsimlangan ma‘lumotlar bazasini boshqarish uchun mo’ljallangan va foydalanuvchilarga taqsimlangan ma‘lumotlarga oson murojaat usulini ta‘minlab beruvchi dasturiy kompleks. Taqsimlangan m’lumotlar bazasi Ma’lumotlarni qayta ishlashning bu kesishuvchi va xatto takrorlanuvchi ma‘lumotlar saqlanadigan bir nechta serverlardan foydalanishni talab etadi. Bunday ma‘lumotlar bazasi bilan ishlash uchun taqsimlangan ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (TMBBT) ishlatiladi. Taqsimlangan ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (Taqsimlangan MBBT) bir qancha fragmentlarga bo’lingan va mantiqiy jihatdan yagona bo’lgan ma‘lumotlar bazasidan iborat. Ma‘lumotlar bazasining har bir fragmenti alohida 120 MBBT boshqaruvchi ostida va o’zaro aloqa tarmog’i orqali bog’langan bitta yoki bir nechta kompyuterda saqlanadi. Tarmoqdagi har bir tugun foydalanuvchilarning lokal saqlanayotgan ma‘lumotlarga bo’lgan so’rovlarini o’zi mustaqil qayta ishlash (ya‘ni, har bir tugun ma‘lum darajadagi avtonomlikka ega), hamda tarmoqning boshqa kompyuteridagi ma‘lumotlarni qayta ishlash imkoniga ega. Foydalanuvchilar taqsimlangan ma‘lumotlar bazasiga dastur yordamida murojaat etadi. Dasturlar boshqa tugundagi ma‘lumotlarga murojaatni talab etmaydigan (lokal dasturlar) va talab etadigan (global dasturlar) dasturlarga bo’linadi. Taqsimlangan MBBT da kamida bitta global dastur bo’lishi kerak, shuning uchun ixtiyoriy TMBBT quyidagi xarakteristkalarga ega bo’lishi kerak:
-mantiqan bo’lingan ma‘lumotlar to’plami mavjud bo’lishi kerak.
-saqlanadigan ma‘lumotlar bir qancha fragmentlarga bo’lingan.
-ma‘lumotlar fragmentining replikatsiyasi mavjud bo’lishi mumkin.
-Fragmentlar va ularning nusxalari turli tugunlarga taqsimlanadi.
-tugunlar bir-biri bilan tarmoq orqali bog’lanadi.
Har bir tugundagi ma‘lumotga murojaat MBBT boshqaruvi ostida amalga oshadi. MBBT har bir tugundagi lokal dasturlarni avtonom ishlashini qo’llab-quvvatlash imkoniga ega. Har bir tugundagi MBBT kamida bitta global dasturni qo’llab-quvvatlaydi. Misol tariqasida 1-rasmdagi ko’rsatilgan taqsimlangan ma‘lumotlar bazasi topologiyasidagi kabi tizimning har bir tugunida o’zining xususiy lokal ma‘lumotlar bazasi mavjud bo’lishi shart emas.
1-rasm. Taqsimlangan MBBT topologiyasi.
Taqsimlangan MBBT bilan taqsimlangan qayta ishlash vositalari o’rtasidagi farqni anglash muhim hisoblanadi. Taqsimlangan qayta ishlash. Markazlashgan ma‘lumotlar bazasini qayta ishlashni turli kompyutеrlardan turib amalga oshirilishidir. Taqsimlangan MBBT ta‘riflashda bu tizim fizik jihatdan tarmoqda taqsimlangan ma‘lumotlar bilan ishlashi asosiy hisoblanadi. Agar ma‘lumotlar markazlashgan holda saqlanayotgan bo’lsa, u holda hatto ixtiyoriy foydalanuvchi bu ma‘lumotlarga tarmoqdagi ixtiyoriy kompyutеrdan murojaat etayotgan bo’lsada bu tizim taqsimlangan qayta ishlashni qo’llab quvvatlovchi hisoblanadi va taqsimlangan MBBT sifatida qaralmaydi. Taqsimlangan qayta ishlash topologiyasi sxemasi 2-rasmda tasvirlangan.
2-rasm. Taqsimlangan qayta ishlash topologiyasi.
Bu MBBT asosida ishlab chiqarilgan tizimlar ishlab chiqarish past, chunki barcha oraliq ma’lumotlar past tezlikka ega bo’lgan tarmoq shinalari bo’yicha uzatiladi, amaliy dastur va MBBT yadrosi kam quvvatli ishchi stantsiyalarda bajariladi. Bunday MBBT taqsimlangan qayta ishlashni ta‘minlamaydi.
|
| |