• Mijoz-server” texnologiyasi
  • Tarmoq va fayl serverli texnologiya («fayl-server» arxitektura)




    Download 0,58 Mb.
    bet3/4
    Sana06.01.2024
    Hajmi0,58 Mb.
    #131139
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Mb!!

    Tarmoq va fayl serverli texnologiya («fayl-server» arxitektura).
    Qo’yilgan masalalar murakkabligining oshishi, shaxsiy kompyuterlar va lokal hisoblash tarmoqlarining paydo bo’lishi yangi «fayl-server» arxitekturani paydo bo’lishiga zamin yaratdi. Tarmoq orqali murojaat qilish mumkin bo’lgan ma’lumotlar bazasining ushbu arxitekturasida tarmoqdagi bitta kompyuter server sifatida ajratilgan va unda ma‘lumotlar bazasining fayllari joylashtirilgan. Foydalanuvchilarning so’roviga mos holda fayllar fayl-serverdan foydalanuvchilarning ishchi stantsiyalariga uzatilgan va u yerda ma‘lumotlarni qayta ishlash bilan bog’liq asosiy ishlar bajarilgan. Bunda markaziy server ma’lumotlarni qayta ishlashda qatnashmasdan faqat fayllarni saqlovchi vazifasini bajargan (3- rasm).

    3-rasm. “Fayl-server” arxitekturasi.
    Fayl-server arxitekturasi yordamida dBase va Microsoft Access kabi mashhur stol MBBT lar yaratilgan. Fayl-serverdagi MB ning alohida jadvallariga dasturdan foydalanmasdan instrumentlar vositasi yordamida o’zgartirishlar kiritish juda oson (masalan, Paradox va dBase fayllariga Borland firmasining Database Desktop utiliti yordamida); bu imkoniyat yana shunisi bilan osonlashadi, bunday MBBT larda ma‘lumotlar bazasi tushunchasi fizik emas ko’proq mantiqiy tushuncha hisoblanadi.
    Mijoz-server” texnologiyasi.
    Mijoz-server texnologiyasini qo’llash tarmoqqa birlashtirilgan kompyuterlarga asoslanadi bu kompyuterlardan biri maxsus boshqaruv funksiyalarini bajaradi (tarmoq serveri bo’ladi). Mijoz-server arxitekturasi funksiyalarni foydalanuvchi dasturi (mijoz deb ataluvchi) va server funksiyalariga ajratadi. Mijoz-dastur MB saqlanayotgan serverga SQL (Structured Query Language) tuzilmalashgtirilgan so’rovlar tilidagi so’rovni jo’natadi. SQL relyatsion MB larning xalqaro standarti hisoblanadi. Masofadagi server so’rovni qabul qiladi va faol bo’lgan SQL-serverga beradi.
    SQL-server – masofadagi ma‘lumotlar bazasini boshqaruvchi maxsus dastur. SQL-server so’rovni talqin qiladi, bajaradi, so’rov natijalarini rasmiylashtiradi va mijoz - dasturiga uzatadi. Bu jarayonda mijoz kompyuterining resurslari so’rovini bajarishda ishtirok etmaydi. Mijoz kompyuter faqat server MB ga so’rov jo’natadi va natijani qabul qiladi. Keyin natijani zarur shaklda talqin qiladi va foydalanuvchiga tasvirlab beradi. Mijoz dasturga so’rovni bajarish natijasi jo’natiladi, ya‘ni tarmoq orqali faqat mijozga zarur bo’lgan ma‘lumotlar jo’natiladi. Natijada tarmoq yuklamasi pasayadi. Qolaversa, so’rov ma‘lumotlar bazasi saqlanayotgan joyda (serverda) bajariladi va katta hajmli ma‘lumotlar paketini tarmoq orqali jo’natish zarur bo’lmaydi. Bundan tashqari, SQL-server agar imkoni bo’lsa minimal vaqt va sarf-xarajatlarda bajarilishi uchun so’rovni optimallashtiradi. Bunday tizim arxitekturasi 4-rasmda tasvirlangan. Bularning barchasi tizimni tezligini oshiradi va so’rov natijasini kutish vaqtini qisqartiradi. Server tomonidan so’rovlar bajarilganda ma‘lumotlarni xavfsizlik darajasi ancha yuqori bo’ladi. Chunki ma‘lumotlarni butunlik qoidasi serverdagi ma‘lumotlar bazasida aniqlanadi va ushbu ma‘lumotlar bazasidan foydalanuvchi barcha dasturlar uchun yagona hisoblanadi. Shu tarzda butunlikni qo’llab-quvvatlashda qarama-qarshi qoidalarni vujudga kelishni oldi olinadi.
    SQL - serverlar tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan ishonchli tarnzaktsiyalar apparati bitta ma‘lumotni bir vaqtda turli foydalanuvchilar tomonidan o’zgartirilishiga yo’l qo’ymaydi va MB da avariyali tugagan o’zgarishlarni bekor qilish imkoniyati mavjud.

    4-rasm. “Mijoz-server” arxitekturasi.
    Mijoz-server arxitekturasi quyidagicha qurilgan:
    Ma‘lumotlar bazasi fayllar to’plami shaklida maxsus kompyuterning (tarmoq serveri) qattiq diskda joylashadi. MBBT ham tarmoq serverida joylashadi. Mijoz kompyuterlaridan iborat bo'lgan lokal tarmoq mavjud bo'lib, har bir kompyuterda MB bilan ishlovchi mjoz dasturi o'rnatilgan. Har bir mijoz kompyuterda foydalanuvchilar dasturni ishga tushirish imkoniga ega. Dasturning foydalanuvchi interfeysi yordamida foydalanuvchilar ma‘lumotlarni tanlash/yangilash uchun serverdagi MB ga murojaat qiladi. Murojaat qilish uchun maxsus SQL so’rovlar tili ishlatiladi, ya‘ni serverga faqat so’rov matni jo’natiladi.
    MBBT da serverdagi MB ning fizik strnkturasi haqidagi ma‘lumotlar saqlanadi. MBBT serverdagi ma‘lumotlarga murojaatni qayd qiladi va serverda ma‘lumotlarni qayta ishlash amallari bajariladi va natija mijoz kompyuteriga yuboriladi. Shu tarzda MBBT natijalarni mijoz dasturiga yuboradi. Dastur esa o’zidagi foydalanuvchi interfeysi yordamida natijalarni tasvirlab beradi.

    Download 0,58 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tarmoq va fayl serverli texnologiya («fayl-server» arxitektura)

    Download 0,58 Mb.