|
Uch bo’g’inli (ko’p bo’g’inli) “mijoz-server” arxitekturasi
|
bet | 4/4 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 0,58 Mb. | | #131139 |
Bog'liq Mb!!Uch bo’g’inli (ko’p bo’g’inli) “mijoz-server” arxitekturasi.
Uch bo’g’inli (ba‘zida ko’p bo’g’inli) arxitektura - mijoz-server texnologiyasining rivojlangan va takomillashtirilgan shaklini ifodalaydi. «Mijoz-server» arxitekturasi bilan tanishib u ikkita bo’g’indan tashkil topgan:
birinchi bo’g’in – mijoz dasturi,
ikkinchi bo’g’in – MB serveri + MB ning o’zi degan xulosaga kelinadi.
Uch bo’g’inli arxitektura bu yaxlit biznes-logika (ishbilarmon logika), oldin mijoz dastur bo’lgan bo’g’in alohida ilovalar bo’g’iniga kiritiladi. Bunda mijoz dasturi sifatida faqat foydalanuvchi interfeysi qoladi. Unda mijoz ilovasi sifatida Web-brauzer ishlatiladi.
Uch bo’g’inli arxitekturadan foydalanganda qanday o’zgarish yuz beradi? Unda endi biznes – logika o’zgarganda mijoz dasturlarini o’zgartirish va barcha foydalanuvchilarni uni yangilash zarur emas. Bundan tashqari foydalanuvchi kompyuterining apparaturasiga bo’lgan talab keskin pasayadi. Uch bo’g’inli arxitekturaning ishlash tartibi quyidagicha tuzilgan:
• Ma‘lumotlar bazasi fayllar to’plami shaklida maxsus ajratilgan kompyuterning (tarmoq serveri) qattiq diskda joylashadi.
• MBBT ham tarmoq serverida joylashadi.
• Maxsus ajratilgan ilovalar serveri mavjud bo’lib, unda ishbilarmon doiraning (biznes - logika) dasturiy ta‘minoti joylashadi.
• Ko’p sonli mijoz kompyuterlari mavjud va ularda kichik mijoz deb ataluvchi mijoz dasturi o’rnatilgan bo’lib ular foydalanuvchi interfeysini hosil qiladi.
• Har bir mijoz kompyuterida foydalanuvchilar kichik - mijoz dasturini ishga tushirish imkoniga ega. Bu dastur yaratgan foydalanuvchi interfeysi yordamida foydalanuvchilar ilovalar serveridagi ishbilarmon doiraning dasturiy ta‘minotiga murojaat etadi.
• Ilovalar serveri foydalanuvchi talabini tahlil qiladi va MB so’rovlarni hosil qiladi. Buning uchun maxsus SQL – so’rovlar tili qo’llaniladi, ya‘ni tarmoq orqali ilovalar serveridan MB serveriga faqat so’rov matni jo’natiladi.
• MBBT da serverdagi MB ning fizik tuzilmasi haqidagi ma‘lumotlar saqlanadi.
• MBBT serverdagi ma‘lumotlarga murojaatni bajaradi va uning natijalari ilovalar serveriga jo’natiladi.
• Ilovalar serveri natijani mijoz dasturiga (foydalanuvchiga) jo’natadi.
• Ilova foydalanuvchi interfeysi yordamida so’rov natijalarini tasvirlab beradi.
XULOSA.
|
| |