C++ (talaffuzi: si plyus plyus) — turli maqsadlar uchun
moʻljallangan dasturlash tili. 1
979-yili Bell Labsda Biyarne Stroustrup
tomonidan C dasturlash tilining imkoniyatlarini kengaytirish va
OOP(object Oriented Programming) xususiyatini kiritish maqsadida
ishlab chiqarilgan. Boshida „C with Classes" deb atalgan, 1983-yili
hozirgi nom bilan yaʼni C++ deb oʻzgartirilgan. C++ C da yozilgan
dasturlarni kompilyatsiya qila oladi, ammo C kompilyatori bu
xususiyatga ega emas. C++ tili operatsiyon tizimlarga aloqador
qisimlarni, klient-server dasturlarni, EHM oʻyinlarini, kundalik ehtiyojda
qoʻllaniladigan dasturlarni va shu kabi
turli
maqsadlarda
ishlatiladigan
dasturlarni
ishlab
chiqarishda
qoʻllaniladi.
Quyidagi
jadvalda
programmalash tillari haqida ma'lumotlar
keltirilgan.
Internet. Web Server. Web dasturlash
vositalari (tillari) Ma`lumki, yuqori
darajadagi dasturlash tillarida yozilgan
dasturlarni kompyuterga tushuntirish uchun kompilyator degan
qo'shimcha dastur kerak bo'ladi. Web dasturlashda ham huddi shunday
jarayon sodir bo'ladi. Siz internetdagi saytlarni ko'rishlik uchun
ishlatadiganingiz Brauzerlar - web dasturlash tillarining bazilarini
kompilyatori hisoblanadi. Web dasturlashda yana shunday tillar ham
borki ularni brouzer kompyuterga tarjima qilib tushuntirib bera olmaydi,
lekin bunday tillar web saytni asosini tashkil etadi. Ana shunday tillarni
brouzer tushunadigan qilib berish uchun ham Web server ga o'xshagan
dasturlar (kompilyator yoki interpretatorlar) to'plami kerak bo'ladi.
Bunday dasturlar esa sayt joylashgan serverlarda turadi, qachonki unga
so'rov yuborganingizda (istalgan biror ssilkani bosganingizda, birinchi
marta saytni ochganingizda va hokazo...) shu sayt joylashgan serverdagi
Web server dasturlari sizning brauzeringizga saytni brauzer
tushunmaydigan tillarda yozilgan joylarini tarjima qilib jo'natadi.
Shunday qilib klient - yani siz tomondagi web saytni kodlarini
kompyuteringizga tushuntirib beradigan tarjimon bu - Brauzer, server
tomonidagi web saytni sizning brauzeringiz tushunmaydigan joylarini
unga tarjima qilib jo'natadigan tarjimon bu Web Server hisoblanadi
Bu yerda Klient yani siz tomonda sizning Brauzer va u tushunadigan
web dasturlash tillari (HTML,CSS,Java Script) turgan bo'lsa, server
tomonda Apache -> Web server, PHP -> PHP tili uchun interpretator va
ma`lumotlar ombori bilan ishlash uchun vosita (bu MYSQL, Oracle va
boshqalar bo'lishi mumkin) turibdi. Bundan tashqari server tomonida
yana boshqa tillar ham bo'lishi mumkin. Hullas, siz qachonki brauzerdan
kerakli sayt nomini kiritganingizda bu so'rovingiz DNS serverdan saytga
mos IP bo'yicha kerakli serverga boradi, so'rovingiz Brauzerda kiritilgani
uchun ham ko'pincha standart HTTP protokoli bo'yicha yuborilgani
uchun uni Web server kutib oladi va so'rovingizga mos papkadan index
faylni qidirib topadi. Undagi bog'lanishlardan kelib chiqib kerakli
fayllarni yuklaydi, bu fayllarni kengaytmasiga qaraydi, agar kengaytmasi
.html bo'lsa uni shundoq, aks holda masalan .php bo'lsa PHP serverdagi
interpretator orqali brauzer tushunadigan tilga tarjima qildiradi(shuni
ichida ma`lumotlar bazasidan ham kerakli ma`lumotlar yuklab olinadi) va
natijani sizni brauzeringizga jo'natadi. PHP dasturlash tili yordamida sayt
yaratish uchun avvalo o'z shaxsiy komputeringizda Virtual server
o'rnatishingiz lozim.
Masalan Denwer, yoki XAMPP yoki WAMPP Brauzeringiz o'zi
tushunadigan tilda kelgan sayt kodlarini natijasini ekraningizda sizga
ko'rsatib beradi va siz tayyor saytni ko'rasiz. Demak, agar web dasturlash
bilan
shug'ullanaman
deydigan
bo'lsangiz,
minimum:
HTML,CSS,JavaScript,PHP,MySQL larni bilishingiz kerak ekan. Bunda
HTML-> Sayt karkasini yasaydi, CSS- saytni pardozini(dizaynini)
amalga oshiradi, Javascript - saytni dinamikasi(haraktlarini) ta`minlaydi,
PHP - saytni mantiqiy amallarini bajaradi(masalan siz login bo'lganmisiz,
yoki yo'qmi, login bo'lgan bo'lsangiz sizda nimalar chiqadi, aks xolda
nimalar...), MySQL - PHP bilan hamkorlikda saytga ma`lumotlar
bazasidan ma`lumotlarni o'qib olish, yozish, o'zgartirish uchun xizmat
qiladi. Programmani yaratish jarayonidagi uning nomlari Beta versiya -
bu versiya programmani ommaga havola qilinib, ularning fikri bo`yicha
programmaga turli o`zgartirishlar kiritiluvchi versiyasi.
Programmaning bu versiyasi, odatda, tekin bo`lib, ko`pchilik
hukmiga havola etiladi. Programmaning bu versiyasi orqali sizga
yetkazilgan ziyon qoplanmaydi(fayllaringizning o`chib ketishi, OS ning
buzilishi va h.k.). Hozirda ko`pchilik firmalar o`z mahsulotlarini Beta
versiyasini chiqarib, o`z mahsulotlarini takomillashtirib bormoqdalar.
Bundan, programma ishlab chiqarish bo`yicha yetakchi bo`lgan Microsoft
korporatsiyasi ham mustasno emas(Windows Vista, Office 2007,
Exchange Server 2007, Internet Explorer 7 va h.k.). Release
Candidate(versiya nomzodi) - bu versiyaning nomidan ma'lumki, u
haqiqiy, sotuvga chiqariladigan versiyaga kandidat(nomzod)dir. Bu kabi
versiyalar qisqacha RC deb ataladi. Shu turdagi versiyalar esa, RC1, RC2
kabi nomlanadi. Ko`pchilik RC versiyalar sotuvga chiqariladi, chunki bu
versiya o`zida ma'lum bir imkoniyatlarni jamlagan bo`ladi va bu versiya
orqali yetkazilgan zarar programmani yaratgan firma tomonidan
qoplanadi. Final Release(so`nggi versiya) - programmani yaratishda
qo`yilgan maqsadni "to`liq" amalga oshiruvchi versiya. Bu versiyani
"alfa" versiya deb ham atashadi. Bu versiya o`z bahosida sotiladi, unga
ko`rsatiluvchi xizmatlarning barchasi programma yaratuvchisi tomonidan
ko`rsatiladi.
|