Zamonaviy obyektga yo`naltirilgan va vizual dasturlash tillari.
So`ngi yillarda kompyuterning dasturiy ta`minoti
rivojlanishi asosiy
yo`nalishlaridan biri bu obyektga
yo`naltirilgan dasturlash sohasi
bo`ldi. Obektga yo`naltirilgan operatsion tizimlar (Masalan, Windows),
amaliy dasturlar va obyektga
yo`naltirilgan
dasturlash
(OYD)
tizimlari ham ammviylashdi.
Birinchi OYD elementi Simula-67 (1967 y., Norvegiya) tili bo`ldi.
Turbo PASCAL da 5,5 versiyasidan boshlab OYD vositalari paydo
bo`ldi. Turbo PASCAL ning rivoji yakuni
yakuni sifatida BORLAND
filmasi tomonidan DELPHI dasturlash tizimi yaratilishi bo`ldi. Ushbu
sistema yordamida tez va oson murakkab bo`lgan
grafik interfeysni
dasturlash imkoniyati mavjud. 1991 yilda Visual BASIC ning I
versiyasidan boshlab bu til to`laligicha obyektga yo`naltirildi (1997 yil).
1985 yilda Bell Labs (AQSH) layuoratoriyasi S++
dasturlash tili
yaratilganligini xabarini berdi. Bugungi kunda bu til OYD tillari orasida
mashhurdir. Bu til yordamida istalgan mashina uchun – shaxsiydan to
superkompyuterlargacha dasturlar yozish mumkin. Bu tilning asoschisi
Born Straustrupdir.
OYD tillaridan yana biri 1995 yilda Jeyms Gosling boshchiligida Sun
Microsystems kompaniyasida yaratilgan JAVA tilidir.
Uni ishlab
chiqishda maxsus o`rganish talab qilmaydigan,
sodda tilni maqsad
qilingan.
JAVA tili maksimal darajada S++ tiliga o`xshash bo`lishi uchun
yaratilgan yaratilgan JAVA Internet uchun dasturlar tayyorlashning ideal
vositasidir. So`ngi yillarda Microsoft
kompaniyasi tomonidan
C++davomchisi sifatida S# (Ci sharp) tili yaratildi.