Visual C++
muhitini VCL vizual komponentalari bilan tanishamiz.
Visual
C++
muhitida ilova yaratish
VCL
vizual komponentalaridan keraklilarini formaga
joylashtirishdan boshlanadi. Komponentalar ilovaning g’ishtchalari (elementlari,
qismlari) deyishimiz mumkin.
Barcha
VCL
komponentalari,
ToolBox
oynasida
palitralarga ajratilgan holda joylashgan bo’ladi. Komponentalar palitrasi ma’lum
bir vazifalariga ko’ra komponentalar to’plamidan iborat komponentalar sahifasiga
ajratilgan. Bu sahifalar ma’no va vazifasiga ko’ra bir - biriga yaqin bo’lgan
komponentalarni bitta guruhga birlashtiradi. 1.6-rasmda komponentalar palitrasi va
komponentalar joylashtirilgan oyna keltirilgan.
1.6-rasm.
Komponentalar palitrasi va komponentalar oynasi.
Visual C++
32 razryadli takomillashtirilgan
vizual komponentalar
kutubxonasi
VCL
(
Visual Component Library
) bilan birgalikda etkazib beriladi.
Bu kutubxona eng murakkab ilovalarni qurish uchun mo’ljallangan, 100 dan ortiq
takroran qo’llanadigan komponentalardan iborat.
Kutubxonaning asosiy
komponentalari - Palitra komponentalarining instrumental panelida berilgan.
Komponentalar belgilari dastur formasiga olib o’tiladi.
Kutubxona
Windows
operastion tizimlaridagi
foydalanuvchi grafik
interfeysi, standart interfeys ob’ektlarining to’liq inkapsulyastiyalanishini o’z
ichiga oladi.
Ular orasida, ixtisoslashgan komponentalar
bilan bir qatorda,
relyastion ma’lumotlar bazasini boshqarish uchun mo’ljallangan komponentalar
alohida o’rin egallaydi. Ishonchli va samarali
dasturlarni yaratishda