|
Nima Uchun Bizga Obyektga Yo’naltirilgan Dasturlash Kerak
|
bet | 6/8 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 310,32 Kb. | | #122036 |
Bog'liq Muzaffarov Azizbek Dasturlash uslublari va paradigmalar mustaqil ishNima Uchun Bizga Obyektga Yo’naltirilgan Dasturlash Kerak
Obyektga yo’naltirilgan dasturlash fikrlash jarayoniga va ularni manipulyatsiya qilish uchun zarur bo’lgan mantiqqa emas, balki ishlab chiaruvchining manipulyatsiya qilmoqchi bo’lgan narsani amalga oshirishiga qaratilgan bo’ladi.
Obyektga Yo’naltirilgan Dasturlashning Afzalliklari
Masshtabli va yangilanishi mumkin – barcha ma’lumotlarni bir joyda saqlash mumkin.
Xavfsizlik – inkapsulyatsiya va abstraktsiya yordamida murakkab kod yashiringan bo’ladi, texnik xizmat ko’rsatish osonroq va protokollar himoyalangan.
Samaradorlik — kodni saqlash va qayta foydalanishni osonlashtiradi.
Modullilik – inkapsulyatsiya obyektlarni avtomatik ravishda saqlashga imkon beradi hamda hamkorlik va muammolarni bartaraf etish uchun aniq modulli tuzilmani ta’minlaydi.
Qayta foydalanish imkoniyati – komponentlar qayta ishlatilishi mumkin, bir xil kod bir necha marta moslashtirilishi va o’zgartirilishi mumkin.
Obyektga Yo’naltirilgan Dasturlashning Asosiy Tamoyillari
Abstraktsiya: Siz velosiped haydashni bilasizmi? Buni qanday qilasiz? Bu juda oddiy jarayon. Siz shunchaki pedalni aylantirishni boshlaysiz va velosiped ishga tushadi. Agar tezroq haydashni istasangiz, oyoqlaringiz harakatini tezlashtirasiz. Mabodo to’xtashni yoki tezlikni pasaytirishni xohlasangiz pedalni orqaga burasiz. Faqat shu ko’nikmalar orqali siz velosiped haydashni bemalol uddalaysiz. Demak, velosiped haydash uchun uning barcha qismlarining nomlarini bilishingiz kerakmi? Yo’q, siz texnik bilimsiz velosipedni haydashingiz mumkin. Bu aynan – Abstraktsiya, ya’ni oddiygina muhim tafsilotlarni aytib berish va orqa fon tafsilotlarini yashirish jarayonidir. Obyektlar faqat boshqa obyektlardan foydalanish uchun tegishli bo’lgan ichki mexanizmlarni ochib beradi, keraksiz kodlarni esa yashiradi.
|
| |