O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Dasturlash uslublari va paradigmalar fani bo’yicha
MUSTAQIL ISH
Obʼyektga yo‘naltirilgan dasturlash tamoyillari.
Bajardi: 004 (315-21) - guruh talabasi
Muzaffarov Azizbek
Tekshirdi: Xidirova Charos
TOSHKENT 2023
Annotatsiya: Ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash (OOP) - bu kompyuter dasturlash modeli bo’lib, u funksiyalar va mantiq emas, balki ma’lumotlar yoki ob’ektlar atrofida dasturiy ta’minot dizaynini tashkil qiladi. Ob’ektni noyob atributlar va xatti-harakatlarga ega bo’lgan ma’lumotlar maydoni sifatida aniqlash mumkin.
Kalit so‘zlar: OOP, inkapsulatsiya, abstrakt, metod, meros, polimorfizm.
Obyektga yo'naltirilgan dasturlash(OYD) haqida
Obyektga yo'naltirilgan dasturlash(OYD)
Obyekt nima?
Obyekt Obyektga yo'naltirilgan dasturlash(OYD) texnologiyasining eng asosiy kalit
tushunchasidir. Atrofga qarang, haqiqiy hayotdagi bir necha obyektlarni ko'rishingiz
mumkin: stol, uy, it, mushuk, televizor va h.k.
Ularning barchasining albatta hususiyatlari va bajaradigan vazifalari (funktsiyalari)
bor. Masalan, Mushuk hususiyatlari: rangi, qorni to'qligi, yoshi, jinsi; funktsiyalari:
ovqat yeyishi, myovlashi, yurishi, sichqon tutishi. Mashina, hususiyatlari: tezligi,
rangi, nomi, narxi; funktsiyalari: yurishi, to'xtashi, oyna artgichlarining ishlashi,
eshiklarning ochilib yopilishi v.h.k. Bu kabi hayotiy misollarning hususiyatlari va
funktsiyalarini aniqlash OYD nuqtai nazaridan fikrlashning eng zo'r ko'rinishidir.
Bir daqiqaga to'xtang va hozirda atrofingizdagi biror narsalarni analiz qiling. Har bir
obyekt uchun o'zingizdan so'rang: "Bu obyektning qanday hususiyatlari bor?" ,
"Qanday vazifalarni bajaradi?" kabi. Va kuzatish natijalaringizni yozib oling, sezgan
bo'lsangiz tuziladigan ro'yxat obyektning murakkabligiga qarab ko'payib boradi.
Kompyuter indikatorining 2 ta hususiyati bor o'chiq va yoniq; funktsiyalari esa
yonish va o'chish. Bu barcha kuzatishlar OYD dunyosiga o'tkazish mumkin.
|